Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalar universiteti Nukus filiali



Yüklə 44,53 Kb.
səhifə3/3
tarix27.12.2023
ölçüsü44,53 Kb.
#163135
1   2   3
statistika

Statistika (lotincha: status — "vaziyat") maʼlumot yigʻish, tartiblash, tahlillash, sharhlash va koʻrsatishga bagʻishlangan matematika sohasidir.[1][2] Bunga statistik tadqiqot va tajriba rejalashtirish ham kiradi.[1]
Statistika (lot. ctatus — boylik, davlat) — 1) turli hodisalar va jarayonlarni miqdoriy hisoblash, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish yoʻli bilan ijtimoiy hayotning umumiy qonuniyatlarini oʻrganadigan ijtimoiy fanlar tarmogʻi. Tor maʼnoda statistika bironbir hodisa yoki jarayon toʻgʻrisidagi jamlanma maʼlumotlar (koʻrsatkichlar) majmui (toʻplami)ni bildiradi. S. murakkab va sertarmoq fanlar majmuidan iborat boʻlib, ijtimoiy hayotning xilmaxil hodisalarini oʻrganadi va tahlil etadi. S.ning asosiy boʻlimlari: S. ning umumiy nazariyasi — miqdoriy taxlilning umumiy tamoyillari va usullarini oʻrganadi; iqtisodiy S. — xalq xoʻjaligi koʻrsatkichlari tizimini, uning tarkibini, nisbatlarini, sektorlararo, tarmoqlararo aloqalar va boshqalarni oʻrganadi (qarang Iktisodiy statistika); iqtisodiyot tarmoqlari S.si — sanoat, qishloq xoʻjaligi., qurilish, transport, aloqa S.siga boʻlinadi; demografik S, mehnat, aholi bandligi S.si; ijtimoiy S — aholi turmush tarzini tavsiflaydigan koʻrsatkichlar tizimini va ijtimoiy hayotning turli masalalarini oʻrganadi va h.k.
Ularning asosiy vazifasi xalq xoʻjaligi tarmoqlaridagi, jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tavsiflaydigan koʻrsatkichlar tizimini oʻrganish va ishonchli, ilmiy asoslangan maʼlumotlarni aks ettirishdan iborat. Bu vazifalarni bajarish uchun statistika fanida yalpi statistik kuzatish, hodisalarning oʻziga xos tomonlari, xususiyatlari va ular oʻrtasidagi aloqalarni aks ettiradigan koʻrsatkichlar tizimlari, statistik guruhlash natijalari boʻlgan yigʻma va kombinatsiyalashgan jadvallar kabi vositausullar ishlab chiqilgan va amaliyotda qoʻllaniladi. statistika da oʻrtacha miqdorlar va indekslar kabi umumlashtiruvchi tavsiflar muhim rol oʻynaydi. statistika usullari qoʻllaniladigan bir qator sohalar va shunga mos holda tibbiyot, sud, geol., sport va boshqa statistika tarmoklari bor. Mat. va statistik tadqiqotlarning tutash joyida paydo boʻlgan matematik statistika statistika fanining alohida boʻlimini tashkil etadi. Matematik statistika statistik tadqiqotlarda statistik maʼlumotlarni toʻplash, ularni tizimga solish, ishlash hamda ulardan ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish usullarini oʻrganadi. Toshkent iqtisodiyot universitetida statistika boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlanadi;2) jamiyat hayotidagi hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisida yalpi axborotlarni yigʻish, qayta ishlash, tahlil va eʼlon qilish bilan bogʻliq amaliy faoliyat sohasi. Milliy, mintakdviy xalqaro statistika ga boʻlinadi. Xalqaro statistika ijtimoiy iqtisodiy koʻrsatkichlarning xalqaro qiyosiyligini taʼminlashga asoslangan holda turli mamlakatlarning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti darajasi, tuzilmasi va tendensiyalarini oʻrganadi. Xalqaro statistika da BMT ning ixtisoslashgan statistika xizmatlari yetakchi rol oʻynaydi. Milliy (umumdavlat) miqyosida statistik maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish yagona tamoyillar asosida, yagona dastur va uslubiyat boʻyicha davlat statistika organlari rahbarligida amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda statistika amaliyoti bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va uning viloyat, shahar, tuman boshqarma (boʻlim)lari shugʻullanadi.
statistika amaliyotining boshlanishi davlatning paydo boʻlishi davriga toʻgʻri keladi. Qadimgi davrlardayoq xoʻjalik va gʻarbiy ehtiyojlar, aholi, yer, molmulk hisobi boʻyicha statistika ishlari amalga oshirilgani haqida maʼlumotlar mavjud. Fan sifatida statistikaga 17-asr oxirida ingliz iqtisodchi olimi U.Petti asos soldi. Uning asarlarida siyosiy iqtisod va boshqa ijtimoiyiqtisodiy fanlardan ajralmagan "siyosiy arifmetika" deb nomlangan fan statistika asoslari ifodalab berildi. statistika rivojida davlatshunoslik fanining paydo boʻlishi ham muhim rol oʻynaydi. 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida statistika jadal rivojlandi. Ayniqsa, davlat monopolistik kapitalizmi sharoitlarida statistikaning texnik vositalari va iqtisodiy imkoniyatlari mukammallashdi.
Monopoliyalarning iqtisodiy holatini chuqur tahlil qilish ehtiyojlari, aholining tabiiy koʻpayishi va koʻchishi oʻrganildi, aholi, sanoat va qishloq xoʻjaligi. roʻyxatlari oʻtkazildi. Birinchi navbatda, roʻyxatni oʻtkazadigan davlat statistika tashkilotlari shakllandi va takomillashdi. Statistik maʼlumotlarni qayta ishlashda matematik usullarni qoʻllash statistika nazariyasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Foydalanilgan adabiyotlar




  1. https://uz.wikipedia.org

  2. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika. A.A. Abdushukurov

  3. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika. G.Murman

Yüklə 44,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə