|
Muzeylar o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik
|
səhifə | 2/3 | tarix | 11.12.2023 | ölçüsü | 214,5 Kb. | | #146402 |
| 7-mavzu muzeylar2-topshiriq. O’zbekiston muzeylaridan biri haqida taqdimot tayyorlash.
GRAMMATIKA.
Antonimlar va ularning turlari, uslubiy xususiyatlari.
Antonimlar (anti ... va yun. onoma – ism, nom) – zid ma’noli til birliklari. 3 turi mavjud: 1) leksik A. (baland – past, uzun – qisqa); 2) affiksal A. (suvli – suvsiz); 3) sintaktik A. (ochiq yuz – tund bashara). Antonimlar (zid ma’noli so‘zlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma – “nom” degani bo‘lib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli so‘zlar antonim deyiladi.
Antonimik juft hosil bo‘lishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan o‘zaro qarama qarshi bo‘lishi kerak. Fe’llardagi bo‘lishli-bo‘lishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar ba’zan juft holda qo‘llanib ma’no kengaytiradi yoki ma’no ifodalaydi: tunu kun (har doim). Ko‘p ma’noli so‘z o‘zining har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga sinonim bo‘lishi mumkin: xafa so‘zi bir o‘rinda xursand so‘ziga antonim bo‘ladi. Yoki qattiq yer – yumshoq yer; qattiq (xasis) odam – saxiy odam.
Bundan tashqari unga sinonim bo‘lgan shod, xushvaqt kabi so‘zlarga antonim bo‘la oladi. Demak, bir so‘z sinonimik qatorni tashkil etuvchi so‘zlarning har biri bilan atnonim bo‘la oladi: qattiq – yumshoq, saxiy; tez – sekin, og‘ir; chiroyli – go‘zal – xushro‘y – ko‘hlik; xunuk – badbashara – badburush – ta’viya. Antonimik juftlar ko‘chma ma’no ifodalashi mumkin: tunu kun (ravishga ko‘chgan), achchiq-chuchuk (otga ko‘chgan).
Antonim badiiy nutqda qo‘llanib tazod yaratish uchun xizmat qiladi: Yaxshining ehsoniga yomonning boshi og‘rir. Antonimlarni kel – kelma, bor – borma kabi birliklardan farqlamoq kerak, bu birliklar fe’lning bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklidir. Antonimlar faqat bir xil so‘z turkumlari doirasida kuzatiladi yaxshilik – yomonlik (ot), uzun – qisqa (sifat), ko‘p – oz (ravish), keldi – ketdi (fe’l). Nutqimizda lug‘aviy antonimlardan foydalanish fikrimizni ta’sirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid ma’noli so‘zlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy san’at hosil qilinadi. Bunday san’atga tazod san’ati deyiladi.
3-topshiriq Quyida berilgan so‘zlarni tartib bilan joylashtiring.
Buvimlarnikiga, kuzda, boraman, dadam bilan, har yili, qishloqqa, men.
Tushadi, mushuk, tomdan, oyog‘i bilan, tashlasang ham.
Osmonda, chaqnay boshladi, yulduzlar, birin-ketin, qoramtir.
Kuni, shanbalik, yordam berdi, Anvar, kutubxonachisiga, fakultet.
Mablag‘, uchun, xomashyo, olinmadi sotib, yoqilg‘i.
Tushgan, maysalar, shudring, bo‘ldi, uchun, ho‘l.
4-topshiriq. Quyidagi tayanch so‘z va iboralarning ma’nosini izohlang.
Tavallud, ilmiy markaz, ilmiy ishlar, astronomiya, darslik, qo‘llanma, dunyo, mashhur, risola, qo‘lyozma, kutubxona, lotin tili, olim, noshir, jadval, munajjimlik.
O ZBEKISTON MUZEYLARI
|
Bilaman
|
Bilishni xohlayman
|
Bilib oldim
|
+
|
?
|
-
|
|
|
|
|
Dostları ilə paylaş: |
|
|