Nafas olish organlari yordamida qabul qilingan kislorod qon orqali barcha organlarga yetkaziladi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#142909
  1   2
6.2. ODAM VA HAYVONLARNING NAFAS OLISHI MUAMMONI ANIQLAYMIZ


6.2. ODAM VA HAYVONLARNING NAFAS OLISHI MUAMMONI ANIQLAYMIZ
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ. Nafas olish muhim fiziologik jarayon bo‘lib, tirik organizmlarning eng muhim xususiyatdir. Hayvonlar ham nafas olish jarayonida barcha tirik organizmlar singari kislorod qabul qilib, karbonat angidrid ajratadi. Nafas olish jarayonida qabul qilingan kislorod oziq moddalarning oksidlanish jarayonida ishtirok etadi. Oksidlanish natijasida ajraladigan energiya hayvon organizmidagi barcha biologik jarayonlar uchun sarf bo‘ladi.
Koʻpchilik umurtqasiz hayvonlar (gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, chuvalchanglar, tuban qisqichbaqasimonlar, ignaterililar)da nafas organlari boʻlmaydi. Ular kislorodni tana qoplami orqali qabul qiladi. Dengizlarda yashovchi mollyuskalar jabralari bilan, chuchuk suv va quruqlikda tarqalgan mollyuskalar esa o‘pkalar orqali nafas oladi.
Nafas olish organlari yordamida qabul qilingan kislorod qon orqali barcha organlarga yetkaziladi
Bo‘g‘imoyoqlilar tipiga mansub qisqichbaqasimonlar jabralar orqali nafas oladi. Quruqlikda yashaydigan bo‘g‘imoyoqlilarning nafas olish organlari traxeya yoki oʻpkalar hisoblanadi. O‘rgamchaklar bir juft o‘pka xaltalari va ikki tutam traxeyalar yordamida nafas oladi. Chayonlar faqat o‘pkalar, falanga va kanalar esa traxeyalar yordamida nafas oladi.
Hashorotlarning nafas olish organlari naychalarga o‘xshash traxeyalardan iborat. Havo hasharotlarning qorin bo‘limida joylashgan nafas olish teshiklari orqali traxeyalarga o‘tadi. Traxeyalar shoxlanib barcha organlarigacha yetib boradi. Havo qorin muskullarining dam-badam qisqarishi tufayli almashinib turadi.
Lansetnik halqumi ikki yonidagi jabra teshiklari devori mayda qon tomirlari bilan qoplangan. Qon tomirlari devorida gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. Baliqlarda jabralar nafas olish organi hisoblanadi.
Baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Ular og‘zi orqali yutilgan suv jabralarni yuvib, jabra teshiklari orqali chiqaradi. Jabralar Jabra ravoqlari dan iborat. Har bir ravoqning keyingi tomonida och qizg‘ish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari joylashgan. Jabra qilchalari suv bilan oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Jabra varaqlari juda mayda kapillyar qon tomirlari bilan qoplangan. Jabralardan o‘tayotgan suvdan kislorod jabra varaqlari kapillyarlaridagi qonga shimiladi; karbonat angidrid esa qondan suvga ajralib chiqadi. Baliqlar embrionlari dastlab tana yuzasi orqali nafas oladi, keyinroq ularda nafas olish sistemasi paydo boʻladi.
Suvda va quruqlikda yashaydigan hayvonlar oʻpka bilan birga teri orqali ham nafas oladi. Ularda o‘pkasi sodda tuzilgan bir juft xaltachadan iborat. Xaltacha devorida va terida juda ko‘p kapillyarlar bor. Kapillyarlardagi qonga atmosfera havosidan kislorod o‘tib turadi.
Baqaning ko‘krak qafasi rivojlanmagan. Shuning uchun nafas olayotganda tomog‘i pastga tortilib va ko‘tarilib turadi. Tomoq pastga tortilganida havo burun teshigi va og‘iz bo‘shlig‘i orqali o‘pkaga o‘tadi. Tomoq ko‘tarilganida o‘pkadagi karbonat angidrid gaziga to‘yingan havo yana og‘iz bo‘shlig‘i va burun teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi
Qushlarda moddalar almashinuvining jadallashuvi o‘pkalar bilan tutashgan havo haltalarini hosil bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Nafas muskullarining bir tekis qisqarishi nafas olishni taʼminlaydi. Bu muskullar qisqarganda koʻkrak qafasining hajmi kattalashib, tashqi muhitdan havo kiradi. Bo‘shashganda esa tashqi muhitga havo chiqib ketadi. Sutemizuvchilarda nafas olish ancha takomillashgan bo‘lib, o‘pka alveolari yaxshi rivojlangan. Nafas olishda diafragma muskullari ham ishtirok etadi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə