Namangan davlat pedagogika instituti



Yüklə 17,55 Kb.
tarix16.09.2023
ölçüsü17,55 Kb.
#122128
tariz tashqi


Namangan davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, p.f.n. M.Y.Eshnazarovaning “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo’llash” fanidan tayorlagan darsligiga
TAQRIZ

Axborot texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir.


Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog’liqdir.
O’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o’z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo’yicha bilimlarini chuqur o’zlashtirishlarining asosiy omili bo’lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi.
Aynan M.Eshnazarova tomonidan taqdim etilgan darslik 60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo’nalishining DTS va malaka talablari hamda, amaldagi o`quv reja va fan dasturi asosida ishlab chiqilgan, o‘quv dasturida ajratilgan mavzularga to`liq mos keladi.
Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, p.f.n M.Eshnazarova tomonidan 60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari bakalavr kunduzgi ta’lim yo`nalish talabalari uchun “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo’llash” fanidan ma’ruza mashg`ulotlari uchun ishlab chiqilgan darslikni nashr etishga tavsiya etaman.
Yüklə 17,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə