Namangan davlat universiteti patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi


MAVZU. DORILAR VA BOSHQA VOSITALAR BILAN DAVOLASHNING PSIXOLOGIK MASALALARI



Yüklə 181,07 Kb.
səhifə6/8
tarix23.09.2017
ölçüsü181,07 Kb.
#1343
1   2   3   4   5   6   7   8

7. MAVZU. DORILAR VA BOSHQA VOSITALAR BILAN DAVOLASHNING PSIXOLOGIK MASALALARI



Reja:

  1. Farmakologik moddalarning odam psixikasiga ta'siri.

  2. Psixofarmakologik vositalari va ularning turlari.

  3. Plasebo va uning ta'siri.


Tayanch tushunchalar
Trankvilizator – tinchlantiruvchi psixofarmakologik moddalar guruhi.

Antidepressantlar – psixofarmakologik moddalarning Yana bir guruhi, endogen depressiyada samarali ta'sir ko'rsatadi.

Simpatomimetik moddalar – bular psixikani har hiol tarzda buzulishiga sabab bo'luvchi psixofarmakologik moddalar guruhi.

Plasebo – rangi, ta'mi, hidi jixatidan doriga o'xshash, biroq ta'sir ko'rsatish asosiga ega emas modda

Bizga ma'lumki psixika shifobaxsh ta'sir ko'rsatishning kuchli manbaidir.

Davoning shifobaxsh ekanligiga bemorning qattiq ishonishi faol omil bo'lib, davolashning hamma turlarini amalga oshirishda muhim ro’l o'ynaydi.

Kasallarni davolashda psixik va farmakologik ta'sirning nisbatini hisobga olib borish ayniqsa muhim. Bu o'rinda ikkita asosiy masalani alohida ko'rsatib o'tish zarurki tibbiyotning turli sohalarida ishlatilayotgan dori preparatlarining soni ancha ko'paygan xozirga davrda ana shu masalalar ayniqsa dolzarb bo'lib qolgan: 1.farmakologik moddalarning odam psixik holatiga ta'siri va 2.farmakologik moddalarning odamga uning psixikasi holatiga qarab har-hil ta'sir ko'rsatishi.
frame15 Choy, kofe psixikaga salbiy ta'sir ko'rsatadimi?
Zamonaviy tibbiyotda ishlatib kelinayotgan moddalarning ba'zilari psixik xolatni o'zgartirish maqsadida juda qadimiy zamonlardan beri qo'llaniladi.

Tarkibida narkotik moddalar bo'ladigan o'simliklar, masalan: opiy, qoradori bo'ladigan ko'knori yokt nasha singari o'simliklar shirin hayollar surib kayf qilish va og'riqni qoldirish uchun ichilgan hamda chekilgan. Qadimdan choy, kofe koka o'simligining barglari qo'zg'atadigan va tetiklantiradigan moddalar o'rniga ishlatib kelingan. Kayfu ruhiyatni yaxshilash maqsadida ichkilik ichilishi barchaga ma'lum.

Yuqorida aytilgan moddalarning ijobiy ta'sirigina emas balki ular uzoq iste'mol qilinadigan bo'lsa, psixikaga halokatli ta'sir ko'rsatishi ham ma'lum.

Ichkilik, narkotik moddalarga xaddan tashqarii xirs qo'yib, shu moddalarni tobora ko'proq miqdorda iste'mol qilib turushga ruju qo'yish og'ir jismoniy va ruxiy kasalliklarga olib keladi.

Bir qancha moddalarning narkotik ta'siridan xirurgiyada narkoz uchun keng foydalaniladi.

Narkoz yunoncha uyqu demakdir. Biroq narkotik moddalar ta'siri bilan dori berib vujudga keltiriladigan uyqu shu qadar qattiq bo'ladiki, murakkab va uzoq davom etadigan operasiyalarni qilishga imkon beradi.

Psixofarmokologik vositalar guruxini narkotik moddalar, trankvilizator, antidepresantlar,simpatomimetik moddalar tashkil etadi.

Xozirgi kunda tibbiyotda narkotik moddalar, avvalo, oliy preparatlari (morfin, kodein, pantopan va boshqalar) tinchlantiruvchi xloralgidrat, shuningdek barbiturat kislota unumlari (lyuminal, medinal, nembutal, amital-natriy va boshqalar) «barbituratmas» uxlatadigan dorilar noksiron, dimerin ishlatiladigan bo'ldi.

Trankvilizatorlar (tinchlantiruvchilar) ya'ni psixofarmakologik moddalardan keyingi yillarda keng foydalinilmoqda.

Bular markaziy nerv tizimi qo'zg'atuvchanligini susaytirib, ruhiy qo'zg'alishni bartaraf etib yengil mudroqqa sabab bo'ladi va uxlatadigan dorilar bilan birga qo'llaniladi.

Trankvilizatorga aminazin, rezerpin, meprobamat, librium va boshqalarni kiritish mumkin.

Psixofarmakologik moddalarning yana bir guruhini antidepressantlar tashkil etadi.

Bular kayfu ruxiyat pasayganda, xususan ichki shart-sharoitlar munosabati bilan kelib chiqadigan ya'ni endogen degan depressiyalarda yaxshi kor qiladi. Antidepressantlar aqliy va emosional tormozlanish bilan birga davom etadigan somatik kasalliklarda ham muvaffaqiyat bilan qo'llanilmoqda.
frame16 Plasebo nima?
Farmakologik moddalarning ta'siri bemor nerv tizimi va psixikasining ahvoliga ko'p darajada bog'liq. Shu munosabat bilan ya'nigi dori moddalarni tekshirishda so'ngi vaqtlarda plasebo usulidan foydalanilmoqda.

Plasebo – tashqi xossalari, rangi, hidi, ta'mi jixatidan dori moddasiga o'xshab ketadigan, biroq ta'sir ko'rsatadigan asosi bo'lmaydigan kontrol moddadir.


Mavzu yuzasidan nazorat savollari.
1. Nerv tizimini stimullaydigan farmakologik moddalardan ayting.

2. Antidepressantlar qanday hollarda qo'llaniladi, ularning ta'siri qanday?

3. Plasebo nima?
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar.


  1. Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevoriT. - 1997 yil.

  2. Barkamol avlod orzusi T. 2000

  3. Psixologiya Slovar 1990

  4. Umumiy va tibbiy psixologiya T - 2003

  5. Tibbiyot psixologiyasi etikasi va deoitologiyasi asoslari T. 1997


Mavzu yuzasidan test savollari
1. Narkoz so'zining ma'nosisni toping?

A) og'riqsizlantirish

B) gallyusinasiya

C)grekcha qo'zg'alish

*D) yunoncha uyqu demakdir

E) lotincha tinchlantirish


2. Plasebo nima?

A) tinchlantiruvchi modda

B) kuchli zaxar

*C)rangi, hidi doriga o'xshash ta'siri yo'q modda

D) burishtiruvchi modda

E) uxlatuvchi moda


3. Morfin qanday moddalar tarkibiga kiradi?

*A) narkotik moddalar

B) trankvilizatorlar

C)antidepressantlar

D) simpatomimetik moddalar

E) barbituratlar


4. Medisina amaliyotiga kiritilgan «Qurolli ishontirish» terminiga Kim asos solgan?

A) Lebedinskiy

B) Pavlov

C)I.Shuls

*D) Sharko

E) Libik

8. MAVZU. PSIXOTERAPIYA


REJA:


  1. Psixoterapiya haqida tushuncha.

  2. Psixoterapevtik metodikalar va ularning qo'llanishi.

  3. Psixoterapiyaning ahamiyati.


Tayanch tushunchalar
Inontirish – bir odamning ikkinchi odamga psixologik yo'l bilan o'ziga xos tarzda ta'sir qilishdir.
Gipnoz – ug'oqlik bilan uyquga o'tish orasidagi uyqu holati
Autogen mashq -- bemorning o'zi bajaradigan mashq, psixoterapeyaning keng tarqalgan metodi

Psixoterapiya – davo maqsadlarida bemor yoki bemorlar guruhi psixikasiga ta'sir ko'rsatish jarayoni


frame17 Nima uchun psixoterapiyadan foydalaniladi?
Psixoterapeya – davo maqsadlarida bemor yoki bemorlar guruxi psixikasiga (bir yo'la) ta'sir ko'rsatish jarayonidar.

Davo maqsadida kasal psixikasiga ko'rsatiladigan har handay ta'sir ham psixoterapiya jumlasiga kiravermaydi. Masalan, psixafarmakalogiya preparatlar bilan psixikaga ta'sir ko'rsatish psixoterapiya emas.

Psixoterapevtik ta'sirning asosiy turi so'z bilan ta'sir ko'rsatishdir. Biroq har qanday so'z ham davo bo'lavermaydi.

Ba'zi hollarda psixoterapiya asosiy davo usuli bo'lsa (nevrozlar, alkogolizm, duduqlanish, ba'zi ichki kasalliklar, teri kasalliklari va boshqalar), boshqa kasalliklarda u zarur yordamchi vosita hisoblanadi ( ko'pgina ichki kasalliklarda, operasiyaga tayyorlanish va operasiyadan keyingi davrda akusherlik, ginekologiya va boshqalarda )

Psixoterapiyaning xajmi va metodikasi kasallarning yoshiga, kasallikning xarakteri, shaxsiyat xususiyatlariga, davo olib borilayotgan muassasaning xususiyatlariga qarab har xil bo'ladi.
frame18 Har bir usulning o'ziga hos tomoni nimada?
Psixoterapevtik metodikalarning hammasini shartli ravishda inontirish, ishonch hosil qilish va faollashtiruvchi psixoteperapiyaga bo'lish mumkin.

Bundan tashqari, individual va jamoa psixoterapiya tafovut qilinadi.



Inontirish – bir odamning ikkinchi odamga psixologik yo'l bilan o'ziga xos tarzda ta'sir qilishdir. Inontirish bosh miya po'stlog'ida konsentrlangan ta'sirlanish o'chog'idir, bu o'chog' manfiy induksiya tufayli o'z atrofida tormozlanish zonasini hosil qiladi. Inontirishning gipnoz holatida inontirish, tabiiy uyqu holatida inontirish, uxlatadigan yoki narkotik dorilar berilgandan keyingi inontirish (narkogipnoz) uyg'oqlik vaqtida inontirish va o'z-o'zini inontirish kabi turlari tafovut qilinadi. Gipnotik xolat (gipnoz) – uyg'oqlik bilan uyquga o'tish orasidagi chala uyqu holatidir.

Bemorning gipnoz qilishning ko'pgina usullari mavjud. Gipnotik holat yuzaki, o'rta va qattiq gipnozga bo'linadi. Yuzaki gipnozda ko'z qovoqlari va qo'l-oyoqlar og'ir tortib, mudroq bosadigan, ko'pincha puls va nafas siyraklashib qoladigan holatdir.



O'rtacha gipnoz – yengil uyqudir, kasal ko'zini ocholmaydi, so'z bilan ta'sir ko'rsatib, harakat sferasi bilan sezgi sferalarida o'zgarishlarni keltirib chiqarish mumkin.

Qattiq chuqur gipnoz – ro'yirost gipnotik uyqudir.

Rapport (miya po'stlog'ida sergak qolgan alohida punkt hisobiga vrach bilan bemor o'rtasida bog'lanadigan aloqa) tamomila alohidalanib qoladi (ya'ni vrachdan boshqa kishi kasal bilan aloqa qila olmaydigan bo'lib qoladi).



Tabiiy uyqu holatida inontirish.

Bu usul asosan bolalarda qo'llaniladi.

Uyqu vaqtida ko'pgina odamlar inson nutqini idrok eta olish qobiliyatini saqlab qoladi, shuning uchun bemor uyg'oqligi vaqtida uning oldida aytish mumkin bo'lmagan narsalarni kusal uxlab yotgan paytida ham gapirish mumkin emas.

Uxlatadigan yoki narkotik moddalarni berib inontirish.

Bemor yetarli gipnobel bo'lmasa (gipnozga tez berilmaydigan bo'lsa) va boshqa ba'zi hollarda narkogipnozdan foydalanildadi. Bemorga uxlatadigan dori ichiriladi yoki venasiga yuboriladi. Odamni uyqu bosib turgan paytda so'z bilan ta'sir ko'rsatib inontiriladi.



Uyg'oqlik holatida inontirish gipnozdan tashqari paytda ham inontirish shifobaxsh ta'sir ko'rsatadi.

Uyg'oqlik davrida inontirish anchagina emosional ko'tarinkilik ruhida ayniqsa yaxshi kor qiladi.

Duduqlanish, alkogolizm, nevrozlarga davo qilish uchun uyg'oqlik holatida inontirish usuli qo'llaniladi.

O'z-o'zini ishontirish ham psixoterapevtik usullardan hisoblanadi.

Bemorning o'z-o'zini ishontirib aytgan so'zlari organizmning turli sistemalarida fiziologik o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Tansiq ovqat to'g'risida o'ylashga javoban me'da shirasining ajralishi, sovuq ta'sir qilishi to'g'risida o'ylashga javoban badan terisining «tuk-tuk» bo'lib ketishi va boshqalar organizmdagi fiziologik jarayonlarga ta'sir ko'rsatishini aniq - ravshan qilib isbotlaydi.



Autogen trenirovka (ya'ni bemorning o'zi bajaradigan mashq) psixoterapiyaning keng tarqalgan metodikasidir.

Autogen trenirovkani nemis olimi I.Shuls taklif etgan jamoa va gurux psixoterapiyasi bir-biriga yaqin tushunchalardir. Ularning o'rtasidagi farq shundan iboratki, gurux psixoterapiyasida asosiy psixoterapevtik ta'sir vrachdan chiqadi va umuman butun guruxga qaratilgan bo'ladi.

Jamoa psixoterapiyada bemorlar jamoasining har bir bemoriga shifobahsh ta'sir ko'rsatishdan foydalaniladi.

Faollashtiruvchi psixoterapiyaning maqsadi – kasal shaxsiyatining saqlanib qolgan tomonlarini safarbar etib, uni real turmush sharoitlariga jalb qilish, kasallik natijasida izdan chiqqan funksiyalarni mashq qildirishdir.

Faollashtiruvchi psixoterapiya ko'ngliga doim bir xil xayol kelib yuradigan (odam doim vahimada yuradigan, miyyasidan har xil hayol va shubhalar nari ketmaydigan va boshqa) holatlarda foyda beradi.


Mavzu yuzasidan nazorat savollari

  1. Psixoterapiya nima? Uning ahamiyati nimada?

  2. Inontirish va gipnoz nima?

  3. Jamoa va guruh psixoterapiyasi nima?

  4. Autogen mashqni tushuntirib bering?


Tavsiya etilayotgan adabiyotlar.

  1. Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevoriT. - 1997 yil.

  2. Barkamol avlod orzusi T. 2000

  3. Psixologiya Slovar 1990

  4. Umumiy va tibbiy psixologiya T - 2003

  5. Tibbiyot psixologiyasi etikasi va deoitologiyasi asoslari T. 1997


Mavzu yuzasidan test savollari


  1. «Gipnoz» terminini fanga olib kirgan olim nomini toping?

A) J. Sharko

*B) N.Bred

C)I.M.Sechenov

D) K.K.Platonov

E) V.Broke


  1. Autogen mashqlarni fanga qaysi olim taklif etgan?

A) I.Shuls

B) M.S.Lebedinskiy

C)S.S.Libik

D) A.N.Shogam

E) R.S.Belyayev


  1. Psixoterapiya nima?

*A) davo maqsadida bemor psixikasiga ta'sir ko'rsatish jarayoni

B) bemorni antidepressantlar yordamida davolash

C)bemor psixikasini tarbiyalash

D) yengil uxlatish usuli

E) o'ziga-o'zi ta'sir ko'rsatish


  1. Gipnozning necha hil turi bor?

A) 2

B) 5


C)4

D) 8


*E) 3


  1. «Vrach bilan suxbatlashganidan keyin bemor yengil tortmasa, u vrach emas», degan fikrni kim aytgan?

A) Tarxanov

B) Pavlov

C)Platonov

*D) V.Bexterev

E) Lebedinskiy


Yüklə 181,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə