Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/26
tarix04.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#108321
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
GEOGRAFIYA TA\'LIMI TEXNOLOGIYALARI Uslubiy ko\'rsatma

 
 
 
 
 
 
 
 
2-rasm. Yer sharining yil bo’yi yoritilishi. 
 
 
 
3-rasm. Karta shartli belgilari va qatlamlari.
 
Kartada geografik obьektlar bo’yicha qo’shimcha illyustrativ ma’lumotlar 
(fotolavhalar, matniy va dinamik ma’lumotlar) berilganki, bu mashg’ulotda 
beriladigan geografik axborotlarni to’ldiradi. Misol tariqasida, balandlik va 
chuqurliklar shkalasi, aniq geografik obьektlar (Yer shari quruqlik va okean 
qismi bo’yicha 30 dan ortiq) Ximoloy cho’qqisi, Antarktida soxillari, Karib 
dengizi kabi joylarning ma’lumotlari ko’rinadi (4- rasm). 


 
4-rasm. Kartaning qo’shimcha illyustratsiyalari.
Manbaning interaktivligi uning shu muhitda foydalanish davomida 
o’qituvchi va o’rganuvchilar tomonidan turli yozuvlar yoza olishi, chiziqlar va 
belgilar qo’ya olishida namoyon bo’ladi (5-rasm). Masalan, karta bilan 
ishlaganda geografik obьektlarga tegishli miqdoriy va boshqa ko’rsatkichlar 
(uning o’lchamlari, sanalar, ismlar hamda geografik terminlar) yozuv va 
geometrik shakllarda turli ranglar ifodasida ta’sirchan holatda belgilar qo’yib 
borish, mazkur amallarni saqlab qo’yish imkoniyatlari jamlangan. Undan 
tabiiy geografiya fanlari mashg’ulotlarida keng va samarali foydalanish 
mumkin. Amaliyotimizda iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, topografiya va 
kartografiya hamda maxsus geografiya fanlari bo’yicha jamlangan elektron 
kartalardan foydalanib kelmoqdamiz. Ular haqida keyingi nashrlarimizda 
o’rtoqlashamiz. 
 
5-rasm. Kartaning interaktiv qismi.
 
 


Geografiya darslarida AKTlaridan foydalanish o’quvchilarning geografik
axborotlarni yig’ish, qayta ishlash, taxlil qilish, baholash, anglash hamda 
mazkur axborotlardan to’g’ri foydalanish, turli amaliy maqsadlarga erishish 
uchun o’z bilimlarini qo’llash va boshqarish kabi savodxonlik ko’rsatkichlari, 
ya’ni geografik madaniyati komponentlari shakllanadi. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə