Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/26
tarix04.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#108321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
GEOGRAFIYA TA\'LIMI TEXNOLOGIYALARI Uslubiy ko\'rsatma

Mas’ul muharrir:
 
K. Boymirzayev
geografiya fanlari doktori, dotsent
Taqrizchilar:


M. Mo’minov
XTXQTMO’XM kafedra mudiri, 
p.f.n. dotsent
 
E. Soliyev
Namangan davlat universiteti 
Geografiya kafedrasi dotsenti, 
geografiya fanlari nomzodi
 
Namangan davlat universiteti Ilmiy-uslubiy kengashining 2021 yil __ ____ 
dagi __-sonli yig’ilish bayonnomasi qaroriga muvofiq nashr etishga ruxsat 
berilgan. 
© 
B. M. Abduraxmonov
, I. Raximov
 
© 
Namangan 2021.
 


KIRISH
Respublikamizning 
zamonaviy 
taraqqiyot 
yo’liga 
o’tishidagi 
yangilanishlar jamiyatimizda demokratik va insonparvarlik g’oyalariga to’la 
rioya qilish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy munosabatlarni 
umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida tubdan o’zgartirish, ilg’or 
rivojlangan davlatlarda qo’lga kiritilgan yutuqlarni tanqidiy va tahliliy 
o’rganish, ularni respublikamiz shart-sharoitlarini hisobga olgan holda 
hayotga joriy etish orqali amalga oshirilmoqda. Tabiiyki, bu jarayondagi 
muvaffaqiyatlar ma’naviy yetuk, zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega 
bo’lgan o’quvchi-yoshlar, shuningdek bo’lg’usi hayoti va mehnat faoliyatiga 
shaxsiy va kasbiy jihatdan tayyor bo’lgan yosh mutaxassis kadrlar 
tayyorlanishiga chambarchas bog’liqdir. 
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev o’z 
nutqlarida ta’lim sohasi islohotlariga, pedagog-xodimlar va murabbiylar 
faoliyatiga alohida e’tibor berib, soha rivojini davlat siyosati darajasida hal 
qilib kelmoqda. Jumladan, Prezident: - “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va 
ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu 
bilimsizlikdir! SHu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni 
o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish uzluksiz 
hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak” deb ta’kidlagan. Zero, “O’zbekistonda yangi 
bir uyg’onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda”. Bu 
poydevor, ya’ni “Yangi O’zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi”. SHu 
maqsadda, xalq ta’limini 2030 yilgacha rivojlantirish, ta’lim-tarbiya va ilm-fan 
sohalarini rivojlantirish bo’yicha bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul 
qilindiki, ularda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ta’lim sohasi 
vakillari, mutasaddilar, rahbar xodimlar, mutaxassislar hamda pedagoglar 
jonbozlik ko’rsatishi lozim.
Ta’lim-tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish va o’qituvchi-
larning pedagogik faoliyati, ularning kasbiy tayyorgarligidagi qayd etilgan 
kamchiliklarni bartaraf etish uchun: 

o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarni insonparvarlashti-
rish va demokratlashtirish; 

ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyatini hamkorlikda 
tashkil etish va boshqarish orqali ongli intizomni tarkib toptirish; 

o’qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan uyђun 
ravishda foydalanish orqali ta’lim samaradorligiga erishish; 



o’quvchilarning bilish faoliyatini mustaqil va ijodiy izlanish asosida 
tashkil etish orqali mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish; 

o’quvchilarning qiziqishlari, ehtiyojlari va qobiliyatlarini hisobga olgan 
holda ta’lim-tarbiya jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuvning ilmiy-
uslubiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish zarur. 
Ushbu vazifalar ta’lim-tarbiya jarayonining faol ishtirokchisi, tashkilot-
chisi va boshqaruvchisi bo’lgan o’qituvchilar zimmasiga yuklanadi va bu 
vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi o’qituvchilarning kasbiy-pedagogik 
tayyorgarligi darajasiga bog’liq bo’ladi.
O’quv fani sifatida geografiya o’quvchi shaxsini rivojlantirish uchun katta 
imkoniyatlarga ega, chunki u jamiyat hayoti va uning tabiat bilan hamkorligini 
o’rganish kompleks geografik yo’nalishga asoslangan. Geografiyani o’rganish 
natijasida o’quvchilarda inson va atrof muhit haqida yaxlit tasavvur 
shakllanadi. Geografiya ta’limi rivojlanishining xozirgi bosqichida uning 
mazmuni o’quvchilarda jahon geografik xaritasi, geografik madaniyat 
shakllantirishga yo’naltirilgan. 
Geografiya o’qituvchisining ilmiy-uslubiy tayyorgarligiga quyidagi 
talablar qo’yiladi: 

Geografiya darslari, ekskursiyalar, darsdan va sinfdan tashqari 
mashg’ulotlarda o’qitishning samarali vositalari, uslublari hamda shakllaridan 
foydalanish; 

O’quvchilarni geografiya fani asoslari haqidagi bilimlar bilan qurollan-
tirish, ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning mazmuni, vositalari, metodlari va 
shakllarini uyg’un tanlash orqali ta’lim samaradorligiga erishish; 

Geografiya ta’limi mazmuni va pedagogik munosabatlarni insonpar-
varlashtirish yo’llari, geografiya o’qitishda o’quvchilarni tarbiyalashning 
mazmuni, vositalari, metodlarini bilish va amalga oshirish; 

O’quvchilarni milliy mustaqillik tamoyillari va Vatanga sadoqat ruhida 
tarbiyalash, ma’naviy va axloqiy fazilatlarini faollashtirish yo’llarini belgilash 
va amalga oshirish ko’nikmalarini egallash;

Geografik bilimlar asos bo’ladigan kasblar haqida tushuncha berish, 
o’quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo’llash; 

O’quvchilarning bilish faoliyatini pedagogik texnologiyalar talablari 
asosida maqsadga muvofiq tashkil etish va boshqarish, faollashtirish, bilim, 
ko’nikma va malakalarni shakllantirish yo’llarini bilish; 

O’quvchilarning o’quv motivlarini faollashtirish ko’nikmalari;



O’quvchilarda o’quv, amaliy, mehnat, ijodiy va mustaqil fikrlash ko’-
nikmalari, atrof-muhitga ongli munosabatni tarkib toptirish yo’llarini bilish va 
amaliyotga qo’llash ko’nikmalarini egallagan bo’lishi talab etiladi. 
Bilim va ko’nikmalarsiz mustaqil bilim olish faoliyati yuzaga kelmaydi. 
O’quv mashg’ulotlari davomida geografik bilimlarni talabalar guruhdoshlari 
va o’qituvchi bilan hamkorlikda ishlashi (bilim olishi, faoliyatda bo’lishi) bu 
bilimlar va ko’nikmalar egallash shart-sharoitiga ega bo’lishining asosini 
tashkil etadi. Bunday shart-sharoitlar zamonaviy talablar asosida 
loyihalangan darslar, seminar-treninglar va amaliy mashg’ulotlarlarda 
yaratilishi lozim. Buning uchun mashg’ulotlarni tashkil etishda uning 
texnologik jihatlariga e’tibor qaratiladi. 
Mazkur qo’llanmada yuqoridagi vazifalarni bajarishni ta’minlashga 
qaratilgan geografiya fanidan ta’lim texnologiyalari va ularni o’quv-tarbiyaviy 
jarayonda qo’llashga zamin bo’luvchi ayrim yondoshuvlar bilan 
tanishtirmoqchimiz.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə