Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


§ ZAMONAVIY GEOGRAFIYA DARSLARI VA ULARGA QO’YILADIGAN



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/26
tarix04.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#108321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
GEOGRAFIYA TA\'LIMI TEXNOLOGIYALARI Uslubiy ko\'rsatma

1§ ZAMONAVIY GEOGRAFIYA DARSLARI VA ULARGA QO’YILADIGAN 
ZAMONAVIY TALABLAR 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan olib 
borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat tufayli hayotimizning barcha 
jabhalarida, xususan, ilm-fan va ta’lim sohalarida ulkan o’zgarishlar 
bo’layotganligi soha vakillarining mazkur islohotlarda faol ishtirokchi 
bo’lishini taqozo etmoqda. Bu jarayondagi muvaffaqiyatlar pedagoglarning 
muayyan ilmiy-uslubiy tayyorgarlikka ega bo’lishi hamda ma’naviy yetuk, 
zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan o’quvchi-yoshlar, yosh 
mutaxassis kadrlar tayyorlanishiga chambarchas bog’liqdir. 
O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
Kontseptsiyasida ham uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan 
yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish, o’qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya 
jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish 
hamda xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish belgilab qo’yilgan. 
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning “ta’lim 
sohasidagi asosiy printsiplari”da
 
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda 
umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi, ta’lim va tarbiyaning 
insonparvarlik, demokratik xususiyati, ta’limning uzluksizligi va izchilligi 
hamda ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi o’rin olgan bo’lib, 
mazkur Qonunda pedagog xodimlarga zamonaviy pedagogik shakllarni, 
o’qitish va tarbiya vositalarini, usullarini erkin tanlash hamda ulardan 
foydalanish, davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, malaka 
talablarini, o’quv rejalari va o’quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish 
va ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, eksperimental 
faoliyatda ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish 
huquqlari berilgan bo’lsa, o’z o’rnida ularga o’quv mashg’ulotlarini sifatli 
o’tkazishi, 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan, 
o’qitish 
va 
tarbiyaning ilg’or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi 
kabi majburiyatlar qo’yilgan.
“Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan 
sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi
Farmonda ham O’zbekistonda ilm-fan va ta’lim-tarbiyani yangi bosqichga olib 
chiqish uchun dunyo andozalari asosida zamonaviy yondashuvlarni qo’llashga 
tobora katta e’tibor qaratilmoqda.


An’anaviy didaktikada darslarning tuzilishi belgilangan aniq tasnifi 
mavjud. Bular: yangi materialni o’rganish, bilimlar, mahorat va ko’nikmalarni 
takomillashtirish; bilim, ko’nikma va malakalarni umumlashtirish va 
tizimlashtirish; bilim va ko’nikmalarni nazorat qilish va tuzatish; aralash dars.
Darslarning turlari katta mavzu yoki bo’limni o’rganishda ketma-ket 
takrorlanishi zarur bo’lib, darsning tuzilmasi tarkibiy elementlardan iborat 
edi (yangi materialni o’rganish, uni musta’kamlash, umumlashtirish, nazorat 
qilish). 
Bugungi kunda didaktikada ishlab chiqilayotgan darslarning yangi 
tipologiyasi o’quvchilarning ta’lim natijalariga erishishda faol mustaqil 
faoliyat yuritishning ustuvor talabiga javob berishi kerak. 
Quyidagi qoidalar zamonaviy dars uchun yetakchi yo’nalishlar bo’lishi 
mumkin: 
1) darsning uch maqsadlisidan – o’quvchilar faoliyati orqali maqsadlarni 
shakllantirishga va keyingi o’rinlarda – mustaqil ravishda maqsad aniqlashga
2) yangi materialni o’rganish o’zlashtirganlarini mustahkamlashning 
an’anaviy “chiziqli ” darsdan – ko’p komponentli darsga; 
3) an’anaviy belgidan – zamonaviy baholashga. 
An’anaviy va zamonaviy darslar chuqur tarkibiy farqlarga ega. 
Zamonaviy dars tuzilmasida bir tomondan, an’anaviy darsni yanada 
rivojlantirish uchun asos bo’luvchi invariantni ajratish maqsadga muvofiq
ikkinchi tomondan o’qituvchi va o’quvchilar uchun o’quv faoliyatini 
loyihalashtirish erkinligini berish maqsadga muvofiq. 
Zamonaviy geografiya darsining asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 

Avvalo, o’quvchining shaxsini shakllantirishga qaratilganligi 
(dunyoqarashi, qadriyatli yo’nalishlar, faoliyatini rag’batlantirish, ijodkorlik); 

O’qituvchi o’quvchining o’quv ta’lim faoliyatini tashkil etuvchi sifatida 
namoyon bo’lishi, bu jarayonda ularning yordamchisi va maslahatchisi sifatida 
ishtirok etishi; 

O’qituvchi va o’qituvchi o’rtasidagi muloqot xolati hamkorlik va 
ijodkorlik ruxida bo’lishi; 

Darsda o’quv vazifalarini hal etish jarayonida, darsning barcha 
bosqichlarida bilim va malakadan foydalanish markaziy o’rin tutadi;. 

O’quv faoliyati jarayonida o’quvchilar o’rtasida jamoaviy o’quv faoliyati 
va muloqotni tashkil etish. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə