Namangan davlat universiteti talabasi xta iu-20 209 –Guruh Abdurahimova Shohsanam ning Pedagogika fanidan tayorlagan slaydi



Yüklə 81,77 Kb.
tarix11.06.2022
ölçüsü81,77 Kb.
#89279
Namangan DAVLAT Universiteti

Namangan DAVLAT Universiteti talabasi XTA IU-20 209 –Guruh Abdurahimova Shohsanam ning Pedagogika fanidan tayorlagan slaydi.

1 BOB. «PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGIK MAHORAT» FANINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI 1.1.0‘zbekiston ta’lim tizimining dolzarb muammolari Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichm a-bosqich va muvaffaqiyatli amalga oshirish ko'p jihatdan o ‘qituvchi faoliyati. uning kasbiy nufuzini oshirish bilan bog'liqdir. Shunday ekan, sog'lom va har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, uning yosh avlodni o ‘qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog'liqdir. 0 ‘qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig‘ini bajaradi, har tom onlam a yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o'qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim. Shunday ekan, o‘qituvchi mustaqillik g'oyasiga e ’tiqodli, har tom onlam a rivojlangan ilmiy tafakkurga ega, kasbiga tegishli ma’lumoti bor, ya’ni o‘z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim hamda malakalarni egallagan bo'lishi hamda turli pedagogik vazifalarni tezda yechishi, vaziyatlarni sezishi, o'rganishi va baholay olishi kerak. U pedagogik ta’sir ko‘rsatishning eng maqbul usul va vositalarini tanlay oLish qobiliyatiga

Mustaqil O'zbekistonning kelajagi bo’lgan avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat-e’tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. Shunday ekan, o'qituvchi o'quvchi yoki talabaning shakllanish jarayonini zo'r havas va sinchkovlik bilan kuzatishi lozim. U pedagogik jarayon ni boshqararekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo'lishi lozim. Shundagina o'qituvchi pedagogik hodisalarning mohiyatini va dialektikasini, pedagogik mehnat metodi, kasb va texnologiyasini va professional pedagogikani tushunib yetadi. Pedagogik bilim va mahorat egasi bo'lgan o'qituvchi, awalo, pedagogika fanining metodologik asoslarini, shaxs rivojlanishining 1 lishi lozim.

Qonuniyatlari va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi kerak. Ta'limtizimida mehnat qilayotgan pedagoglarning ko‘pchiligi ta'lim va tarbiya jarayonida pedagogik mahorat ning zaruriyati va ahamiyatini tobora chuqur anglab bormoqdalar

Shu sababli ular o ‘z mahoratlarini uzluksiz oshira borishga. hozirgi kunning yuksak talablariga mos zamonaviy bilim va tajribalami o‘zlashtirishga, ijodiy mehnat qilishga intilmoqdalar. Ammo shuni ham e 'tiro f etishim iz kerakki, o ‘quv yurtlarida ayrim o'qituvchilar o‘z pedagogik mahoratlarini oshira borishning ahamiyatini yetarli darajada his qilmaydilar, “Ta’lim to‘g'risida”gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning talablarini chuqurroq o‘rganishga qiziqmaydilar, o‘quv jarayonining ilmiyligiga, zamon talablariga mosligiga, turmush va amaliyot bilan bog‘lanishiga yuzaki qaraydilar, o‘qitilayotgan o‘quv fanlarining ilmiy va g‘oyaviytarbiyaviy birligini doimo esda tutmaydilar. Bu esa ular qo‘lida ta’lim olayotgan o‘quvchi va talabalaming bilim darajasi va saviyasining yetarli bo‘lmasligiga, o‘quv dasturlarini o'zlashtirishdan orqada qolishlariga sabab bo‘lmoqda

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari vazifalari m uvaffaqiyatli hal qilinib, uchinchi bosqichdagi o‘zgarishlar davom etmoqda. Bu bosqichda o'quv-tarbiya ishlarini butunlay yangi asosda tashkil qilish, yuqori sifat ko‘rsatkichiga erishish talab qilinadi

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yuksak umumiy madaniyatga va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘l topa bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda puxta o'zlashtirgan. jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi.

Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; - ta'lim oluvchilami ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va uslublarini ishlab chiqish hamda joriy qilishni hal etish vazifalarini ko‘ndalang qilib qo'ydi. V Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlaming shakllanishi, ta’limning dunyo ta ’lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va insonparvarlashtirish jarayonlarining rivojlanishi ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar (PT)ga yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da zamonaviy pedagogik texnologiyalami joriy qilish va o‘zlashtirish zarurligi ko‘p marta takrorlanib, ularni o ‘quv muassasalariga olib kirish zarurati uqtiriJgan. Respublikamizning taniqli olimlari ilmiy asoslangan, mintaqamizning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan pedagogik texnologiyalami yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar. Bular orasida J.G ‘. Yo'ldoshev, S.A. Usmonov, N.S.Sayidahmedov, R.H.Jo‘rayev, Q.Y.Yo‘ldoshev k ab ita’lim-tarbiyajarayonlari fidoiylarining nomlari alohida hurmat va e’tiboiga molikdir. «Pedagogik texnologiya» atamasining mohiyati nimada? «Texnologiya»- yunoncha so‘z bo‘lib, «techne»-mahorat, san’at, «logos»- tushuncha, o'rganish. demakdir. .•


Yüklə 81,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə