Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR




O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA 
MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 
 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
B.T.Ataxanov, M.B.Isabayev
FUQAROLIK JAMIYATI FANIDAN 
 
ATAMALAR LUG„ATI 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT 
2016 



Taqrizchilar: 
A.Rasulov
, tarix fanlari doktori, professor
N.G„ofurov
, tarix fanlari nomzodi
Ataxanov B.T., Isabayev M.B. 
O‗zbekistonda demokratik jamiyat qurish 
nazariyasi va amaliyoti fanidan atamalar lug‘ati. — T.: Yangi asr avlodi, 2016. — 
376 b. 
Ushbu atamalar lug‗atida O‗zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi 
va amaliyoti, jamiyatshunoslik, huquqshunoslik, geosiyosat va boshqa ijtimoiy fanlar 
doirasida qo‗llanuvchi tushunchalar, kategoriyalar va atamalar o‗rin olgan bo‗lib, 
mazkur lug‗at oliy o‗quv yurti talabalari, o‗qituvchilar hamda keng kitobxonlar 
ommasiga mo‗ljallangan. 
O‗zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan 
atamalar lug‗ati Namangan davlat universiteti O‗quv-uslubiy kengashining 2016-yil 
11-maydagi 8-sonli yig‗ilishida tasdiqlangan. 
© 
B.T.Ataxanov M.B.Isabayev,
2016 




KIRISH 
Mazkur lug‗atda ilmiy-ommabop kitoblar va ommaviy axborot vositalarida tez-
tez uchrab turadigan ikki mingga yaqin so‗z va terminlarga izohlar keltirilgan. Izohlar 
alfavit tartibida ketma-ket joylashtirilgan bo‗lib, bir nechta qisqartirishlardan 
foydalanildi. Atamaning nomini bildiradigan so‗z yoki so‗zlar matnda so‗zning 
birinchi harfi va nuqta bilan belgilanadi 
(mas., "Davlat" atamasining to„liq nomi 
o„rniga matnda "D." harfi qo„llaniladi).
Agar atamaning nomi bir nechta so‗zdan 
tashkil topgan bo‗lsa, unda bu so‗zlarning o‗rniga ularning birinchi bosh harfi 
qo‗yiladi. 
Jum., "Siyosiy tizim" degan atamada to„liq nom o„rniga "S.t." tarzida 
berildi.
Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning qisqartirilgan nomlari tez-tez uchrab 
turganligi sababli, lug‗atda ular ham qisqartirilib, ham to‗la beriladi 
(mas., BMT - 
Birlashgan millatlar tashkiloti, XMT - Xalqaro mehnat tashkiloti).
Bunda atamaning 
izohi yoki tashkilotning to‗liq nomi alfavit bo‗yicha joylashgan yerda beriladi 
(mas., 
"Birlashgan millatlar tashkiloti", " Xalqaro mehnat tashkiloti"). 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə