Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

BAKTERIOLOGIK QUROL
, biologik qurol — odamlar, hayvonlar va 
o‗simliklarda kasalliklar qo‗zg‗atuvchi, sun‘iy ko‗paytirilgan mikroorganizmlar, 
hasharotlardan iborat ommaviy qirg‗in vositasi. B.q. asosan kasallik tarqatuvchi 
mikroorganizmlar (bakteriya, virus, zamburug‗ va b.) yuqtirilgan pashsha, chivin, 
kemiruvchi hayvonlardan yoki suspenziya va kukunlardan iborat. Chet el harbiy 
mutaxassislari odamlarga shikast etkazadigan bakterial vositalarga, chin chechak
kuydirgi, tulyaremiya, manqa, sariq, isitma, brusellyoz, vabo va b. kasallik 
qo‗zg‗atuvchilarini; hayvonlarga shikast etkazuvchi bakterial vositalarga oqsil kasalligi, 
o‗lat, cho‗chqalarning afrika chumasi kasalligi, brusellyoz va b.ning qo‗zg‗atuvchilarini; 
o‗simliklarni zararlantiruvchi bakterial vositalarga bug‗doy zang kasalligi, kartoshka 
fitoftorasi, sholi pirikulyariozi va b. kasallik qo‗zg‗atuvchilarini kiritadi. 


36 
BALLATIROVKA
(fr. 
balles
– shar) — biror mas.i ovoz berish yo‗li bilan hal 
etish, tashkilot (qo‗mita va h.k..) a‘zolarini saylash avvallari ovoz berishning eng keng 
tarqalgan usuli - qora va oq rangdagi sharlarni xumga tashlash bo‗lgan. Atama shundan 
kelib chiqqan; ovozga qo‗ymoq, saylamoq. 
BANDITIZM
(lot. 
bandum
– bosqinchilik, talonchilik)— bosqinchilar, qurollangan 
to‗da va guruhlarning bosqinchilik harakati. 
BARQAROR IJTIMOIY RIVOJLANISH VAZIYATI 
— jamiyatdagi tinch-
totuvlik va uni mustahkamlash uchun shart-sharoitning mavjudliligi. Qatlamlar, kuchlar 
va siyosiy partiyalar o‗rtasidagi hamjihatlik vaziyati O‗zbekiston mustaqillikka 
erishgandan keyin barqaror rivojlanishga katta e'tibor berilmoqda. Milliy manfaatlarni 
amalga oshirish va himoya qilish orqali jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimi, 
davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini ta‘minlovchi vaziyat. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə