Namangan davlat universiteti


BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR
— O‗zbekistonda 
maxsus boshqaruv tartib-qoidalariga rioya qilmaslik, davlat muassasalari yoki jamoat 
birlashmalarining me'yoriy ish faoliyatini buzishda yoxud hokimiyat vakillarining 
me'yoriy faoliyat tartibiga tajovuz qilishda ifodalangan g‗ayriqonuniy harakatlar. Odil 
sudlovga qarshi, xo‗jalik faoliyati va jamoat xavfsizligi sohasidagi jinoyatlar ham ma'lum 
darajada boshqaruv tartibiga tajovuz qiladi. B.t.q.j.ni shartli ravishda subyektiga qarab, 2 
guruhga bo‗lish mumkin: 1) mansabdor shaxslar tomonidan sodir qilinadigan jinoyatlar 
(O‘zbekiston Respublikasi JK, 205-210 – moddalar); 2) mansabdor bo‗lmagan har 
qanday shaxslar tomonidan sodir qilinadigan jinoyatlar (O‘zbekiston Respublikasi JK, 
211-22 –moddalar). 
BOSIM
— siyosatshunoslikda ishontirishga qaratilgan qudratli va tezkor urushish. 
U ochiqdan-ochiq bo‗lishi va qonuniy vositalar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ammo 
so‗z noqonuniy manfaatlar yoki qonunga hilof vositalarni qo‗llash to‗g‗risida ketganda, 
niqoblangan, yashirin bosim nazarda tutiladi. 
BOYKOT
(ing. 
Boycott
) — ingliz boshqaruvchisi Ch. K. Boykot nomidan olingan, 
1880-yilda unga qarshi birinchi marta mazkur chora qo‗llanilgan edi. Siyosiy va iqtisodiy 
kurashning bir shakli, ayrim shaxs, tashkilot, korxona bilan munosabatlarni to‗liq yoki 
qisman to‗xtatish, mas., ishga yollanish, shu korxona mahsulotini xarid qilishdan voz 
kechish kabilarni taqozo etadi. 2) Xalqaro munosabatlarda, BMT Ustaviga ko‗ra - 
tinchlikni saqlash maqsadida (qurolli kuchlarni ishlatmay turib) ko‗riladigan majburiy 
choralardan biri. Davlatning bironbir davlat yoki bir guruh davlatlar bilan munosabatlarni 
saqlab turishdan voz kechishi. 3) (Ko‗chma ma'noda) biror narsaga norozilik belgisi 
sifatida biror kimsa bilan munosabatlarni uzish. 
BOZOR IQTISODIYOTIGA O„TISH
— an‘anaviy va rejali buyruqbozlik 
tuzumidagi iqtisodiy munosabatlardan bozor munosabatlariga o‗tish jarayoni. Bu jarayon 
iqtisodiy zarurat, chunki an‘anaviy yoki rejali buyruqbozlik tizimlari barqaror iqtisodiy 
taraqqiyotni va xalq farovonligini ta‘minlay olmay qoladi hamda B.i.o‗. orqali iqtisodiy 
ravnaqqa erishish yo‗li tanlanadi. Tarixan B.i.o‗.ning uch yo‗lini ko‗rsatish mumkin: 1) 
an‘anaviy natural xo‗jaligi iqtisodiyotidan B.i.o‗.; 2) qoloq va mustamlaka xarakteridagi 
iqtisodiyotdan B.i.o‗.; 3) rejali buyruqbozlik iqtisodiyotdan B.i.o‗. Shunga ko‗ra 
B.i.o‗.ning ilk klassik modeli; mustamlakachilik zulmidan ozod bo‗lgan Osiyo va Afrika 
mamlakatlari modeli; sobiq sotsialistik mamlakatlar modeli mavjud. Klassik model eng 
ko‗hna model sifatida Yevropa mamlakatlariga xos bo‗lgan. Bu yerda B.i.o‗. ko‗p 
bosqichli bo‗lib, a.lar davom etgan tabiiy-tarixiy jarayon shaklida kechgan. Dastlab 


44 
an‘anaviy natural xo‗jalik-mayda tovar xo‗jaligiga, bu esa o‗z navbatida asov bozor 
iqtisodiyotiga aylangan. B.i.o‗.ga xos bo‗lgan qonuniyatlar Yevropa mamlakatlarida 
dastlabki sinovdan o‗tgan. Osiyo va Afrika mamlakatlari modelini amalga oshirish 
to‗plangan tarixiy tajribaga tayandi: an‘anaviy xo‗jalikni bozor xo‗jaligiga aylantirish 
mustamlakachilik zulmi sharoitida metropoliyalar ta'sirida boshlandi va ular manfaatiga 
xizmat qildi, bu jarayon sun‘iy ravishda to‗xtatilmay, aksincha mamlakatlar ozodlikka 
erishgan sharoitlarda ham davom etdi, bozor munosabatlari o‗z tabiatiga moc tushadigan 
iqtisodiy zamindan - xususiy mulkchilikdan o‗sib chikdi, chet elning moddiy va 
moliyaviy yordamiga tayandi. B.i.o‗. jarayoni tarixiy sakrash shaklida, ya'ni Yevropa 
uchun muqarrar bo‗lgan tarixiy bosqichlarni o‗tamay, ularni chetlagan holda an‘anaviy 
iqtisodiyot yoxud rivojlanmagan bozor xo‗jaligidan uning rivojlangan shakliga o‗tish sari 
bormoqda. B.i.o‗.ning eng so‗nggi modeli sobiq sotsialistik mamlakatlar modeli bo‗lib, 
o‗tish bu mamlakatlarda rejali buyruqbozlik iqtisodiyotini qayta qurish asosida 
bormoqda. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda B.i.o‗.ning dastlabki shar-tsharoiti har xil, 
shunga ko‗ra aholi orasida bozor ko‗nikmalari ham turlicha darajada saqlangan. Bu 
mamlakatlarda rejali buyruqbozlik xo‗jaligidan bozor iqtisodiyotining zamonaviy 
taraqqiy etgan shakliga o‗tiladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə