Namangan davlat universiteti



Yüklə 12,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/66
tarix03.01.2023
ölçüsü12,37 Mb.
#98121
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
1. УУМ Протеомика ва метаболомика (1)




O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
 
BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI 
BIOLOGIYA KAFEDRASI 
PROTEOMIKA VA METABOLOMIKA MODULIDAN 
O’QUV - USLUBIY 
MAJMUA 
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar 
Ta’lim sohasi: 140000 -Tabiiy fanlar 
Bakalavriat ta’lim yo’nalishi: 5140100 - Biologiya (kunduzgi) 
 
Tuzuvchi: dotsent v.b., PhD. O.N. Imomov 
 
Namangan – 2021



MUNDARIJA 
1. ISHCHI
O’QUV
DASTURI 

2. O’QUV KONTENTLARI 
13 
3. “PROTEOMIKA VA METABOLOMIKA” FANIDAN 
MUAMMOLI SAVOLLAR 
226 
4. “PROTEOMIKA VA METABOLOMIKA” FANIDAN 
NAZORAT TEST MATERIALLARI 
229 
O’quv – uslubiy majmua Namangan davlat universiteti o’quv – uslubiy 
kengashining 2021 yil 30 avgustdagi 1 – sonli yig’ilishida muhokama qilingan va 
foydalanish uchun tavsiya etilgan.









O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Oqsillar yoki peptidlar tirik organizmning hujayra fiziologiyasida ko’plab 
hayotiy vazifalarni bajaradi. Organizm tomonidan ishlab chiqarilgan oqsillar va 
peptidlarning butun majmui esa proteom deb nomlanadi. Proteomning keng koʼlamli 
ilmiy tadqiqotlari va eksperimental tahlili proteomika deb ataladi. 
Proteomika — kimyo, fizika, biologiya, biokimyo, biofizika, genomika
bioinformatika kabi ko’plab ilmiy yoʼnalishlarning yutuqlarini oʼzida jamlagan 
fandir. Xususan, genomika va bioinformatikadagi soʼnggi yutuqlar proteomika 
tadqiqotlariga katta hissa qoʼshib kelmoqda. Natijada proteomning maʼlum bir 
hujayra yoki toʼqimadagi molekulyar funksiyalari va oʼzaro taʼsirlarni aniqlash 
imkoniyati yaratilmoqda. 
Proteomika boʼyicha tadqiqot natijalari hujayra toʼqimalarning shikastlanishi 
sabablarini yoki kasalliklar fiziologiyasini oʼrganishda muhimdir. Proteomika fani 
oqsil biomarkerlarini qoʼllash orqali turli xil xastaliklarni oldindan aniqlash 
imkonini beradi. Muayyan kasallik davrida organizm tomonidan ishlab chiqiladigan 
alohida oqsillarni tekshirish, test sinovlarini oʼtkazish orqali kasallik zudlik bilan 
aniqlanadi va kasallikning erta bosqichlarida davolash muolajalarini oʼtkazish uchun 
sharoit yaratiladi. Proteomika natijalarini qoʼllash orqali, shuningdek, oʼsimliklar va 
hasharotlar oʼrtasidagi murakkab oʼzaro bogʼliqliklarni aniqlash mumkin boʼlib, 
oʼsimliklarning genetik himoya mexanizmlarini aniqlash, ularning biotik va abiotik 
omillarga moslashuvini aniqlashga koʼmak beradi. Mazkur fan turli kasalliklarning 
fiziologik jihatlarini anglash, tashxis qoʼyish va davolashda proteomika 
maʼlumotlaridan foydalanish boʼyicha yangi tadqiqotlar va texnologiyalar 
borasidagi bilimlarni taqdim etadi. 

Yüklə 12,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə