Namangan muhandislik-texnologiya instituti


II. TADQIQOT OB’ YEKTLARINING TAVSIFI



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə10/24
tarix26.10.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#132093
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Marjona

II. TADQIQOT OB’ YEKTLARINING TAVSIFI
2.1. Xom-ashyo yordamchi materiallar tavsıfı.
Men loyihalayotgan bitiruv malakaviy ishimdagi maxsulot uchun xom ashyo sifatida polipropilen ishlatiladi. Polipropilen hozirda asosan Turkmaniston Restpublikasidan keltirilmoqda. 2016-yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Restpublikasi Ustyurt qo‘rg‘onida barpo bo‘lgan Uz Cor Gaz kimyo majmuasida yiliga 83 ming tonna polipropilen ishlab chiqarilmoqda. Kelgusi rejalarimda men o‘zimizning milliy xomashyomiz asosida maxsulot ishlab chiqarmoqchiman. Superkonsentratni esa Toshkent shahridagi Qayum Xoji servis‘‘ MChJ korxonasidan keltirilmoqda.

Polipropilen sanoatda turli xil katalizator va erituvchilarmuhitida (Sigler-Natta Al(C2H5)2Cl / TiCl4) katalizatorlari hamda ekstraksion benzin va yengil erituvchi - propan-propilen fraksiyasi muhitida, o‘ta faol katalitik juftlik Al(C2H5)2Cl / TiCl3) va Lyuis asoslari ishtirokida n-geptan muhitida, monomer massasida) propilenni polimerlab olinadi.
Polipropilenni polimerlanishi suspenziyada, emulsiyada, eritmada, massada va gaz fazasida amalga oshirilishi mumkin. Eritmada polimerlash jarayoni, suspenziyadagiga qaraganda yuqoriroq harorat va bosimda o‘tkaziladi. Gaz fazada polimerlanganda polipropilenni izotaktiklik darajasi, polimerlanish tezligi suyuq fazadagiga nisbatan pastroq bo‘ladi. Suyuq fazada ataktik polipropilen miqdori 10% dan ortmaydi, gaz fazada esa bu kattalik 25% ni tashkil etadi. Polipropilen xususiyatlariga katalizatorlarni salbiy ta‘sir etishi sababli, ularni parchalab polimer tarkibidan chiqarb tashlash, polipropilendan ataktik qismini ajratish, oqava suyuqliklarni tozalash, erituvchilarni regenirlash, polipropilen olish jarayonlarini asosiy kamchiligidir. Ishlab chiqarilayotgan polipropilen asosan stereoregulyar tuzilishga ega bo‘lgan kristall polimerdir. Polipropilenni qimmatli xususiyatlari asosan uni kristallik darajasini yuqori bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lganidan, uni olishda ishlatiladigan katalizatorlar yuqori stereospetsifiklikka ega bo‘lishlari kerak. Izotaktik polipropilen zichligi 900-910 kg/m3, suyuqlanish harorati 165-170oC ga teng bo‘lgan qattiq termoplastik polimerdir.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə