Namangan muhandislik-texnologiya instituti


ovistlar  va  animalistlar



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   169
biologiya

ovistlar 
va 
animalistlar
  deb  ataluvchi  ikki  oqimning  paydo  bo‘lishiga  olib  keldi. 
Ulardan  birinchilari—organizm  mitti  murtak  holida  tuxum  hujayra  ichida, 
ikkinchilari—urug‘  hujayra  ichida  bo‘ladi,  keyingi  o‘zgarishlar  faqat  miqdor 
o‘zgarishlardan  iborat,  degan  xato  fikrlarni  ilgari  surdi.  17-asr  oxiri  va  18-asr 
boshlarida  o‘simlik  va  hayvonlarning  sun'iy  sistemasini  yaratish  borasida  bir 
qancha  urinishlar  bo‘ldi.  Ingliz  olimi  J.  Rey  18  mingdan  ko‘proq  o‘simliklarni 
tavsiflab,  o‘simliklarni  19  sinfga,  Fransuz  olimi  J.  Turnefor  ularni  22  sinfga 
bo‘ladi.  Rey  tur  tushunchasini  aniqlab  berdi  va  umurtqasizlar  tasnifini  ishlab 
chiqdi.  Hayvonlar  va  o‘simliklarning  mukammal  sun'iy  sistemasini  shved 
tabiatshunosi  K.  Linney  o‘zining  "Tabiat  sistemasi"  (1735)  asarida  taklif  qildi. 
Linney o‘z sistemasida odamni sut emizuvchilar sinfiga va maymunlar bilan birga 
primatlar  turkumiga  kiritgan  bo‘lsada,  turlarning  o‘zgarmasligi,  dunyoni  ilohiy 
kuch  tomonidan  yaratilganligi  to‘g‘risidagi  metafizik  g‘oyani  yoqlab  chiqdi. 
Linneyning  binar  nomenklaturasi  (turni  urug‘  va  tur  nomlari  orqali  atalishi) 
o‘simliklar va hayvonlar sistematikasida ayniqsa juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 


 
 
Lekin Linneyning sun'iy sistemasi ko‘pchilik tabiatshunos olimlarni qoniqtirmasdi. 
Shu  sababdan  bir  qancha  olimlar  tabiiy  sistemani  tuzishga  urinib  ko‘rishdi. 
Botanika  sohasida  bunday  sistemani  ilk  bor  fransiyalik  botanik  A.  L.  Jyuse  1789 
yilda  ishlab  chiqdi.  Hayvonlar  va  o‘simliklarni  sistemaga  solish  g‘oyasi  hamma 
olimlarga  ham  bir  xilda  ma'qul  bo‘lmadi.  Fransiyalik  tabiatshunos  J.  Byuffon 
tabiatdagi  har qanday sistema, shu jumladan  Linney sistemasiga  ham qat'iy qarshi 
chiqadi.  J.  Byuffon  "Tabiiyot  tarixi"  (1749—88)  asarida  hayvonlar  tuzilishidagi 
umumiylikni  ko‘rsatadi,  yaqin  formalar  o‘rtasidagi  o‘xshashlikni  ularning  o‘zaro 
qarindoshligi  bilan  tushuntirishga  harakat  qiladi.  Nemis  vrachi  va  kimyogari  G. 
Shtal  kishi  faoliyati  uning  ruhi  tomonidan  boshqarib  borilishini  ta'kidlaydi  va 
buning  dalili  sifatida  fiziologik  reaksiyalarning  asabiy  ruhiy  ta'sirlar  bilan 
bog‘liqligini  ko‘rsatib  o‘tadi.  Uning  "hayot  tonusi"  to‘g‘risidagi  fikri  nemis 
fiziologi  A.  Gallerning  ta'sirlanish  to‘g‘risidagi  g‘oyasida  (1753)  o‘z  ifodasini 
topadi.  U  va  chex  anatomi  va  fiziologi  Y.  Proxoska  miya  ishtirokisiz  ta'sirotni 
qabul  qiluvchi  hamda  organlarni  harakatlantiruvchi  nerv  kuchi  borligini  ko‘rsatib 
berdi.  Italiyalik  olimlar  L.  Galvani  va  A.  Volta  hayvonlar  organizmidagi  elektrni 
aniqlaydi,  bu  hodisa  elektrofiziologiya  fanining  paydo  bo‘lishi  va  rivojlanishiga 
olib  keldi.  Ingliz  olimi  J.  Pristli  o‘simliklarni  hayvonlar  nafas  olishi  uchun  zarur 
bo‘lgan kislorod ishlab chiqarishini ko‘rsatib beradi. Fransuz olimlari A. Lavuaze, 
P.  Laplas  va  A.  Segen  hayvonlarning  nafas  olishi  va  oksidlanish  reaksiyalarida 
kislorodning  ahamiyatini  ko‘rsatib  berdi.  Organik  dunyoning  tarixiy  taraqqiyoti 
to‘g‘risidagi  g‘oyalar  18-asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  shakllana  boshladi. 
Nemis  olimi  G.  V.  Leybnits  tirik  mavjudotlarning  gradatsiyasi  tamoyillarini  e'lon 
qiladi va o‘simliklar bilan hayvonlar o‘rtasida oraliq formalar mavjud degan fikrni 
o‘rtaga  tashlaydi.  Minerallardan  boshlab  odamgacha  bo‘lgan  "tiriklik  pog‘onasi" 
(gradatsiya)  tamoyili,  Sh.  Bonne  (1745—64)  fikricha,  hayot  tuzilishi  va 
rivojlanishining  uzluksizligini  ko‘rsatadi.  J.  Byuffon  yer  tarixi  to‘g‘risidagi  o‘z 
gipotezasini  ishlab  chiqdi.  Uning  fikricha,  yer  tarixi  80—90  ming  yildan  iborat 
bo‘lib,  7  davrga  bo‘linadi,  faqat  eng  so‘nggi  davrda  o‘simliklar,  hayvonlar  va 
odam  paydo  bo‘lgan.  Fransuz  olimi  J.  B.  Lamark  "Zoologiya  falsafasi"  (1809) 


 
 
asarida "tiriklik pog‘onasi"ni evolyusiya nuqtai nazaridan tushuntirib beradi. Tirik 
organizmlarning  tubandan  yuksak  formalargacha  takomillashib  borishi  uning 
fikricha  organizm  uchun  xos  bo‘lgan  ichki  progressga  intilish  (gradatsiya 
tamoyillari)  tufayli  sodir  bo‘lgan.  Lamark  evolyusiyani  to‘g‘ri  tushuntirgan 
bo‘lsada,  uning  asosiy  sabablarini  ochib  berolmadi.  Fransuz  olimi  J.  Kyuve  tirik 
organizmlarning  tarixiy  almashinishi  va  bir  qancha  turlarning  qirilib  ketishini 
tushuntirish uchun o‘zining katastrofalar g‘oyasini ilgari suradi. Fransuz olimi E.J. 
Sent  Iler  hayvonlar  tuzilishidagi  umumiylikni  tushuntirishga  urinib,  tuzilishdagi 
o‘xshashlik  ularning kelib chiqishidagi o‘xshashlikni aks ettirishini ta'kidlaydi. T. 
Shvann  tomonidan  asoslab  berilgan  hujayra  nazariyasi  (1839)  organik  dunyoning 
birligini  tushunib  olishda  hamda  sitologik  va  gistologik  tekshirishlarning 
rivojlanishida  katta  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  19-asrning  o‘rtalarida  o‘simliklarning 
oziqlanish  xususiyati  va  uning  hayvonlarnikidan  farq  qilishi  hamda  tabiatda 
moddalar aylanishi prinsiplari kashf etiladi (Yu. Libix, J. B. Bussengo). Hayvonlar 
fiziologiyasi  sohasida  E.  Dyubua  Reymonning  ishlari  tufayli  elektrofiziologiyaga 
asos solinishi, K. Berner tomonidan organlarning ovqat hazm qilishdagi ahamiyati 
tushuntirib  berilishi  (1845,1847);  G.  Gelmgols  va  K.  Lyudvig  tomonidan  nerv 
muskul  sistemasi  va  sezgi  organlarini  o‘rganish  metodlari  ishlab  chiqilishi;  I.  M. 
Sechenovning  oliy  nerv  faoliyatini  materialistik  nuqtai  nazardan  talqin  qilishi 
("Bosh miya reflekslari", 1863) katta ahamiyatga ega bo‘ldi. L. Paster olib borgan 
tadqiqotlar tufayli hozirgi organizmlarning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi 
ta'limotga  o‘zil  kesil  zarba  berildi  (1860—64).  S.  N.  Vinogradskiy  xemosintez 
yo‘li  bilan  anorganik  moddalardan  organik  moddalarni  sintezlovchi  xemosintez 
bakteriyalarini (1887— 91), D. I. Ivanovskiy viruslarni (1892) kashf etdi. 
 
19-asrda  Ch.  Darvin  tomonidan  evolyusiya  nazariyasining  ishlab  chiqilishi 
biologiyaning  rivojlanishi  tarixida  ayniqsa  katta  ahamiyatga  ega.  Uning 
"Turlarning  paydo  bo‘lishi"  (1859)  asarida  evolyusiyaning  asosiy  mexanizmi—
tabiiy  tanlanish  ochib  beriladi.  Biologiyada  Darvin  g‘oyalarining  g‘alabasi  bilan 
evolyusion solishtirma anatomiya (K. Gegenbaur), evolyusion embriologiya (A. O. 
Kovalevskiy,  I.  I.  Mechnikov),  evolyusion  paleontologiya  (V.  O.  Kovalevskiy) 


 
 
kabi  yangi  yo‘nalishlarga  asos  solindi.  Hujayraning  bo‘linishi  (E.  Strasburger, 
1875;  V.  Flemming,  1882  va  boshqalar),  jinsiy  hujayralarning  yetilishi, 
urug‘lanishi  (O.  Gertvig,  1875;  G.  Fol  1877;  E.  Van  Beneden,  1884;  T.  Boveri, 
1887, 1888) hamda u bilan bog‘lik bo‘lgan  mitoz va  meyozda xromosomalarning 
taqsimlanishini  o‘rganish  sohasida  erishilgan  muvaffaqiyatlar  jinsiy  hujayralar 
yadrosida  irsiy  axborotning  saqlanishi  to‘g‘risida  ko‘plab  g‘oyalarning  paydo 
bo‘lishiga  olib  keldi.  Ana  shu  davrda  (1865)  G.  Mendel  tomonidan  irsiylanish 
qonuniyatlari ochilishi bilan genetika faniga asos solindi. 
 
20-asr yangi biologiya fanlarining rivojlanishi, biologiyada klassik tadqiqotlar 
miqyosining yanada kengayishi bilan ajralib turadi. Shu asrda genetika, sitologiya, 
fiziologiya,  biokimyo,  rivojlanish  biologiyasi,  evolyusion  ta'limot,  ekologiya, 
biosfera haqida ta'limot, shuningdek mikrobiologiya, virusologiya, gelmintologiya, 
parazitologiya  va  biologiyaning  boshqa  ko‘p  tarmoqlari  jadal  sur'atlar  bilan 
rivojlandi.  Mendel  ochgan  qonunlar  asosida  mutatsiya  va  irsiyatning  xromosoma 
nazariyalari  ishlab  chiqildi  (T.  Boveri,  1902;  U.  Setton,  1902).  Xromosoma 
nazariyasini  T.  Morgan  va  shogirdlari  V.  Iogansenning  sof  liniya  to‘g‘risidagi 
ta'limotiga (1903) asoslanib gen,  genotip,  fenotip tushunchalarini  ishlab chiqishdi. 
20-asrning  o‘rtalarigacha  genlarning  kimyoviy  tabiati  irsiy  molekulalar  shaklida 
ekanligi  nazariy  jihatdan  talqin  qilinib  kelindi  (N.  K.  Kolsov,  1927). 
Mikroorganizmlardagi  transduksiya  va  transformatsiya  hodisalarini  o‘rganish 
asosida  DNK  molekulasi  genetik  informatsiyani  tashuvchi  ekanligi  aniqlandi  (O. 
Eyveri,  1944).  DNK  qo‘sh  spirali  tuzilishining  o‘rganilishi  (J.  Uotson,  F.  Krik, 
1953)  genetik  kodning  kashf  etilishiga  olib  keldi.  Bu  kashfiyotlar  molekulyar 
genetikaga 
asos 
soldi. 
Oqsillarning 
aminokislotalardan 
iborat 
tarkibi 
o‘rganilganligi, ayrim oqsillar  (insulin)ning sintez qilinishi,  viruslar  va  faglarning 
nukleoproteidlardan  tuzilganligining  ko‘rsatib  berilishi  20-asr  o‘rtalarida  qilingan 
eng  muhim  kashfiyotlardandir.  Elektron  mikroskopning  kashf  etilishi  oddiy 
mikroskopda  ko‘rinmaydigan  strukturalarni  ko‘rishga,  hujayraning  eng  nozik 
tuzilishini tekshirishga, bakteriyalar va viruslarning tuzilishini batafsil o‘rganishga 
imkon  berdi.  Nishonli  atomlar  usuli  organizmda  sodir  bo‘ladigan  jarayonlarni 


 
 
o‘rganish  uchun  yo‘l  ochdi.  Gistologik  kimyo  differensial  sentrifugalash, 
rentgenostruktura  analizi  usullari  tirik  organizmlar  kimyoviy  tarkibi,  hujayra 
organoidlari va qismlarini mukammal tekshirish usullarini ko‘rsatib berdi. Ana shu 
kashfiyotlar  tufayli  20-asrning  2-yarmida  biologiyaning  eng  yosh  sohasi—
molekulyar  biologiya  dunyoga  keldi  va  tez  sur'atlar  bilan  rivojlana  boshladi. 
Molekulyar  biologiya  sohasidagi  tadqiqotlar  biologiya  fanining  barcha  sohalarida 
yangi  g‘oyalar  paydo  bo‘lishiga  olib  keldi;  hujayraning  tuzilishi  va  funksiyasi 
haqidagi  tushunchalarni  tubdan  o‘zgartirib  yubordi.  20-asrda  hayvonlar 
fiziologiyasi  sohasida  ham  katta  yutuqlarga  erishildi.  Rus  olimi  I.  M.  Sechenov 
(1829—1905)  nerv  sistemasini  o‘rganib,  bosh  miya  reflekslari  to‘g‘risidagi 
ta'limotga  asos  soldi.  I.  P.  Pavlov  shartli  va  shartsiz  reflekslar,  qon  aylanish  va 
ovqat  hazm  qilishning  nerv  regulyasiyasi  sohasida  bir  qancha  yirik  kashfiyotlar 
qildi.  Uning  shartli  reflekslar  va  oliy  nerv  faoliyati  to‘g‘risidagi  ta'limoti  Nobel 
mukofotiga  sazovor  bo‘ldi.  Bu  davrda  neyrofiziologiya  ham  tez  sur'atlar  bilan 
rivojlana  boshlaydi.  O‘simliklar  fiziologiyasida  fotosintez  jarayonlari,  avvalo 
xlorofillni  o‘rganishda  ancha  katta  yutuqqa  erishildi,  xlorofill  sintez  qilindi, 
o‘simliklarni  o‘stiradigan  ba'zi  gormonlar  (auksinlar,  gibberellinlar)  ajratib  olindi 
va  sun'iy  sintez  qilindi.  Evolyusion  nazariya  sohasida  ham  muhim  kashfiyotlar 
qilindi, xususan 20—30- yillarda madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlari 
aniklandi;  mutatsion  o‘zgaruvchanlik,  individlar  sonining  o‘zgarib  turishi  va 
izolyasiyani tanlanishning muayyan yo‘nalishda ta'sir etishidagi o‘rni ochib berildi 
(N.I.  Vavilov,  S.  S.  Chetverikov,  B.  S.  Xoldeyn,  R.  Fisher,  S.  Rayt,  E.  Mayr  va 
boshqalar).  Bu  esa  Darvinizmning  yanada  rivojlanishiga,  evolyusiya  omillari 
mikroevolyusiya  va  makroevolyusiya  to‘g‘risidagi  ta'limotlarni  o‘zida  jo  qilgan 
sintetik evolyusion ta'limotni  ishlab chiqishga  imkon berdi (I. I. Shmalgao‘zen va 
boshqalar).  V.  I.  Vernadskiyning  biogeokimyo  va  biosfera,  A.  Tenslining 
ekosistemalar  (1935)  to‘g‘risidagi  ta'limotlari  biologiyaning  katta  yutuqlaridan 
bo‘lib,  inson  bilan  tabiat  o‘rtasidagi  munosabatlarni  ishlab  chiqishda  muhim 
ahamiyatga  ega.  V.  Shelferd  (1912,  1939),  Ch.  Elton  (1934)  va  boshqalarning 
ishlari  tufayli  ekologiyaning  nazariy  asoslari  ishlab  chiqildi.  20-asr  o‘rtalaridan 


 
 
boshlab  ekologiya  erishgan  yutuqlar  va  tabiatni  muhofaza  qilish  muammolari 
deyarli  barcha  biologiya  fanlarini  ekologiyalashtirishga  olib  keldi.  Molekulyar 
biologiya sohasidagi ishlar (genetik kodning ochilishi, sun'iy genning sintezlanishi) 
gen  injeneriyasi  va  biotexnologiya  kabi  amaliy  fanlarning  rivojlanishi  uchun 
nazariy  asos  bo‘ldi.  Keyingi  yillarda  ayniqsa  populyasion  biologiya  tez  sur'atlar 
bilan rivojlanmoqda. Bu sohadagi tadqiqotlar son jihatdan tobora o‘sib borayotgan 
aholining  oziq-ovqat  mahsulotlariga  bo‘lgan  ehtiyojini  to‘laroq  qondirish,  qirilib 
ketayotgan  turlarni  muhofaza  qilish  va  tirik  organizmlarning  biologik  xilma 
xilligini saqlab qolish kabi muammolarni muvaffaqiyatli yechishga imkon beradi. 
 
O‘zbekistonda  20-asrning  1-yarmida  olib  borilgan  ilmiy  tadqiqot  ishlari 
asosan  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi  resurslarini  o‘rganish  va  ulardan  samarali 
foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq. Botanika sohasida 
yaylovlarning  fitomeliorativ  holatini  yaxshilash,  texnika  ekinlari  va  suv  o‘tlarini 
o‘stirish  usullari  ishlab  chiqildi;  o‘simliklarning  geoekologik  tasnifi, 
o‘simliklarning  ekstremal  sharoitga  moslanish  hususiyatlari  ochib  berildi; 
g‘o‘zaning  ekologik,  anatomomorfologik  va  genetik  xususiyatlarini  o‘rganish 
sohasida bir qancha ishlar amalga oshirildi (S. X. Yo‘ldoshev, A. I. Imomaliev, S. 
S  Sodiqov  va  boshqalar).  Mikrobiologik  yo‘l  bilan  oqova  suvlarni  tozalash, 
ma'danlarni ajratib olish, qishloq  xo‘jaligi  chiqindilaridan  yem-xashak tayyorlash, 
fiziologik faol moddalarni ajratib olish, o‘simliklarning vilt va virus kasalliklariga 
qarshi  kurash  asoslari  yaratildi  (M.  I.  Mavloniy,  A.  F.  Xolmurodov,  S.  A. 
Asqarova  va  boshqalar). 
20-asrning  ikkinchi  yarmida  ayniqsa  so‘nggi  yillarda 
biologiyaning biokimyo, genetika, molekulyar biologiya, biotexnologiya, biofizika 
va  ekologiya  sohalarida  bir  qancha  muhim  ishlar  amalga  oshirildi.  Tireoid 
gormonlarning  ta'siri  mexanizmi  aniqlandi  (Yo.  X.  To‘raqulov,  T.  S.  Soatov). 
Biologik  membranalarning  tuzilishi,  hayvonlar  toksikologiyasi  va  biokimyosi, 
ionlantiruvchi  nurlar,  defoliantlarning  ta'sir  mexanizmi  va  ionlarni  membrana 
orqali  transport  muammolarini  yechishda  ham  bir  qator  muvaffaqiyatlar  qo‘lga 
kiritildi  (A.  P.  Ibragimov,  J.  H.  Hamidov,  A.  Q.  Qosimov).  G‘o‘zada  genetik 
belgilarning  irsiylanish  mexanizmi  ishlab  chiqildi  (J.  A.  Musaev,  O.  J.  Jalilov
,  A. 


 
 
A.  Abdullaev,  N.  N.  Nazirov,  A.  A.  Abdukarimov).  Gen  va  hujayra 
injeneriyasining  rivojlanishi  insulin,  interferon  va  o‘stiruvchi  gormonlarni  olish 
imkonini  berdi  (B.  O.  Toshmuhamedov,  A.  A.  Abdukarimov,  M.  M.  Rahimov  va 
boshqalar).  Biologiyaga  oid  tadqiqotlar  O‘zbekiston  Fanlar  akademiyasining 
Botanika,  Zoologiya,  Mikrobiologiya,  Genetika,  Fiziologiya  va  biofizika, 
Biokimyo institutlarida, shuningdek oliy o‘quv yurtlarida olib borilmoqda. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə