Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   169
biologiya

                                                                                                                 Jami: 56 soat 
Talabalarning  mustaqil  talimini  tashkil  etish  tizimli  tarzda,  ya’ni  uzluksiz  va  uzviy  ravishda 
amalga  oshiriladi.  Talaba  olgan  nazariy  bilimini  mustahkamlash,  shu  bilan  birga  navbatdagi  yangi 
mavzuni puxta o‘zlashtirishi uchun mustaqil ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
KIRISH 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7fevraldagi  “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi 
Farmonning  ijtimoiy  yo‘nalishida  amalga  oshiriladigan  muhim  tadbirlari  qatorida 
oliy  ta'lim  muassasalari  uchun  pedagoglarning  yangi  avlodni  shakllantirish, 
ma'naviy  ahloqiy  jihatdan  yetuk,  mustaqil  dunyoqarashga  ega,  ijodiy  fikrlovchi, 
boy  milliy  meros,  shuningdek,  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlarga  sadoqatli 
barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifalari ham belgilab o‘tilgan. 
Biologiyaning  bilimlari  ko‘pincha  tasviriy  ahamiyatga  ega.  Biologiyaning 
qishloq  xo‘jalik  sohasida  yangi  sermahsul  hayvon  zotlarini,  serhosil,  turli  xil 
kasalliklarga  chidamli  istiqbolli  o‘simlik  navlarini  yetishtirishdagi  ahamiyati 
beqiyosdir.  Aziz  talaba,  Sizning  e'tiboringizga  havola  yetilayotgan  bu  o‘quv 
qo‘llanma  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi,  Qishloq,  o‘rmon  va  baliq  xo‘jaligi, 
Agronomiya,  Agrokimyo  va  agrotuproqshunoslik,  O‘simliklarni  himoya  qilish, 
Qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  saqlash  va  dastlabki  ishlash  texnologiyasi  ta'lim 
yo‘nalishlari
 
uchun  tuzilgan  namunaviy  dastur  asosida  yozilgan  bo‘lib,  o‘quv 
qo‘llanmada  Biologiya  faning  vazifasi,  o‘rganadigan  sohalari  va  uslublari, 
evolyusion  ta'limot,  yerda  hayotning  paydo  bo‘lishi  va  rivojlanishi,  hujayra 
biologiyasi,  modda  va  energiya  almashinuvi,  organizmlarning  ko‘payishi  va 
individual  rivojlanishi,  sitologik  va  biokimyoviy  asoslari,  Irsiyatning  sitologik  va 
molekulyar  asoslari,  gametogenez  va  urug‘lanish,  irsiyat  qonunlari,  allelmas 
genlarning  o‘zaro  ta'siri,  uzoq  shakllarni  duragaylash,  xromosoma  nazariyasi, 
belgilarning  birikkan  holda  naslga  o‘tishi,  o‘zgaruvchanlik  qonuniyatlari, 
poliplodiya  va  gaploidiya,  geterozis  va  sitoplazmatik  irsiyat,  populyasiya 
genetikasi  kabi  ma'lumotlarni  o‘z ichiga  olgan. Talabalarning o‘zlarini qiziqtirgan 
muammolari  bo‘yicha  ko‘proq  ma'lumotlarga  ega  bo‘lishlarini  osonlashtirish 
maqsadida har bir ma'ro‘zaning oxirida mazkur mavzuga oid asosiy va qo‘shimcha 
adabiyotlar  ham  berilgan.  Bundan  tashqari  har  bir  ma'ruzadan  keyin  shu 
ma'ruzadagi  mavzuni  talabalar  qay  darajada  o‘zlashtirganliklarini  sinab  ko‘rish 


 
 
uchun  muhokama  savollari  ham  keltirilgan.  Mazkur  o‘quv  qo‘llanmadan 
foydalangan  har  bir  yigit-qizga  olgan  bilimlari  mustaqil  respublikamiz  oldidagi 
biologiya  fani  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  muammolarni  yechishda  yordam  berishiga 
ishonchimiz komil. 
Mazkur  o‘quv  qo‘llanmaning  mazmuni  to‘g‘risida  bildirilgan  fikr  va 
mulohazalar  kelajakda  uni  yanada  takomillashtirishga  yordam  beradi  deb 
o‘ylaymiz.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə