Namangan viloyati xalq ta'limi boshqarmasi



Yüklə 105,12 Kb.
tarix30.01.2023
ölçüsü105,12 Kb.
#99737
kimyo fanidan sof modda va aralashma


Aim.Uz

O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Namangan viloyati xalq ta'limi boshqarmasi


Namangan tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi
25-sonli maktab
kimyo fani o`qituvchisi
Kuralova Muyassarning
bir soatlik






Mirishkor qishlog’i

Ushbu dars ishlanmayuqori sinflarda kimyo darslari uchun tayyorlangan bo`lib yangi pedagogik texnologiya asosida dars o`tishga yo`naltirilgan.


Tuzuvchi: 25-sonli umum ta’lim maktab kimyo fani o`qituvchisi M.Kuralova
Taqrizchi: Maktab ma’naviy –marifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari, kimyo fani o`qituvchisi SH.Qayumova

Namangan tuman 25-maktab tabiiy fanlar uslubiy birlashmasining


20___yil “____”_________ kuni bo`lib o`tgan
yig`ilishining _________sonli qarori bilan tasdiqlandi.
Fan nomi: Kimyo
9-mavzu: Sof modda va aralashmalar.
Darsning maqsadlari:
Darsning ta’limiy maqsadi:Toza moddalar va aralashmalar to`g`risida tushuncha berilish moddalar to`g`risidagi tushunchalarini rivojlantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarga vatanparvarlik, ekologik,ahloqiy tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi masadi: O`quvchilarga aralashmalarni tozalash bo`yicha ko`nikma va malakalarini hosil qilish.
Komunikativ maqsad:Olgan bilim va ko`nikmalarni amalda qo`llash.
DTS talablari: Sof modda va aralashmalarni farqlay olsh.
Dars uslubi:Interfaol musobaqa darsi:
Dars jihozi: Darsning etiketkasi yozilga bir necha moddalar namunasi.Guruhga berilgan topshiriqlar savolnomasi, yog`och qirindisi, magnit…
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism (3 daqiqa)

Salomlashish ,davomatni aniqlash.

  1. o`tilgan dars va bugungi dars yuzasidan musobaqa (20 daqiqa)

  2. Tajriba o`tkazish orqali mavzuni mustahkamlash ( 10 daqiqa)

  3. Etiketkalardagi yozuvlar tahlili (5 daqiqa )

  4. Mustahkamlash va baholash ( 6 daqiqa )

  5. Uyga topshiriq berish (2 daqiqa)

  6. DARSNING BORISHI

Tashkiliy qism: a) salomlashish;
b) navbatchi va davomatni
aniqlash;
d) she’riy daqiqalar.
Salomlashib bo`lingach o`quvchilar davomatini va sinf tozaligini tekshirish .Bugun o`rganiladigan mavzu o`tilgan dars oxirida uyga vazifa tariqasida topshiriq berilgan.Yangi mavzu sinf taxtasiga yoziladi. Toza va modda aralashmalar. Bugungi darsning maqsadi o`quvchilarga tushuntiriladi va o`quvchilar guruhlarga ajratiladi. Masalan o`quvchilar soniga qarab 4 guruhga.
1-topshiriq.
Darslikdagi 11-rasm bandlarida tushuntirish .
Masalan beshta guruh bittadan tushuntiriladi , so`ngra har bir guruh oldiga savollar yozilgan kartochkalar tarqatiladi.
Masalan:
Modda nima?
Modda nimalardan tashkil topgan?
Kimyoviy birikma nima?
Tabiatda uchraydigan moddalar necha xil bo`ladi?
O`quvchilar tezkor hujum sifatida faol qatnashishlarini o`qituvchi talab qiladi.
O`quvchining har bir javobi rag`bat kartochkasi orqali baholab boriladi.Darsning mohiyatini tushuntirishda distirlangan suv toza modda ekanligini o`quvchilarga tushuntiriladi. Darsda muammoli savol sifatida yog`och qirindisi, temir qirindisi aralashtirib yuboriladi, bularni ajratish usulini o`quvchilar o`ylab topadi, kim savolga to`g`ri javob topsa o`sha tajribani bajarish sharti bilan rag`banlantiradi. Toza modda va aralashmalarni farqlay olgan o`quvchi darslikdan foydalanmasdan bir ikki xil moddalar ta’rifini yozadilar.
Demak moddalarni ishlab chiqarishda ularga etiketka yopishtiriladi va bir nechta moddalar idishidagi yozuvlar tahlil qilinadi.
T-texnik
A.U.T.-analiz uchun toza
M.T.-mahsus toza
Buni tushuntirib bo`lgandan keyin o`qituvchi o`quvchilarga-demak tabiatda toza moddalar deyarli uchramasligini chanqaganda ariqdan suv ichib yubormaslikni, u suv tarkibida erigan tuzlar bilan birgalikda kasallik qo`zg`atuvchi mikroblar borligini tushuntiriladi.Kimyo fanini o`rganish uchun tutgan lug`at daftarlarigaquyidagi so`zlar ma’nosini yozib qo`yadilar.

  1. Gamogen – bir jinsli

  2. 2) Geterogin – ikki jinsli

  3. O`rtaga savol tashlanadi: Tuz suvda erib ketdi – bu bir jinslimi yoki ikki jinslimi?

Loyqa suv qanday aralashma hisoblanadi?
Dars oxirida aralashmalarni bir-biridan usullarini yana birma – bir sanab o`tiladi.Dars oxirida rag`bat kartochkalar soniga qarab o`quvchilar ballari e’lon qilinadi.
Uyga vazifa:
Aralashmalar tayyorlab kelish va ularni bir- biridan ajratish yechimini topish.
Yüklə 105,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə