Name of presentation



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə3/5
tarix08.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#109093
1   2   3   4   5
Lecture 5

innovatsiya deb aytiladi. Tashkiliy boshqaruv guruhi esa yangi tizim uslublarini
tashkil etish yoki uni boshqarish bilan bog‘liqdir.
Innovatsiyaning tasnifiy belgilarini aniqlash va guruhlashtirish xalq xo‘jaligining barcha tarmoq va korxonalari uchun iqtisodiy siyosatni belgilash va investitsiyalarni jalb etish uchun muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Bozor munosabatlari shakllanayotgan bir paytda jalb etilayotgan investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi asosiy o‘rin egallaydi. Respublikamizning agrar ixtisoslanganligini inobatga olgan holda, joriy etilayotgan mablag‘lar birinchi navbatda ustivor yo‘nalishlarga ishlatilishi zarurdir.
1 - rasm. Innovatsiyalarning tasnifiy belgilar
3. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorgarligini
tashkil qilish.
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlashning maqsadi yangi mahsulot turiga zaruriy hujjatlar majmuini tayyorlashdan iborat. Bu hujjatlar majmui grafik ko‘rinishdagi tekstli hujjatlar to‘plamidan tashkil topib, yangi mahsulot turini tarkibi va tuzilishini aniqlovchi, uni tayorlash, nazorat qilish, ishlatish, ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Korxonaning konstruktorlik ishlari bir necha bosqichda bajariladi.
Birinchi bosqich - texnik topshiriq (TT) ni ishlab chiqishni yoki buyurtmachi tashkilot yoki bajaruvchi tashkilot amalga oshiradi.
Topshiriqda ishning maqsadi ayni turdagi mahsulotning asosiy texnik - ekspluatatsion tavsiflarining ruxsat etilgan qiymatlari oralig‘i belgilanadi. Barcha holatlarda texnik topshiriq barcha tomonlar o‘rtasida (buyurtmachi, ishlab-chiqaruvchi, tayyorlovchi) kelishiladi. 
Ikkinchi bosqich - texnik taklifni (TTF) ishlab chiqish. Bu bosqichda TTni tahlil qilish asosida ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan qo‘yilgan masala yyechimi eng qulay varianti aniqlanadi va yangi mahsulot turi maqsadiga aniqlik kiritiladi.
Texnik hujjatlarni ishlab chiqishni davom ettirish maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab beradi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə