Name of presentation



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə1/3
tarix20.04.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#85733
  1   2   3
ILMIY ISH TURLARI 2


ILMIY

ISH TURLARI

Reja:


Ilmiy ishlarning turlari: ilmiy-tadqiqiy,

ilmiy-ommabop va ilmiy-uslubiy ishlar



1

O’quv-uslubiy adabiyotlar

va ularning turlari:

bosma va elektron o’quv adabiyotlati.



2

O’quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish tamoyillari va ularga qo’yiladigan talablar.



3

1. Ilmiy ishlar 3 turga bo’linadi(o’rganalidigan obyektiga qarab): ilmiy-tadqiqiy, ilmiy-ommabop, va ilmiy-uslubiy turlarga bo’linadi. Ular hajm jihatdan farq qiladi, lekin ularni birlashtirib turadigan jihati shundaki, ular ilmiy uslubda yoziladi

Maqola eng kichik ilmiy asardir, biroq u ham hajmi jihatidan yirik, 20, 30, 40 bet, ba’zida undan ko‘p sahifadan iborat bo‘lishi ham mumkin. Mazmun jihatidan esa zamonaviy tilshunoslikning ko‘plab yirik muammolari aynan maqolalarda ifodalanadi. Maqolalar ikki xil bo‘ladi: ilmiy maqolalar va ilmiy-ommabop maqolalar.Ilmiy maqolalar maxsus to‘plamlarda yoki jurnallarda chop etiladi, ularda olib

borilayotgan tadqiqot ishlari natijalari bayon etiladi, kashfiyotlar ilm ahliga ma’lum qilinadi. 

Ilmiy maqolalar muayyan fan sohasiga taalluqli bo‘lib, ularda sohaviy atamalar, terminlar, formulalar, raqamlar, ilmiy adabiyotlarga havolalar ko‘p ishlatiladi.

Ilmiy maqolalar ham o‘z ichida ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik maqolalar turlariga bo‘linadi. Har bir ilmiy maqolada muayyan muammo o‘rtaga tashlangan bo‘lishi va uni bartaraf qilish yo‘llari, qaysi ilmiy manbalardan foydalanilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Ilmiy-ommabop maqolalar esa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy masalalarda yoziladi va

ommabop jurnallar, gazetalarda chop etiladi. Ularning bosh maqola, ocherk, xabar, fel’eton, reklama kabi turlari bor. Ilmiy ommabop maqolalarning eng xarakterli xususiyati– ommaga ta’sir qilish, xalqni o‘ziga jalb qilishdir, shu bois ular ilmiy-ommabop uslubda yoziladi.

Annotasiya (sharh) - ilmiy maqola yoki ilmiy asar matnining maksimal darajadagi qisqartirilgan (5-6 ta gapdan iborat) bayonidir. Odatda, bu umumlashtirish, konseptual emas, sanab o‘tish xarakteriga ega. Barcha axborot janrlari ichida annotasiya eng ob’ektividir. Annotasiyada odatda, ish qanday mavzuga bag‘ishlanganligi tadqiqotning qanday uslublaridan foydalanganligi, buning uchun qanday til materiallari jalb etilganligiva tadqiqotning adresati kim ekanligi ko‘rsatiladi. Ayrim hollarda annotatsiya bir necha tilda bayon etilishi ham mumkin.

Tezis - ilmiy maqola yoki konferensiyalar uchun taqdim qilinadigan ilmiy ma’ruzaning qisqa asosiy mazmuni aks ettirilgan ilmiy ish turi bo‘lib, uning hajmi annotatsiyadan kattaroq, biroq ilmiy maqoladan kichik bo‘ladi (taxminan 1 betdan 3-4 betgacha). Tezislar, odatda, nashr va konferensiya talablariga asosida bir necha tillarda beriladi. Uni ilmiy asarga beriladigan tanqidiy baho, tanqidiy talqin aks etgan taqriz bilan chalkashtirmaslik kerak.

Taqriz – tadqiqot ishi, darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalarga beriladigan taqidiy baho bo‘lib, unda mazkur ishning dolzarbligi va zarurati, ishning mazmuni me’yoriy hujjatlar talablariga mosligi, muallif erishgan yutuqlar, qo‘llangan yangi metodlar va texnologiyalar, ishning rasmiylashtirilishi va savodxonlik darajasi tahlil qilinadi, Bunda, albatta, taqrizchi shu soha mutaxassisi bo‘lishi va sub’ektivlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Referat – mavjud matn yoki bir qancha matnlarni izohlovchi shakllaridan biri sanaladi. Shu boisdan, konspektdan farqli o‘laroq, referat yangi, muallif matn sanaladi. Ushbu holatda yangilik yangicha taqdim etish, materiallarni tartiblashtirish, har xil nuqtai nazarlarni o‘zaro solishtirishda alohida mualliflik yondashuvi tushuniladi.



Shunday qilib, referatlashtirish o‘zida bir yoki bir qancha manbalarni turlashtirish, umumlashtirish, tahlil va sintez qilishga asoslanib ma’lum bir savolni ifoda etishni mujassam etadi. Demak, referat – har xil nuqtai nazarlarni o‘zaro solishtirish va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishni talab etadigan bir yoki bir qancha manbalarni o‘zida mujassam etadigan g‘oyalarning qisqacha yozma ko‘rinishdagi taqdimotidir.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə