Name of presentation



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə3/3
tarix20.04.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#85733
1   2   3
ILMIY ISH TURLARI 2

Monografiya hajmi bo‘yicha eng yirik hisoblanadigan ilmiy-tadqiqiy asar bo‘lib, bir muallif yoki tadqiqotchilar guruhi tomonidan biron-bir muammoni fundamental tarzda tadqiq etilishi jarayonining natijasidir. U alohida kitob tarzida nashr etiladi. Monografik turdagi tadqiqotlar qatoriga o‘rganilayotgan muammo xarakteri va batafsilligi bo‘yicha fan nomzodi yoki doktori ilmiy darajasiga talabgorlikka yozilgan dissertasiyani ham kiritish mumkin.

  • Dissertatsiya muayyan fan yo‘nalishida olib borilgan tugallangan tadqiqot ishi hisoblanadi. Dissertatsiyalar tadqiqot ko‘lami va bajarilgan ish natijasi ko‘lamiga ko‘ra muayyan fan sohasi doktori ilmiy darajasini beruvchi DfS, falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PHD, ilmiy darajasini beruvchi magistrlik dissertatsiyalari turlariga bo‘linadi.
  • Monografiyalardan farqli o‘laroq na nomzodlik, na doktorlik dissertasiyasi maxsus kitob sifatida nashr etilmaydi, u faqatgina qo‘lyozma, ya’ni kompyuterda terilgan variantdagina taqdim etiladi. Ammo har bir dissertasiya asosida uning muallifi alohida matnni yaratadi. Uning hajmi kichik broshyuraga teng bo‘ladi. Bu matn dissertasiyaning avtoreferati deb nomlanib, ma’lum sxema bo‘yicha dissertasiya mazmunining qisqa bayonidir. Dissertasiyaning to‘liq matni bilan dissertasiya himoyasi bo‘layotgan muassasaning
  • kutubxonasi, milliy kutubxona va ba’zi bir boshqa kutubxonalarda tanishish mumkin.

Avtoreferatlar dissertasiyaning himoyasidan oldin mazkur muammo bo‘yicha adabiyotlar mavjud bo‘lgan barcha kutubxonalarga hamda o‘xshash yoki yaqin muammolar bilan shug‘ullanadigan muassasalarning kutubxonalariga yuboriladi. Bundan tashqari dissertasiya tadqiqoti mazmunining eng ahamiyatli aspektlari odatda, mazkur muallifning joriy nashrlari(maqola, ma’ruza)da o‘z aksini topadi. Ilmiy-uslubiy ishlar ta’lim jarayonining o‘quv-uslubiy ta’minotini tashkil etuvchi o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy va uslubiy-metodik adabiyotlardan iborat bo‘lib, ular ilmiy- nazariy va ilmiy-uslubiy izlanishlarning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga kelgan janr o‘quv- uslubiy janrdir.

Ularga mansub matnlar ilmiy-nazariy tadqiqotlardan olingan natijalar ilmiy- uslubiy tadqiqotlar asosidagi o‘qish jarayoniga kiritilishi uchun mo‘ljallangandir. O‘quv- uslubiy adabiyotlari bosma – nashr qilingan va elektron adabiyotlar turlariga bo‘linadi. O‘quv-uslubiy adabiyotlarning eng keng qo‘llanadigan turlari darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-metodik adabiyotlar, lug‘atlar, mashq to‘plamlari, xrestomatiyalardir.




E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Foydalanilgan adabiyotlar:

1 Rozengrad-Pupko G.A. «Rech i razvitiye vospitaniya v rannem vozraste» M 1963 y.

2. Fomicheva T.B» Vospitaniye u detey pravilnogo proiznosheniya» Moskva 1987 yil.

3. P.M. Po‘latova “Oligofrenopedagogika” Toshkent 2005 yil.

4. V.S. Raxmanova “Maxsus pedagogika” Toshkent 2004 yil.

5. Vigotskiy.L.S. «Problema u otstalosti» Moskva 1956 yil.


Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə