Name of presentation



Yüklə 1,87 Mb.
tarix29.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#86249
Dinning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni
diskrit3, Ikki o\'lchovli integralning fizikaga tadbiqi, kurs ishiiii(1)

Dinning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni


Har qanday jamoa ham jamiyat bo‘lavermaydi.

Lekin istalgan jamiyat jamoa hisoblanadi.

Inson jamiyat a’zosi ekan, shu ijtimoiy shart-sharoit muhitida yashaydi.

Inson (arabcha — unutmoq) — olamdagi boshqa biologik mavjudotlardan ajralib turadigan muhim xususiyatlarga, ya’ni aql, ma’naviyat, madaniyat, axloq, tafakkur, til va boshqa jihatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy mavjudotdir.


Darhaqiqat, faqat insongagina ato etilgan bunyodkorlik, yaratuvchanlik fazilatlari uni jamiyat gultojiga aylantiradi.

Uning fikricha, butun mavjudot, borliq inson uchun, uning baxt-u saodati uchun xizmat qilishi lozim. Bobokalonimizning ushbu fikrlari hozirda ham dolzarb sanaladi.

Insonning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy fazilatlari bu -uning axloq-odobi, ta’lim-tarbiyasi, yurtiga nisbatan muhabbati, uning tinchligi va ravnaqi yo‘lidagi shaxsiy javobgarligi hisoblanadi.

Inson nasliga xos bo‘lgan xususiyat — uning ongliligi, tafakkur qila olishi, axloqiy normalarni aqlan va jismonan bajara olishidir.

Boshqa tirik mavjudotlardan hech biri insondek o‘z faoliyatini tartibga sola olmaydi.

Jamiyat odamlarning o‘zaro munosabatlari, aloqalari, amalga oshiriladigan guruhlar majmuyi va jamoasi hamdir.

Jamiyatdagi munosabatlar qanchalik boy, xilma-xil bo‘lsa, uning ma’naviy-madaniy sifatlari ham shunchalik mustahkam bo‘ladi.

Insonlarning bu jamiyatda yashashdan maqsadi - farovon turmush kechirishdan iborat.

Vatanimizdan yetishib chiqqan qomusiy allomalar Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy singari ulug‘ mutafakkirlar jamiyatning paydo bo‘lishi, mohiyati va istiqbollari to‘g‘risida ilg‘or ilmiy qarashlarni ilgari surganlar.

Alisher Navoiy ijodida dunyodagi eng katta boylik hazrati inson deyilgan.

Savol va topshiriqlar:

1. Ilk paleolit davrida odamlar to‘da-to‘da bo‘lib g‘orlarda yashaganlar, tabiatdagi tayyor narsalarni - daraxtlarning mevalarini, o‘simlik ildizlarini kavlab yeb, tirikchilik qilganlar. So‘nggi paleolit oxirida yuz bergan tub o‘zgarish ibtidoiy to‘da o‘rniga ibtidoiy jamoa-urug‘chilik tuzumining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.

Qon-qarindoshlik ona urug‘i doirasida rasmiylashdi, u tarixda matriarxat deb nom oldi. Bir urug‘dan tarqalgan odamlar jamoasi katta bir g‘orda yoki bir necha kulbadan iborat joyda birgalikda yashab, mehnat qilishib, kichik bir mulkka egalik qilishgan. E’tibor bering. Bu odamlarni nima birlashtirgan?

Bunday birgalikda yashashni fuqarolik jamiyati, deb atash mumkinmi? Fikringizni asoslang.

2. Nima uchun fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi?


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə