Name of presentation



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə2/3
tarix31.01.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#99818
1   2   3
portal.guldu.uz-Sharq va g’arb falsafasida inson antropologiyasi

Inson har safar mutafakkirlar diqqat markazidan o‘rin olar ekan, uning mohiyatini yangi tarixiy sharoitda va yangicha nuqtai nazardan anglab yetishga harakat qilib, uni qayta va qayta yangidan kashf etganlar. Pirovardida, falsafa fanida insondan murakkabroq va ziddiyatliroq predmet yo‘q, desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi.

Falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda ko‘p ta'riflar va tavsiflar berildi, u ko‘p sonli sinonimlar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir ob'ektida bunday holga duch kelish mushkul.

Falsafa tarixida inson:


«aqlli mavjudot»;
«siyosiy hayvon»;
«tabiat gultoji»;
«hayotning boshi berk ko‘chasi»;
«hayotning soxta qadami»;
«mehnat qurollari yasovchi hayvon»;
«o‘zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot»;
«ma'naviy va erkin mavjudot» va hokazolar sifatida talqin qilingan.

Sharq falsafasida inson.


Qadimgi Sharq, xususan Xitoy falsafiy tizimlari asosan sotsiotsentrik konsepsiyalardan iborat bo‘lib, ularda inson, odatda, jamiyat, sotsium bilan uzviy bog‘liq deb qaraladi.
Qadimgi hind falsafasiga dunyoning ichki dunyosini birinchi o‘ringa qo‘yish, ya'ni antropotsentrizm xosdir. Masalan, buddizmda nirvanaga erishish inson barcha niyatlarining pirovard maqsadi deb e'lon qilinadi.

Umuman olganda, barcha zamonlarda insonda umumiy asosni izlash bilan band bo‘lgan Sharq tafakkuriga hozir ham insonni va uning tashqi dunyo bilan aloqasini tushunishga nisbatan G‘arb falsafasidagidan o‘zgacha yondashuv xosdir.


XX asr boshida hind mutafakkiri S.Vivekananda shunday deb yozgan edi: «Inson tabiatni o‘ziga bo‘ysundirish uchun tug‘iladi va bu o‘rinlidir, ammo G‘arb «tabiat» deganda faqat moddiy, tashqi dunyoni tushunadi

G‘arb falsafasida inson.


Sharq tafakkurida insonga nisbatan yuqorida qayd etilgan yondashuvlar bilan bir qatorda tabiat, kosmos muammolari ham qadimdan muayyan o‘rin egallab keladi. Bunda insonga ulkan dunyodagi bir zarra sifatida qaraladi.
Ammo dunyoga nisbatan kosmotsentrik yondashuv antik falsafa rivojlanishining ilk bosqichlariga ko‘proq xosdir. Dunyoning mazkur talqiniga muvofiq birinchi o‘ringa Suqrot davridayoq falsafaning diqqat markazidan o‘rin olgan inson haqida mulohaza yuritish uchun ham tegishli zamin hozirlovchi dunyo va kosmos muammolari chiqadi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə