Name of presentation



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə1/2
tarix08.03.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#102121
  1   2
5-MAVZU chala

  • Boshlang‘ich ta`lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya
  • 5-mavzu:Dars-boshlang‘ich ta’limning asosiy shakli sifatida
  • Reja:
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • Ta’lim tizimida jumladan, boshlang’ich ta’limda amal qilib kelinayotgan dars tizimi mashg’ulotlarning asosiy xususiyatlarini o’ziga qamrab olgan majmua hisoblanadi.6
  • Dars mashg’ulotiga quyidagi xususiyatlar xos, dars:
  • - o’z oldiga qo’ygan aniq maqsadi va tugal mazmundan iborat jarayon;
  • - o’qituvchi rahbarligida ta’lim oluvchilar guruhi bilan olib boriladi;
  • - o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli va markaziy qismidir;
  • - ta’lim oluvchilarni bilim, ko’nikma va malaka bilan qurollantiradi;
  • - uning sinf va amaliy tajriba shakllari mavjud;
  • samaraga erishishda o’qituvchi va o’quvchilarning teng faolligiga tayaniladi.
  • Dars mashg’ulotiga xos bo’lgan bu xususiyatlar asrlar davomida ta’lim tajribasida shakllanib kelgan va amaliy sinovlardan o’tgan.
  • Sharq va G’arb pedagogikasi tarixida dars mashg’ulotining o’ziga xos tarixi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Misol uchun, Sharq pedagogik merosida dars tizimining kelib chiqishi ota va farzandlarning o’zaro munosabatlari shakliga bog’lanadi. Unga ko’ra, farzandlar turmush va hayotga oid bilmaganlarini otadan so’rab o’rganishgan. Oiladagi bu jarayon keyinchalik ta’lim tizimida Ustoz va shogirdlarning munosabatlariga o’tgan. Buning natijasida Ustoz ta’lim beruvchi asosiy shaxsga va shogird esa ta’lim oluvchi individga aylangan. Shu tariqa dars jarayonining shakli, muddati va tizimlari tarkib topgan.
  • Shuningdek,Sharq pedagogik manbalarida dars atamasiningquyidagi ma’nosi ta’kidlanadi:
  • D – davomat, ya’ni ta’lim oluvchila rning ishtiroki;
  • A – aziyat, ya’ni ta’limni amalga oshirish jarayonida chekiladigan zahmatlar;
  • R – riyozat, ya’ni dars jarayonini hisob-kitob qilib borish;
  • S – sa’y, ya’ni ta’lim oluvchilarni rejali harakatlantirish.
  • Boshlang’ich ta’limni tashkil etishning shakl va usullari ko’p. Ayni paytda, asrlar davomida o’qitishning sinf-dars usuli qulayligi, maqbulligi va qiziqarligi bilan asosiy shakl bo’lib kelmoqda.
  • Boshlang’ich ta’lim didaktikasida dars asosiy shakl sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:
  • a) dars o’qitishning majmui (ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash) vazifasini bajaradi;
  • b) dars quyidagi qat’iy didaktik tizimga ega:
  • - darsning boshlanishi va topshirig’ining aniq qo’yilishi;
  • - uyga topshiriq orqali o’quvchilarning bilim va ko’nikmasini kuchaytirish;
  • - yangi o’quv materiallarini tushuntirish;
  • -takrorlash orqali o’zlashtirgan bilimlarni mustahkamlash;
  • - o’quvchilarning dars davomida o’zlashtirggan bilimlarini nazorat qilish va baholash;
  • - har bir darsning yakunlash xususiyatga egaligi;
  • - albatta uy vazifasining berilishi.
  • v) darsning mazmuni har bir o’quv faniga qo’yiladigan davlat ta’lim standartlari, o’quv rejasi va dasturlariga mos bo’ladi;
  • g) har bir dars mashg’ulotlar tizimining uzviy qismi hisoblanadi;
  • d) har bir darsda o’qituvchining ixtiyoriy metodlar va vositalar tanlash imkoni mavjud.
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə