Nasimxon rahmonov


O'rtaosiyoxalqlarinieronahamoniylarigaqarshiozodlikkurashlari



Yüklə 40,54 Kb.
səhifə3/4
tarix24.06.2022
ölçüsü40,54 Kb.
#90037
1   2   3   4
Ahamoniylar davri madaniyat va sanati

O'rtaosiyoxalqlarinieronahamoniylarigaqarshiozodlikkurashlari
Tarixiymanbalarningma’lumotberishicha,O’rtaOsiyoxalqlariahmoniylarbosqinigaqarshiqattiqkurasholibborganlar.Xususan, massaget qabilalari malika To’maris (Tomiris) boshchiligida forslarning turli hiyla-nayranglar ishlatishiga qaramasdan ularning katta qo’shinini tor-mor etadilar. Malika To’maris va massagetlarning harbiy mahorati tufayli bu jangda ahmoniylar hukmdori Kir II ham halok bo’ladi. Gerodot xabar berishicha, Bu jang varvarlar (massagetlar) ishtirok etgan janglar orasida eng dahshatlisi edi... Kamon o’qlari tugagach, qo’l jangi boshlanib nayza va qilich bilan kurashdilar. Qo’shinlar jangi uzoq vaqt davom etdi.Nihoyat massagetlar g’alaba qozondilar.Kir II qo’shinlarining massagetlar tomonidan tor-mor etilishi mil.avv. 530 yilga to’gri keladi. Tarixchi Poliyen forslarga qarshi kurashgan Shiroq qahramonligi haqidagi afsona to’g’risida xabar beradi.Uning xabariga ko’ra, sak qabilalarining vakili bo’lgan Shiroq ismli cho’pon hiyla yo’li bilan forslarning katta qo’shinlarini suvsiz sahro ichkarisiga adashtirib qo’yadi. Shiroq ham, fors qo’shinlari ham ochlik va tashnalikdan halok bo’ladilar.
Mil. avv.522-yilda ahmoniylar taxtiga Doro I o’tiradi. U taxtga o’tirishi bilanoq Parfiya, Marg’iyona va saklar o’lkasida forslarga qarshi qo’zg’olonlar ko’tariladi. Behistun yozuvlariga qaraganda, 522-yilning oxirida Marg’iyonada ko’tarilgan qo’zg’olonga Frada ismli kishi boshchilik qiladi.Doro I Baqtriya satrapi Dadarshish boshchiligidagi qo’shinlarni qo’zg’olonchilarga qarshi jo’natadi. Qo’zg’olon shavqatsizlarcha bostirilib 55 ming marg’iyonalik halok bo’ladi. Frada ham qo’lga olinib qatl ettiriladi.
Saklar o’lkasidagi forslarga qarshi kurashga Skunha boshchilik qiladi.519-518-yillarda bo’lib o’tgan bu kurashda saklar forslar tomonidan mag’lubiyatga uchraydi.Saklarning ko’pchiligi o’ldirilib, ko’pchiligi asir olinadi.Ularning yo’lboshchisi Skunha asir olinib, o’rniga boshqa yo’lboshchi tayinlanadi.

Xulosa
Ahamoniylar davlati 200 yil hukm surdi va Markaziy Osiyo xalqlari tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu davrda yirik ijtimoiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, yagona pul tizimi, soliq tizimi, ma’muriy bo‘linish tizimi, yagona umumdavlat yozuvi – oromiy yozuvi paydo bo‘ladi. Shuningdek, davlat pochtasi tashkil topadi.
Qadimgi karvon yullari qayta tiklanib, yangilari ko‘riladi. Amaldagi turli xalqlarning qonunlari bilan birga yagona yangi davlat qonunlari ishlab chiqiladi.Ahamoniylar davrida xalqaro savdoga qulay imkoniyatlar yaratiladi. Tasviriy san`at.Tasviriy san`at qadimgi Eron madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Elam, Midiya va Ahamoniy eroniylari davrida haykaltaroshlik, rassomlik, toshga qabartma rasmlar ishlash va naqqoshlik ham ancha taraqqiy etgan edi. Haykaltaroshlar tosh, oltin va kumushdan xudolar, ma`budalar, shohlar, sarkardalar, ruhoniylar va ba`zan hayvonlarning haykallarini ishlaganlar.
Me`morchilik ham Eronda erta shakllanib ahamoniylar davrida rivoj topdi. Me`mor ustalar, shoh saroylari, maktablar, ibo-datxonalar, harbiy qal`alar qurib, ularning ichi va sirtini xilma-xil naqshlar bilan bezaganlar. Bu jihatdan Elamning Dur-Untash shahrida qurilgan 4 qavatli bino – zikkurat, Midiyadagi Xarxar qal`asi, Pasargadda qurilgan Kayxusrav II maqbarasi, Persepoldagi shoh Doro I saroyi, Persepoldagi Kserks saroyi qadimgi Eron me`morchiligining ajoyib namunalaridir.
Bu jihatdan Persepoldagi qabartma suratlar diqqatga sazovordir.Saroy darvozasiga shoh saroyini qo`riqlovchi qanotli, muqaddas buqalarning haykallari ishlangan.Saroy devorlari shohga turli xil sovg`alar olib kelayotgan xiroj to`lovchi qabilalarning qabartma suratlari bilan bezatilgan.
Shunday qilib, Ahamoniylar davrida ko‘pchilik Markaziy Osiyo xalqlarining jahon sivilizatsiyasining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi o‘rni juda katta bo‘lgan. Ajdodlarimiz shu davrlardanoq chet el bosqinchilariga qarshi mardona kurash olib borishgan. Shu bilan birgalikda o‘zlarining madaniy xususiyatlariini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi.


Yüklə 40,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə