Navoiy buyukdir Navoiy daho



Yüklə 22,6 Kb.
səhifə1/8
tarix05.05.2023
ölçüsü22,6 Kb.
#108695
  1   2   3   4   5   6   7   8
Alisher Navoiyning 580 yilligiga bag


Alisher Navoiyning 580 yilligiga bag’ishlab “Navoiy buyukdir Navoiy daho” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha ssenarisi: Sahna Alisher Navoiy rasmlari, bukletlar, asarlari , slayd vidyoroliklar, Navoiy g’oyalari, Navoiy ibrati, Navoiy asarlari, she’rlarida parchalar yozilgan shiorlar bilan bezatilgan. Dastlab sahnaga kuy sadosi ostida ikki boshlovchi, so’ng esa o’quvchilar chiqib keladi.
1- boshlovchi: O’zbegim so’zin avval assalomdan boshlanur Bosh egib do’stlarga marom ehtiromdan boshlanur, Gar kelsa do’stu birodar xush keldingizdan boshlanur O’zbegim so’zin avval assalomdan boshlanur ,
2-boshlovchi: Assalom,davramizning quvnoq o’g’il-qizlari. She’riyat osmoning eng chaqnoq yulduzlari! Qabul aylang do’stlarim, bu bizning shirin kalom. Qo’limiz ko’ksimizda,deymiz sizga assalom
1- boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar,aziz o’quvchilar,davramiz qatnashchilari!Mana bugun biz sizlar bilan buyuk bobokalonimiz,she’riyat osmonining porloq quyoshi,xalq homiysi,davlat arbobi va buyuk shoir Mir Alisher Navoiyning 600 yilligini nishonlamoqdamiz.
2- boshlovchi:”Davron elining jismida jon bo’lg’on” mo’tabar ustozlar, assalomu alaykum! Nazm va navo shukuhi ufirib turgan davramizga, xush kelibsiz! Bugungi kunda xalqimiz o’tmish merosimizga katta hurmat bilan munosabatda bo’lmoqda.Navoiy tavalludining 600 yilligi Respublikamizning barcha hududlarida turli tadbir va tantanalar orqali keng nishonlanmoqda.
1- O’quvchi: Bugungi kunda Alisher Navoiy merosiga bo’lgan munosabat yana ham kuchaydi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov”Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch ”asarlarida”Biz Navoiyni avliyo desak ,avliyolarning avliyosi,mutafakkir desak,mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir,”-deya e’tirof etganlar.
2- O’quvchi: Assalom,Navoiy, mo’tabar ustoz!
Xalqim e’zozlagan buyuk ajdodim.
Assalom,bobojon ,buyuk alloma,
Yo’lim yoritguvchi buyuk ajdodim!
3-O’quvchi: Nurli o’tmishimiz nurafshonisiz,
Buyuk bir millatning buyuk shonisiz.
Bobojon, dillarda so’nmas mehringiz,
Ajdodlar g’ururi, qalb, vijdonisiz.

Yüklə 22,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə