Navoiy davlat konchilik instituti noyob va radioaktiv metallarni rudalarni qazib olish



Yüklə 194,87 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.05.2022
ölçüsü194,87 Kb.
#87781
Fizika dan referat 1



NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
Noyob va radioaktiv metallarni rudalarni qazib olish
va qayta ishlash texnikasi va texnalogiyasi yo’nalishi
Oliy Fizika fanidan
MUSTAQIL ISH 
Guruh: 51sa-21NRM 
Bajardi: Adilov Farhod
Qabul qildi : ______________ 
O’quv yili -2022 


Fazaviy o’tish
Reja:
1. Kirish . 
2. Asosiy qism . 
2.1 Fazaviy o’tish . 
2.2 Birinchi va Ikkinchi tur fazoviy o’tishlar
2.3 Malyar issiqligi. 
3. Xulosa . 
Fazaviy oʻtish
- keng maʼnoda — tashqi sharoit (tra, bosim, elektr va 
magnit maydonlari va boshqalar)lar oʻzgarishi natijasida moddaning bir 
fazadan boshqa fazaga oʻtishi; tor maʼnoda — tashqi parametrlar 
uzluksiz oʻzgarganda modda fizik xususiyatlarining sakrab oʻzgarishi. 
Mac, gazning sugoklikka, suyuqlikning qattiq jismga aylanishi, 
metallning ferromagnit holatidan paramagnit holatiga oʻtishi va boshqa 
Kristall qattiq moddalarning bir agregat holatdan ikkinchi agregat 
holatiga oʻtishi fazaviy o’tishning xususiy holidir. Umuman Fazaviy 
oʻtishda tizimni izoxlovchi parametrlar sakrab oʻzgaradi. Misol uchun 
gazsimon holatdan suyuqlikka va suyuqlikdan qattiq holatga oʻtishda 
zichlik qiymati keskin oʻzgaradi. Fazaviy o’tish sodir boʻladigan tra, 


bosim yoki boshqa . fizik kattaliklarning qiymatini faza oʻtishi nuqtasi 
deyiladi. I tur va II tur fazaviy o’tish mavjud. 
Moddaning bir fazadan ikkinchp fazaga utishi issikdik yutilishi yoki 
ajralib chiqishi bilan sodir boʻlsa, bunday oʻtishlar birinchi tur fazaviy
o’tish deb ataladi. Erish va qotish, bugʻlanish va kondensatlanish, 
moddalarning polimorf almashinishlari, magnit maydonida sof oʻta 
oʻtkazgichning normal holatiga oʻtishi I turdagi Fazaviy oʻtishlarga 
misolDir. Agar fazaviy o’tishda issiqlik miqdori yutilmasa yoki ajralib 
chiqmasa, bunday oʻtishlar II tur fazaviy o’tish deb ataladi. Ikkinchi tur 
ga quyidagi misolni keltirish mumkin: geliy gazsimon, qattiq va ikki xil 
suyuq fazada boʻladi. Agar gazsimon holatdagi geliyni bosimi bir atm 
bosimiga teng boʻlgan sharoitda sovitib, temperatura 4,2 K ga 
yetkazilsa, u gazsimon holatdan suyuq holatga oʻtadi. temperatura yana 
pasaya borib, 2,17 K ga teng boʻlganida esa geliy birinchi suyuq 
holatdan ikkinchi suyuq holatga oʻtadi, bunda hech qanday issiqlik 
yutilmaydi ham, ajralmaydi ham. Lekin oʻtish trasidan yuqori tralarda 
yopishqoqlik taxminan 210~5 Pz boʻlgan boʻlsa, oʻtish trasidan past 
tralarda u nolga teng boʻladi. Yaʼni, 2,17 K dan past tralarda geliy ugla 
okuvchanlik xususiyatiga ega boʻlib qoladi. Bundan tashqari, temir, 
nikel kabi elementlar va turli qotishmalarning har bir moddasi uchun 
aniq Kyuri nuqtasi deb ataluvchi trada ferromagnit holatdan paramagnit 
holatga oʻtadi, mutlaq nolga yaqin tralarda esa elektr qarshiliklari sakrab 
kamayadi va boshqa.
Biz suyuq gazsimon holatlarning qattiq holatga 
o‘tishi, ya'ni kristallanish va aksincha o‘tish, erish va qaynashni ko‘rdik. 
Avval VlI bobda suyuqlikning bug‘ga o‘tishini - bug‘lanishni va 
aksincha o‘tish – kondensatsiyani ko‘rdik. Bu barcha fazoviy o‘tishlarda 
jism yoki tegishli o‘tishning yashirin issiqligi (erish issiqligi
bug‘lanish issiqligi va h.k) sifatida energiya ajratadi yoki energiya 
yutadi. Energiyaning yoki energiya bilan bog‘liq bo’lgan boshqa 
kattaliklar, masalan, zichlikning sakrashsimon o‘zgarishi bilan 
bo‘ladigan fazaviy o‘tishlar birinchi tur fazaviy o‘tishlar deb ataladi. 
Birinchi tur fazaviy o‘tishlar uchun modda xossalarining sakrash 
simon , ya’ni juda qisqa temperaturalar intervalida o‘zgarishi 
xarakterlidir. Binobarin, aniq o‘tish temperaturasi yoki o‘tish nuqtasi
haqida , masalan, qaynash nuqtasi, erish nuqtasi va hokazo haqida 
gapirish mumkin. Fazaviy o‘tishlar temperaturalari tashqi parametr – p 
bosimga bog‘liq, berilgan temperaturada o‘tish sodir bo‘ladi. Fazaviy 


muvozanat chizig‘i bizga ma'lum bulgan Klapeyron - Klauzius 
tenglamasi bilan ifodalanadi: 
Bu yerda, L - o‘tish molyar issiqligi V
1
va V
2
har ikkala fazaning 
molyar hajmlari.Birinchi tur fazaviy o‘tishlarda yangi faza birato‘la 
butun hajmda paydo bo‘lmaydi.Dastlab yangi fazaning markazlari hosil 
bo‘lib so‘ngra ular o‘sib butun hajmga tarqaladi. Markazlarning hosil 
bo‘lish protsessi bilan suyuqlikning kondensatsiyasida duch kelgan edik. 
Kondensatsiya uchun chang zarralari, ionlar va hokazo ko‘rinishida 
kondensatsiya markazlari bo‘lishi zarur. Xuddi shuningdeksuyuqlikning 
qotishi uchun kristallanish markazlari bo‘lishi zarur. Bunday markazlar 
bo‘lmaganida bug‘ va suyuqlik o‘ta sovigan holatda bo‘lishi mumkin. 
Masalan, 10°C temperaturada ham, agar suv toza bo‘lsa, uzoq muddat 
muzlamasligini kuzatish mumkin. Biroq shunday fazaviy o‘tishlar ham 
bo‘ladiki, ularda aylanish butun hajmda kristall panjaraning uzluksiz 
o‘zgarishi, ya'ni panjarada zarralarning o‘zaro qayta joylashishi 
natijasida darhol ro‘y beradi. Bu ma’lum temperaturada panjara 
simmetriyasining o‘zgarishi, masalan, past simmetriyali panjaraning 
yuqori simmetriyali panjaraga aylanishiga olib kelishi mumkin. Bu 
temperaturada fazaviy o‘tish ikkinchi tur fazaviy o‘tish deb ataladi. 
Ikkinchi tur fazaviy o‘tish sodir bo‘ladigan bu temperatura Kyuri nuqtasi 
deb ataladi. Bu birinchi marta ferromagnetiklarda ikkinchi tur fazaviy 
o‘tishlarini kashf qilgan olim Per Kyuri sharafiga shunday deb atalgan. 
Holat bunday uzluksiz o‘zgarganida o‘tish nuqtasida ikki turli fazaning 
muvozanati bo‘lmaydi, chunki o‘tish butun hajmda birdaniga sodir 
bo‘ladi. Shuning uchun o‘tish nuqtasida U ichki energiyaning sakrashi 
ham ro‘y bermaydi. Demak, bunday o‘tishda o‘tish yashirin
issiqligining ajralishi ham , ro‘y bermaydi. Biroq o‘tish nuqtasidan 
yuqori va past temperaturada modda turli kristall modifikatsiyali 
bo‘lgani uchun ularning issiqlik sig‘imi turlicha bo‘ladi. Demak, fazaviy 
o‘tish nuqtasida issiqlik sig‘imi, ya’ni ichki energiyadan vaqt bo‘yicha 
olingan hosilasi sakrashsimon o‘zgaradi. Garchi o‘tish nuqtasida 
hajmning o‘zi o‘zgarmasa-da, hajmiy kengayish koeffitsienti sakrash 
bilan o‘zgaradi. Shunday ikkinchi tur fazaviy o‘tishlar ham borki, ularda 
holatning uzluksiz o‘zgarishi kristall strukturasining 
o‘zgarishini bildimaydai , biroq bu o‘tishlarda holat birdaniga butun 
hajmida o‘zgaradi. Bunday tur o‘tishlarning eng mashhuri moddalarning 
ferromagnit holatdan ferromagnit bo‘lmagan holatga o‘tishidir, bunday 
o‘tish Kyuri nuqtasi deb atalgan temperaturada sodir bo‘ladi; ba’zi 


metallarning normal holatda o‘ta o‘tkazuvchan elektr qarshiligi 
yo‘qoladi. Ikkala holda ham o‘tish uzluksiz va birdaniga butun hajmda 
o‘zgaradi. Suyuq geliyning Ne I holatdan Ne II holatga o‘tishi ham 
ikkinchi tur o‘tishga misol boladi. Bu barcha hollarda o‘tish nuqtasida 
issiqlik sig’imining sakrashi kuzatiladi. Shu munosabat bilan ikkinchi 
tur fazaviy o‘tish temperaturasi ikkinchi nomga ega boiib, unga Kyuri 
nuqta deb ataladi. Fazaviy o‘tishlarning qanday bo’lishini endi 
batafsilroq ko‘raylik. Fazaviy aylanishlarda asosiy rolni fizikaviy 
kattaliklarning fluktuatsiyalari o‘ynaydi. Biz fluktuatsiyalar bilan 
suyuqliklardagi muallaq qattiq zarralarning Broun harakati to‘g‘risida 
gapirganimizda duch kelgan edik.

Yüklə 194,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə