Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Tejamli qulay diametirni hisoblashga oid chizma



Yüklə 1 Mb.
səhifə4/16
tarix21.10.2023
ölçüsü1 Mb.
#130443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Oqil akaga

Tejamli qulay diametirni hisoblashga oid chizma.
Ba'zi hollarda taqribiy hisoblash uchun sodda formulardan ham foydalanish mumkin. Trubadagi bosimning katta-kichikligiga qarab turli materiallardan qilingan tru­balar ishlatish mumkin. Masalan,bosim 1 MN/m2 gacha bo`lganda vodoprovod trubalari uchun cho`yan trubalar, katta bosimlar uchun esa po`lat trubalardan foydalaniladi. Bundan shuni hisobga olish kerakki, GOST da cho`yan truba uchun ich­ki diametr, po`lat truba uchun esa tashqi diametr qabul qilingan.
Sifon truba
Bir qismi suyuqlik bilan ta'minlovchi idishdan yuqorida joylashgan sodda truba sifon truba deb ataladi (9.16-rasm). Sifonni sodalashtirib ikki (ta'minlovchi va qabul qiluvchi) idishlarni tutashtiruvchi U ko`rinishdagi truba sifatida tasvirlash mumkin. Bu holda uning egilgan qismi idishlardagi suyuqli sathlaridan H balan­lik­da bo`lib, undagi suyuqlik idishdagi suyuqliklar sathlarining farqi H hisobiga oqib turadi. Shuni aytish keraki, suyuqlik sifonda avval birinchi idish sathidan H ba­land­lik­ka ko`tarilib, so`ngra ikkinchi idishga tushadi. Bunday trubaning o`ziga xos xususiyati shundaki, unda bosim ko`tariluvchi qismida ham, pastga tushuvchi qismida ham atmosfera bosimidan pastdir. Sifon trubalardan asosan neft mahsulotlarini sisternalardan qo`yib olish, suv sig`imlarini bo`shatish, do`nglik yerlarda vodoprovod o`tkazish va hokazolardan foydalaniladi. Suv ta'minotida ba'zan maxsus sifonlar ishlatiladi. Sifon ishlay boshlashi uchun avval uni suyuqlik bilan to`­ldi­rish kerak. Sifon sifatida kichik o`lchamli shlanglar ishlatilsa, uni to`ldirish oson bo`lib, bu suyuqlikka botirish yoki pastki uchidan havoni so`rib olish yo`li bilan amal­ga oshiriladi. Agar sifon mahkamlangan metall trubadan iborat bo`lsa, uning yuqori nuqtasida havoni so`rib olish uchun maxsus jo`mrak o`rnatiladi.

Sifon truba.
Havoni nasoslar yoki ejektorlar yordamida so`rib olish mumkin. Sifonlarni hisoblash boshqa trubalarni hisoblashdan farq qilmaydi. Masalan,sifonning ikkita kesmi uchun Bernuli tenglamasini yoziladi.Bu kesmalar 0-0 va 2-2 bo`lsa, u holda

bo`ladi. p0 = p2 = p atm , va v1 = v2 = 0 deb hisoblasak, bu tenglama quyidagicha yoziladi:

yoki z1 - z2 = H ekanligini nazarga olib, h0-2 qarshilikni hisoblash uchun esa ishqalanish va mahalliy qarshiliklar formulasidan foydalanib, oxirgi tenglamani ushbu ko`rinishga keltiramiz:

Shunday qilib, sifonlarda sarf oddiy trubalardagidek qarshilik va sathlar farqi orqa­li aniqlanadi. Uning ko`tarilishi balandligi H0 esa sarfga ta'sir qilmaydi. Lekin bu qonun H0 ning ma'lum chegarasigacha bo`ladi. H0 ning ortib borishi bilan sifonning yuqoridagi 1-1 kesimida absolyut bosim p1 kamayib boradi. Bu bosim to`yingan bug` bosimiga tenglashishi bilan kavitasiya boshlanadi. Bu avval sarf­ning kamayishiga so`ngra, bug`larning to`planishiga (bug` tiqini hosil bo`lishiga) va suyuqlik oqimining to`xtashiga olib keladi. Shuning uchun sifonlarni hisoblashda va qurishda uning yuqori nuqtasidagi bosim p1 juda kamayib ketmasligini nazarda tutish kerak. Agar sifonning sarfi, uning o`lchamlari ma'lum bo`lsa, absolyut bosim p1 ni hisoblash mumkin. Buning uchun 0-0 va 1-1 kesimlar uchun Bernulli tenglamasini yozamiz:

Agar tezliklar kichikligi uchun ularni nolga tenglasak:

bo`ladi. Bosimning mumkin bo`lgan minimum qiymati ma'lum bo`lsa, p1 ni unga tenglashtirib oxirgi tenglamadan H1 ni oshirish uchun yana bir usulni qo`llash mumkin. Buning uchun sifonning pastga ketgan uchida mahalliy qarshiliklar (eshikcha va h.) yordamida umumiy qarshilikni oshirish kerak. Bu holda albatta sarf kamayadi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə