Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi


  Eshitishda  kamchiligi  bo'lgan  bolalar  nutqining  lug'at  va



Yüklə 406 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/22
tarix05.02.2022
ölçüsü406 Kb.
#83474
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
rivojlanishida kamchiligi bolgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning oziga xos xususiyatlari

1.2.2.  Eshitishda  kamchiligi  bo'lgan  bolalar  nutqining  lug'at  va 

grammatik tizimini buzilishi. 

Eshitishning  erta  pasayishi  va  kuchli  ifodalanishida,  bolalarda  lug'at 

rivojlanishi  normadan  shu  darajada  orqada  qoladiki,  ularning  ko'pchiligi 

maktabga  faqat  bir  nechtagina  chuqurlovchi  so'z  bilan  keladilar.  Biroq, 

eshitishning  yengil  pasayishida  ham  zaif  eshituvchilarda  nutqning  lug'at 

tomoni odatda buzilgan bo'ladi. Lug'at boyligining rivojlanmaganligi asosida 




 

26 


jaranglashi 

bo'yicha 

yaqin 

so'zlarni 



eshitib-farqlab 

idrok 


qilish 

imkoniyatining  yo'qligi  va  so'zning  urg'usiz  kismlarini  noaniq  idrok  qilish 

yotadi.  Buning  natijasida  zaif  eshituvchi  bola  ko'pincha  so'zning  urg'uli 

qisminigina  ozmi-ko'pmi  aniq  eshitib  idrok  qilish  qobiliyatiga  ega.  Bu 

nutqning lug'at tomonini shakllanishi uchun to'laqonli asos bo'lib xizmat qila 

oladigan, eshituv obrazlarining  "kesikligiga", noaniqligiga va  yetarli  turg'un 

emasligiga olib keladi. 

R.M.  Boskis,  A.G.  Zikeyeva,  K.G.  Korovina  va  boshqalar  tadqiqotiga 

muvofiq, 

zaif 


eshituvchilar 

uchun 


lug'at 

boyligining 

nihoyatda 

chegaralanganligi  xarakterlidir.  R.M.  Boskis  bo'yicha,  kundalik  predmet  va 

harakatlarni  nomlashda  27,7  %  zaif  eshituvchi  o'quvchilargina  80%  to'g'ri 

javobni  beradilar.  Zaif  eshituvchilar  predmet  belgilari  nomini  ham 

qiyinchilik  bilan  o'zlashtiradilar.  Chalg'ituvchi  ahamiyatga  ega  va  kasbiy 

so'zlarni  o'zlashtirish  zaif  eshituvchi  bolalar  uchun  alohida  qiyinchilik 

tug'diradi.  Ko'pincha  bu  so'zlar  bir  undosh  tovushdan  tuziladi,  shu  sababli 

bolalar tomonidan tushirib qoldiriladi. 

Zaif eshituvchida, mavjud lug'at boyligining chegaralanganliti so'zlarni 

noaniq  qo'llashga,  olib  keladi.  Xususan,  zaif  eshituvchi  bola  nutqidagi  stol 

so'zi uning lug'atida yagona "stol" so'zi bo'lsa ham, ham stul, ham kursi, ham 

o'rindik, ham o'tirishni belgilashi mumkin. 

Ko'rsatib  o'tilgan  so'zlarni  noaniq  qo'llash  ko'pincha  bir  so'zni 

boshqalari  bilan  almashtirishda  ifodalanadi.  Xususan,  R.M.  Boskis  quyida, 

zaif  eshituvchilar  uchun  birmuncha  xarakterli  bo'lgan  so'zlarni  ma'no 

jihatdan almashtirish guruhlarini ko'rsatib o'tadi: 

1.Butun  predmet  o'miga  xarakterli  belgini  qo'llash.  ("buva"  o'rniga 

"soqol"). 

2.Ma'lum  predmet  bilan  vaziyatli  bog'lanuvchi  boshqa  predmetni 

nomlash ("mo'yqalam" o'rniga "bo'yoq"). 

3.Predmet  o'rniga  umumiy  vaziyatni  nomlash  ("termometr"  o'rniga 

"og'riyapti", "dorixona", "kasalman"). 




 

27 


4.Vazifasi bo'yicha o'xshash predmetni nomlash ("ilgak" o'rniga  "qulf" 

yoki "kalit"). 

5.Ma'lum  predmetga  tashqi  ko'rinishi  bo'yicha  o'xshash  predmetni 

nomlash ("qo'lbola supurgi" o'rniga "mo'yqalam"). 

6.Ma'lum  predmet  bilan  bog'liq  harakatni  nomlash  ("stul"  o'rniga 

"o'tirish"). 

7.Predmetni  belgilash  uchun  iboralarni  qo'llash  ("ilgak"  o'rniga  "eshik 

yopildi").  Keltirilgan  barcha  holatlar  uchun  so'zning  semantik  birligiga 

asoslangan, 

so'zning 

lug'aviy 

ahamiyatini 

butunlay 

almashtirish 

xarakterlidir. 

Shu  bilan  bir  qatorda  K.G.  Korovin,  bunday  bolalarda  so'zning  o'zak 

qismi  saqlangani  holda  affikslarni  aralashtirishni  kuzatadi.  Bu  nafaqat 

semantik, balki so'zlarning fonetik o'xshashligi bilan tushuntiriladi. Masalan: 

1. 

Old qo'shimchalarni almashtirish (Nodir yer topdi (chopdi). 



2. 

Tushirib  qoldirilgan  old  ko'makchilar  (Muzeyda  baho  (bebaho) 

asarni ko'rdik). 

3. 


Ortiqcha ko'makchilar. 

Shubhasiz, bir so'zni  boshqasi  bilan  majburiy almashtirishning bunday 

turlari,  eng  avvalo,  zaif  eshituvchi  bolada  u  yoki  bu  vaziyatda  unga  kerakli 

bo'lgan  birmuncha  to'g'ri  so'zning  yo'qligi  bilan  tushuntiriladi,  ya'ni 

lug'atning kambag'alligi, shuningdek, so'zning grammatik ahamiyatini yetarli 

tushunmaslikdandir.  Zaif  eshituvchi  bolalar  uchun  so'zning  tovush  bo'g'in 

tuzilishini 

qo'pol 


buzish 

xarakterlidir. 

Bu 

eshituv 


idrokihing 

differensiatsiyalashmaganligi  bilan  izohlanadi.  Bu  buzilishlar  kichik  sinf 

o'quvchilari  uchun  xarakterli  va  eng  avvalo  so'zning  urg'usiz  qismlariga 

tegishlidir.  Bu  qismda  ayrim  tovushlar  tushib  qoladi  (ayniqsa,  ketma-ket 

keluvchi  undoshlar),  ortiqcha  tovushlar  qo'shiladi  yoki  ular  aralashadi. 

Ayniqsa, so'z oxiri tez-tez tushib qoladi, ko'pincha bu deyarli so'zning urg'uli 

qismigina  qoladi  ("maktab"  o'rniga  "tab").  Zaif  eshituvchilar  lug'atining 

xususiyatlari  shunga  guvohlik  beradiki,  lug'at  ularning  bog'langan  nutqi 




 

28 


uchun  to'laqonli  "qurilish  materiali"  bo'lib  xizmat  qila  olmaydi  va  oldindan 

ibora tuzilishining kamchiligini belgilaydi. 

Zaif 

eshituvchilarda 



nutq 

rivojlanmaganligining 

muhim 

ko'rinishlaridan  biri,  agrammatizmlarda  ifodalanuvchi  nutqning  grammatik 



qurilishini  shakllanmaganligi  hisoblanadi.  So'zning  to'g'ri  grammatik 

shaklini o'zlashtirishga eshituv idrokining noaniqligi to'sqinlik qiladi. Bunda 

so'z  tugallanmalari  zaif  eshituvchilar  tomonidan  noaniq  idrok  qiiinadi.  Bu 

esa  so'z  orasidagi  aloqani  ifodalovchi  asosiy  vositalardan  biridir  va  bunday 

aloqalarni  ifodalovchi  ko'pgina  qo'shimcha,  ko'makchilarni  eshitib  idrok 

qilish  imkoniyatining  yo'qligi  ham  asosiy  to'siqlardan  biri  hisoblanadi. 

Ko'pgina  zaif  eshituvchilar  uzoq  vaqtgacha  iborali  nutqni  egallay 

olmaydilar, ular nutqi o'zaro bog'lanmagan so'zlardan tashkil topadi. 

Zaif  eshituvchilarda  ko'pincha  so'zlarning  noto'g'ri  moslashuvi, 

kelishik qo'shimchalarni  noto'g'ri  qo'llash, ko'makchilarni tushirib  qoldirish, 

ortiqcha ko'makchilarni qo'llash va boshqa xatolar kuzatiladi. Har xil turdagi 

agramatizmlar, hatto yuqori sinf o'quvchilari qiyinchilik bilan o'zlashtiruvchi 

murakkab gaplarni qo'llaganda yanada ko'proq kuzatiladi. 

Zaif  eshituvchilarning  yozma  nutqi  ko'p  hollarda  og'zaki  nutq 

kamchiliklarini  aks  ettiradi.  Uning  buzilishini  shartli  ravishda  ikkita  asosiy 

guruhga bo'lamiz: 

1)

 

qo'pol agrammatizm, ko'makchilarni  noto'g'ri  moslash va  qo'llashda, 



gapning  birinchi  va  ikkinchi  darajali  bo'laklarini  tushirib  qoldirishda 

ifodalanadi va hokazo; 

2)

 

zaif  eshituvchilarda  mavjud  bo'lgan  qo'pol  fonetik-fonematik 



rivojlanmaganligi  bilan  bog'liq  disgrafiya  shakllarining  borligi  (akustik  va 

artikulator-akustik disgrafiya). 

Disgrafiyaning  bu  shakllari  1-P  sinf  o'quvchilarida,  ayniqsa  yaqqol 

namoyon  bo'ladi.  Bu  shakllarda:  tovushlarni  eshitish  yoki  eshituv-talaffuz 

differensiatsiyasining  buzilishi  yozuvda  "surat"dek  aks  etadi.  Ko'pgina 

bolalarda  tovushlarni  eshituv-talaffuz  differensiatsiyasining 

buzilishi 



 

29 


saqlanganida  ham  yozuvda  mos  keluvchi  harflarni  almashtirish  bo'lmaydi. 

Bu  konpensator  usullar  tufayli  ko'pincha  so'zlarning  ko'ruv  obrazlarini 

beixtiyor  eslab  kolish  tufayli  sodir  bo'ladi.  Demak,  agar  bola 

J

  va  sh  



tovushlarini  eshitib  farqlay  olmasa,  "soat"  so'zini  ko'p  marotaba  o'qigan  va 

yozgan  boisa  ,  u  holda  "shoat"  yozuvi  optik  jihatdan  odatdagidek  idrok 

qilinmaydi, bu esa uni xatolardan saqlaydi. Biroq kompensatsiyaning bunday 

yuli  bolaga  optik  obrazi  yaxshi  tanish  bo'lgan  so'zlardagina  mumkindir.  

Birinchi  uchragan  yoki  kam  tanish  so'zni  yozishda  zaif  eshituvchi,  tabiiyki, 

xatolardan  butunlay  holi  bo'lmaydi.  Bunday  turdagi  kompensatsiya 

eshitilishi bo'yicha farqlanmaydigan tovushning optik  jihatdan o'xshash harf 

bilan belgilanishida ham murakkablashadi. 

Ко'rib  chiqilgan  disgrafiyalardan  tashqari,  fonematik  analiz  va  sintez 

buzilishida  ham  disgrafiya  kuzatiladi.  Bunday  disgrafiya  uchun  so'zlarda 

harflarni  tashlab  ketish  va  o'rnini  almashtirish,  ortiqcha  harf  qo'shish  va 

boshqalar hisobiga so'zning tovush-bo'g'in tuzilishining buzish xarakterlidir. 

Zaif  eshituvchilar  uchun  bir  nechta  disgrafiya  ko'rinishlarining 

uyg'unlashuvi xosdir. 

Zaif  eshituvchilarda  disleksiya  muammosi  hozirgi  vaqtga  qadar 

o'rganilmay kelinmokda. Ular orasida  fonetik-fonematik  rivojlanmaganlikka 

asoslangan fonematik disleksiya birmuncha keng tarqalgan. 

Zaif  eshituvchi  bolalarni  logopedik  tekshirish  nutq  buzilishining 

alomatlari  va  kechishini  har  tomonlama  va  to'liq  aniqlashga  yo'naltirilgan 

bo'lishi  lozim.  Bu,  korreksion  ta'sirning  differensiatsiyalashgan  va 

etiopatogenetik 

asoslangan 

usullarini 

qo'llash 

imkonini 

beruvchi 

differensiyalashgan  diagnoz  qo'yishni  maqsad  qilib  qo'yadi.  Zaif  eshituvchi 

bolalarni  tekshirish  jarayonida  ko'pincha  sensor  alaliyani  zaif  eshitishdan 

farqlab olish ehtiyoji tug'iladi. 

Zaif  eshituvchilarning  impressiv  nutqini  tekshirish  singari,  ekspressiv 

nutqini har tomonlama tekshirish muhimdir. Agar nutq  rivojlanmaganligidan 

tashqari eshitish funksiyasi holati bilan bevosita bog'liq bo'lmagan, nutqning 




 

30 


qandaydir  boshqa  buzilishlari  mavjud  bo'lsa  (masalan,  duduqlanish, 

rinolaliya  va  boshqalar),  u  holda  tekshirish  nomlangan  kamchiliklar 

alomatlarining ketishi bilan to'ldiriladi. 

Barcha  bunday  hollarda  zaif  eshituvchilarni  logopedik  tekshirish 

normal  eshituvchi  bolalarni  tekshirishdan  tubdan  farq  qilmaydi.  Asosiy 

o'ziga  xoslik,  bola  eshitish  funksiyasining  nuqsonliligini  hisobga  olish 

muhimligi bilan o'tkazish xarakteriga bog'liq. Xususan, tekshirish davomida, 

bolaning o'ziga taklif qilingan nutqiy materialni qanchalik eshitayotganligiga 

doimo  e'tiborni  qaratib  turishga  to'g'ri  keladi.  Aks  holda  ayrim  vazifalar 

ularga tushunarsiz bo'lib qolishi mumkin, bu noto'g'ri tashxisga olib keladi. 

Yaxshi  eshitishni  ta'minlash  uchun  quyidagilardan  foydalaniladi:  ovoz 

balandligini  kuchaytirish;  gapiruvchi  bilan  bolaning  quloq  suprasi  orasidagi 

masofani qisqartirish; tovush kuchaytiruvchi asboblar (ko'pincha,  individual 

foydalanish uchun eshitish apparati). 

Eshitishning  kuchli  pasayishida  vositalar  kombinatsiyalangan  bo'lishi 

mumkin  (masalan,  bir  vaqtning  o'zida  ovozni  balandlatib,  bola  qulog'igacha 

bo'lgan masofani qisqartirish). 

Yaqqol ifodalangan nutq rivojlanganligiga ega zaif eshituvchilar uchun 

tovushlarning  eshituv  differensiatsiyasi  buzilishini  tekshirish  birmuncha 

muhimdir. 

Bolalarda  tovushlarni  eshitish  differensiatsiyasi 

holatini 

baholashda  yo'l  qo'yiladigan  xatolarni  oldini  olish  maqsadida,  tekshirish 

jarayonida ko'ruv idrokining imkonini chegaralash maqsadida logoped yuzini 

ekran  bilan  to'sishi  kerak.  Bu  shartga  rioya  qilinmasa,  bola  artikulatsion 

xususiyati  bo'yicha  tovushni  farqlashi  mumkin.  Bu  logoped  tomonidan 

nomlangan  "sim"  —  "shim"  kabi  sjo'zlarni  xatosiz  takrorlashga  yordam 

beradi.  Tabiiyki,  bundam  noto'g'ri  tushuncha  hosil  bo'ladi,  bu  esa  xato 

xulosaga olib keladi. 

Og'zaki diktantlarni o'tkazishda ham ko'ruv idrokini chegaralash lozim, 

biroq  bunda  ham  zaif  eshituvchilar  yozuv  jarayonida  o'zlarida  mavjud  so'z 

obrazlariga tayanishlari mumkin. 




 

31 


Bolaning  eshitish  funksiyasi  holati  bilan  bevosita  bog'liq  bo'lmagan 

nutq  buzilishlarini  zaif  eshituvchilarda  bartaraf  etish,  logopediyada  qabul 

qilingan  odatdagi  usullar  yordamida  olib  boriladi.  O'ziga  xos  xususiyat, 

mavjud  eshitish  kamchiligini  hisobga  olish  va  individual  yondoshuvni 

ta'minlashdan kelib chiqadi. 

Lug'atni boyitish  va  mustahkamlash va nutqning  grammatik qurilishini 

shakllantirish  bo'yicha  ish  tizimi  A.G.  Zikeyeva,  K.G.  Korovina  va  boshqa 

muallifiar  ishlarida  yoritilgan.  Zaif  eshituvchi  bolani  yangi  so'z  bilan 

tanishtirishda,  uni  to'liq  idrok  qilishni  ta'minlash  lozim.  Bunga  so'zni 

yetarlicha  baland  va  aniq  talaffuz  qilish  hisobiga  erishiladi.  Xususan 

so'zning bir vaqtning o'zida (urg'usiz qismlari bilan bir xil) talaffuz qilish  va 

bola  diqqatini  gapiruvchining  artikulatsiyasiga  qaratish  va  hokazolar  ham 

shular jumlasidandir. Zaif eshituvchi o'quvchilarni yangi grammatik shakllar 

bilan tanishtirishda ham shunday qoidalarga rioya qilinishi lozim. 

Yuqorida  tilga  olingan  disgrafiya  shakllari  va  tovush  talaffuzi 

buzilishining  sensor  shakllarini  bartaraf  etish  uchun  muhim  shart-sharoit 

hisoblangan  nutq  tovushlarining  eshituv  differensiatsiyasi,  zaif  eshituvchi 

bolalarga  qiyinchilik  bilan  beriladi.  Ularda  kuzatiluvchi  tovush  talaffuzi  va 

yozuv  buzilishlari,  odatda,  normal  eshituvchi  bolalardagi  bir  turli 

buzilishlarga qaraganda birmuncha turg'unligi bilan farq qiladi. Xususan zaif 

eshituvchi  bola  tomonidan  ilgari  almashtirilayotgan  tovushning  to'g'ri 

artikulatsiyasi  o'zlashtirilgandan  so'ng  ham,  uning  nutqida  bu  tovushni 

almashgan  tovush  bilan  aralashtirish  uzoq  vaqtgacha  saqlanadi.  Bu  tovush 

talaffuzi  buzilishining  sensor  shakllarini  bartaraf  etishda,  tovush  talaffuzi 

kamchiliklarini  korreksiyalash  bo'yicha  olib  boriladigan  ishning  so'nggi 

bosqichini  aralashuvchi  tovushlarni  farqlash  bosqichini  o'tkazishga  katta 

e'tiborni qaratishni vazifa qilib qo'yadi. 

Zaif  eshituvchilarda  u  yoki  bu  tovushning  (juft  tovushlarni)  eshitish 

differensiatsiyasini  tarbiyalashning  ko'pincha  butunlay  imkoni  boimaydi. 

Og'zaki  nutqda  tovush  almashtirishlarni  va  yozuvda  mos  keluvchi  harf 




 

32 


almashuvlarini  bartaraf  etish,  bunday  hollarda,  konpensator  usullarni 

qo'llash  hisobigagina  erishish  mumkin.  Xususan  og'zaki  farqlanmaydigan  s 

va  sh  tovushlarini  bolaning  tovush  talaffuzida  to'g'ri  tarbiyalashda  tovush 

artikulatsiyasining ko'ruv tasavvuri  va artikulatsion  organlar  holatini sezish, 

ya'ni kinestetik sezgiga tayaniladi.  

Aynan  shu  tovush  haqidagi  ko'ruv  kinestetik  tasavvurlar,  yozuvdagi 

mavjud  harf  almashtirishlarni  bartaraf  etish  bo'yicha  olib  boriladigan 

ishlarga  ham  asos  bo'lishi  mumkin.  Biroq,  konpensatsiyaning  bunday  yo'li 

bolaga  tanish  so'znigina  to'g'ri  yozishni  ta'minlaydi,  u  holda  notanish 

so'zlarni yozishda avvalgidek xatolar uchraydi.  

Bola  tomonidan  farqlanilmaydigan  tovushlar  ustiga -ustak  harf  belgisi 

bo'yicha  ham  o'xshash  bo'lsa,  yuqorida  ta'riflan gan  kompensatsiya  usullari 

deyarli natijasiz bo'ladi. 

Shunga  o'xshash  hollarda  yozuvdagi  xatolarni  to'g'rilash  uchun 

aylanma usullardan foydalaniladi.  

Nutqi rivojlanmagan zaif eshituvchi bolalar bilan barcha buzilgan nutq 

komponentlari  tovush  talaffuzi,  leksik-grammatik  tizim,  yozuv,  ekspressiv 

va impressiv nutq korreksiyasi ustida ishlash muhimdir.  

Kombinatsiyalashgan  nuqsonlar  sonining  o'sishi,  ularni  differensial -

tashxislashni  mukammallashtirish  va  nafaqat  o'qitishning  o'ziga  xos 

usullarini, balki logopedik ta'sirni qo'llashni talab etadi.  


Yüklə 406 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə