Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi


II  BOB.  RIVOJLANISHIDA  KAMCHILIGI  BO'LGAN  BOLALAR



Yüklə 406 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/22
tarix05.02.2022
ölçüsü406 Kb.
#83474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
rivojlanishida kamchiligi bolgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning oziga xos xususiyatlari

II  BOB.  RIVOJLANISHIDA  KAMCHILIGI  BO'LGAN  BOLALAR 

BILAN  OLIB  BORILADIGAN  LOGOPEDIK  ISHNING  O'ZIGA  XOS 

XUSUSIYATLARI 

2.1.Aqli  zaif  bolalar  bilan  olib  boriladigan  logopedik  ishlarning  o'ziga  xos 

xususiyatlari.............................................................................................................36 

2.1.1.  Aqli  zaif  bolalar  mustaqil  nutqining  shakllanishi  va  leksik-grammatik 

qurilishning buzilishlarini to'g'rilash bo'yicha logopedik ishlarning o'ziga xosligi 39 

2.1.2.  Aqli  zaif  bolalar  leksikasining  rivojlantirilishida  logopedik  ishlarning 

o'ziga xosligi............................................................................................................44 

2.1.3.  Yordamchi  maktabda  yozma  nutqning  buzilishlarini  to'g'rilash 

bo'yicha logopedik ishlarning o'ziga xos tomonlari.............................................. 45 

2.2.  Ko'zi  ojiz  bolalar  bilan  olib  boriladigan  logopedik  ishning  o'ziga  xos 

xususiyatlari............................................................................................................46 

XULOSA.................................................................................................................50 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI...........................................52 



 



KIRISH 

Sog`lom  avlod  ota-onaning  faxridir.  Farzand  hayot  shamchirog`i,  sharaja 

davomchisi,  sog`lom  avlod  orzusi  ming  yillardan  beri  ajdodlarimizdan  yetib 

kelayotgan  oilamiz,  hayotimiz,  intilishlarimiz  mohiyati  asosiga  aylanib  ketgan 

millatimizga  xos  qadryatlarimizdan  biridir.  Darhaqiqat,  mamlakatimizda  sog’lom 

avlod tarbiyasiga davlat siyosati darajasida katta etibor bilan qarab kelinmoqda. 

Har  tomonlama  rivojlangan  barkamol  inson  shaxsini  shakllantirish 

davrimizning  dolzarb  muammolaridan  biri  hisoblanadi.  Vatanimizning  kelajagi 

bugungi  yosh  avlodning  ilmiy  salohiyati,  iste’dodi,  mustaqil  fikrlashiga  bevosita 

bog’liqdir.  Shuning  uchun  ham  bilimdon,  keng  dunyoqarashga  ega  barkamol  va 

ma’naviy  yetuk  shaxslarni  tarbiyalash  yetishtirish  vazifasi  davlatimiz  siyosati 

ustuvor yo’nalish darajasiga ko’tarildi. 

Prezidentimiz  I.A.Karimov,  “kelajak  avlod  haqida  qayg’urish  sog’lom 

barkamol  insonni,  uning  naslini  tarbiyalab  yetishtirishga  intilish,  bizning  milliy 

xususiyatimizdir  bizning  ustuvor  siyosatimiz  yosh  avlodni  aqlan  teran,  ma’nan 

yetuk,  jismonan  sog’lom,  har  tamonlama  rivojlangan  ,  kommil  va  zukko  inson 

qilib voyaga yetkazishdan iboratdir. 

Bugungi  kunda  alohida  yordamga  muhtoj  bolalar  va  o’smirlarga  nisbatan 

g’amxo’rlik,  ularning  huquqlarni  ijtimoiy  qo’llab  quvvatlash,  ta’lim  tarbiya 

jarayonini  u  bolalarning  ehtiyoji  va  qobilyatiga    mos  ravishda  tashkil  etish, 

sog’lom jamiyatga tenglashtirish ishlari o’ta dolzarb masalalardan biridir. 

O’zbekiston  Respublikasida  alohida  yordamga  muhtoj  bolalar  va 

o’smirlarning  ta’lim  mazmunini  takomillashtirish  masalalariga  etibor  davlat 

tamonidan  ortib  bormoqda.  O’zbekiston  Respulikasi  Kanstetutsiyasi  “Ta’lim 

to’g’risida”gi  qonunni  va  “O’zbekistonda  nogironlarni  ijtimoiy  himoya 

qilishto’risida”  gi  qonunida,  O’zbekiston  Respublikasida  “oila  kodeksi”  Vazirlar 

Mahkamasining  1998-yildagi  59-sonli,  2002-yildagi  33-sonli  qarorlarida  “Ta’lim 

hamma uchun ” Milliy harakat dasturida o’z ifodasini topgan.  

Prezidentimiz  tomonidan  2004-yil  “Mehr  va  muruvvat  yili”  deb  elon 

qilinishi  ushbu  sohada  olib  borilayotgan  ishlarning  yanada  rivojlanishini 



 

ta’minladi.  Yordamga  muhtoj  bolalarga  mehr  ko’rsatish  muruvvatli  bo’lish  biz 



o’zbek xalqining asl ijtimoiy fazilatlaridandir. 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  2007-yilning  23-

yanvarida 573-sonli qarori bilan “Ijtimoiy himoya yili” Davlat Dasturi tasdiqlandi. 

Ushbu  Dasturning  4,2-bandida  alohida  ehtiyojli  bolalarning  joylardagi 

umumta’lim-inklyuziv  ta’limni  ishlab  chiqish  va  bu  xususida  “Ta’lim 

to’g’risida”gi  qonunga  qo’shimchalar  kiritish  masalalari  kiritildi.  2007-yilning 

bunday  nomlanishining  yorqin  dalillari  davlatimiz  tomonidan  imkoniyati 

cheklangan  bolalar  ta`limiga  e`tiborning  yanada  faollashganidadir.  Davlat 

Dasturlariga  asosan  har  bir  yo`nalishdagi  maxsus  muassasalarining  o`quv 

xonalarini  jihozlash;  bolalarning  imkoniyatlaridan  kelib  chiqib  ta`limning 

samaradorligini oshirish; kasb-hunarga yo`naltirish; jamiyatning to`laqonli va teng 

huquqli a`zosi etib  voyaga yetkazish; imkoniyati cheklangan bolalarni umumiy  va 

maxsus  ta`lim  muassasalarida  ta`lim  olishlari  uchun  ijtimoiy  texnik  ta`limiy 

sharoitlarini  yaratish;  zamonaviy  asbob-uskunalari,  jihozlar  bilan  ta`minlash 

me`yorlarini ishlab chiqish; ta`lim tizimi va mazmunini takollashtirshga qaratilgan 

chora-tadbirlarni kiritilishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Rivojlangan  mamlakatlarda  “Maxsus  talim  zaruriyati”nomli  xujjatga  javoban  

SVR  –Reabilitatsiya  tashkiloti  (Sommin.Vased  ReabilitatIop)  tashkil  etildi.  Tashkilot 

nogironlar  jamiyati,  nogironlar  oilalari,  sog‘liqni  saqlash,  mexnat  va  axolini  ijtimoiy 

muhofaza etish xamda  kasaba uyushmalari vakillarini o‘z ichiga qamrab olgan. 

Bunday nufuzli tashkilotning asosiy maqsadi - jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida 

nuqsoni  bulgan  bolalarni  himoyalash,  xuquqlarini  tiklash,  vakolat  berish,  talim-tarbiya 

tizimini shakllantirish, jamiyat va raxbariyat diqqatini bu narsaga jalb etishdir. 

Aloxida  yordmga  muxtoj  bulgan  bolalar  uchun  tashkil  etilgan  talim  tizimida 

birinchi  navbatda  bolaning  talablari  o‘rganiladi,  ijobiy  tomonlari,  qobiliyati  hisobga 

olinadi, kamchiliklari urganiladi, Ushbu talim tizimida  ma’lum sharoit yaratilishi lozim. 

Bunga  modifikatsiya,  kompensatsiya,  adaptatsiya  ,reabilitatsiyalar  kiradi.  Masalan, 

agarda bola eshitmasa,  uni eshitish  apparati  bilan ta’minlash;  yura  olmasa  -  nogironlar 




 

aravachasidan foydalanish, qulida oddiy qoshiq ushlay olmasa,  uni boshqa qulay uskuna 



bilan ta’minlash va boshqalar. 

Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola 

har kuni ko‘rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga uz 

munosabatini  bildiradi,  kattalarning  xatti-harakatlari,  ishlariga,  sodir  bo‘layotgan 

voqealarga  bolaning  beradigan  bahosi,  kishilarga  bo‘lgan  munosabati  —  bularning 

hammasi bola ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi. 

Bolaning  xoh  ona  qornida,  hoh  tug‘ilganidan  keyin  rivojlanib  borishi  uchun 

zarur  bo‘lgan  ma’lum  shart-sharoitlarning  buzilishi  turli  xil  anomaliyalarga,  ya’ni 

jismoniy yoki ruxiy nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin. 

Maxsus  yordamga  muhtoj  anomal bolalarning  jismoniy  yoki  ruhiy  rivojlanishida 

kuzatiladigan  og‘ir,  keskin  o‘zgarishlar  bola  shaxsining  tarkib  topishiga  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatadi.  Shuning  uchun  bunday  bolalarni  tarbiyalash  va  ularga  ta’lim  berish  uchun 

maxsus  sharoit  yaratalishi  kerak,  ya’ni  ular  maxsus  bog‘cha  va  maktablarda  yoki 

me’yorda  rivojlangan  tengdoshlari  orasida  xamma  qatori  va  agarda  kerak  bo‘lsa,  

maxsus dastur va darsliklar asosida o‘qitilishi va tarbiyalanishi zarur, 

Ba'zi  bolalardagi  sensor  (eshitish  yoki  ko'rishning  pasayishi)  va  aqliy 

rivojlanishdagi  qo'pol  kamchiliklar,  shuningdek,  bolalar  miya  falajlanish 

kasalligida  kuzatiladigan  harakat  sferasidagi  buzilishlar  bolalar  nutqining 

hamma  komponentlarini  (talaffuz,  leksik-grammatik)  rivojlanmay  qolishga 

olib  kelishi  mumkin,  barcha  holatlarda  bular  o'ziga  xos  etiopatogenetik 

xususiyatga  ega  bo'lganligi  sabab,  korreksion  ta'sir  etish  metodlarini 

defferensial qo'llashni talab etadi. 

Rivojlanishida  kamchiligi  bo'lgan  bolalar  nuqsonlarini  har  tomonlama 

bartaraf  etish  ishlari  nutq  tarbiyasidan  boshlanishi  bitiruv  malakaviy  ishimizning 

dolzarbligini belgilab beradi.  


Yüklə 406 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə