Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix23.06.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#89963
növüReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
antarktida materikining geografik orni va organilish tarixi

Skott
, vrach-
Eduard 
Uilson
, ofitser-
Lourens Ots
va 
Genri Bouers
va unter ofitser-
Edgar 
Evans
boradi. Oxirgi 250 km masofani ular juda og’ir sharoitda oxirgi 
kuchlarini sarflab o’tdilar. Skott qutbga bir necha kilometr qolganda 
kundaligiga ushbu so’zlarni yozadi: “Oldinda turgan qora narsani 
ko’ramiz. Yaqinlashganimizda u bayroq bo’lib chiqadi. Lager, kuchuk 
va chanalar izlarini ko’ramiz. Norveglar bizni ortda qoldirishdi. Ular 
birinchi bo’lib qutbga yetib kelishdi. Qanday dahshatli! Bizning barcha 
umidlarimiz yakun topdi. Ortga qaytish juda qayg’uli bo’ladi”. 1912 yil 
yanvarida ular qutbga kelishadi. Inglizlar Norvegiya bayrog’i o’rnatilgan 
palatkani topishadi. Unda Amundsenning kapitan Skott nomiga xat 


bo’lib, bu xatni norveg qiroliga yetkazish iltimos qilingan edi. Inglizlar 
palatkani suratga olishdi, qutbga o’z bayroqlarini ham o’rnatishib, uni 
ham suratga olishdi.
Qutbga borishda inglizlar 10 ta oziq-ovqat va yoqilg’i qo’yilgan 
oraliq omborlari tuzishgandi. Ortga qaytishda ularning maqsadi-keyingi 
omborga tezroq yetib olish edi. Lekin qancha ular harakat qilishmasin 
kuchlari tobora susayib borardi. Tezda ular orasidagi eng yosh va kuchli 
Evansda aqliy yetishmovchilik xislatlari ko’rina boshladi. U ortda qolib 
ketar, qo’li, burni va oyoqlarini sovuq urdi. 17 fevralda u juda ortda 
qoldi. “Evans tizzalab o’tirgandi, ko’zlari bejo. Undan nima bo’ldi deb 
so’rasak, u javob berolmadi, hushdan ketganini aytdi. O’rnidan turg’izib 
yurgizsak, har 2-3 qadamda hushidan ketdi. Uni yaqin palatkaga olib 
kelganimizda u 12 soatu 30 minut hushsiz yotdi vat inch o’lim topdi. 
O’rtog’ingni bunday yo’qotish juda azobli” deb yozgan edi Skott. 
Keyingi yo’l yana og’ir kechadi. Ular bir necha marta yo’ldan 
adashishadi. Fevral oxirida yoqilg’i kam qolganda havo yana soviy 
boshlaydi va Ots oyog’ini muzlatib qo’yadi. Skottning mart oyidagi 
yozuvlaridan ularning qanday umidsizlanganini ko’rish mumkin. Ular 
bir-birlariga yordam berolmas, barchalarining ahvoli og’ir edi. Shunday 
bo’lsada, 15 kilogramm og’irlikdagi geologik kolleksiyani o’zlari bilan 
sudrab borishardi. 
14 mart:”Harorat -420 gacha tushib ketdi, menimcha bizlarning 
oxiratimiz yaqin. Men hech qachon yilning bu oyida shunday qattiq 
sovuq bo’lishini o’ylamagan edim”. 17 mart: “Kunlarni sanashdan 


adashdim. Menimcha hayotimizning oxirgi kuni. Nonushtadan so’ng Ots 
boshqa yurolmasligini aytdi. Biz uni yetaklab bir necha mil yurdik. 
Otsning oxirgi o’ylari onasi haqida edi. Kechasi uxlashdan oldin ertalab 
uyg’onmaslikni istadi, lekin ertalab turdi va atrofni aylanib kelishini 
aytdi. U tashqariga chiqdi va biz uni boshqa ko’rmadik. Ots o’z o’limiga 
mardlarcha bordi, biz ham shunday o’limimizni kutib olsak qani edi. 
Bizning o’limimiz ham yaqin!” 29-mart: “21-sanadan beri quyunli 
shamol esadi, yoqilg’imiz oxirlab qoldi, har kuni yo’lga chiqamiz 
deymiz, lekin chiqolmaymiz, omborgacha 11 mill qoldi, lekin unga yetib 
borolmasak kerak. Biz oxirigacha chidaymiz. Men yana yoza olishimga 
ko’zim yetmaydi”. Uning oxirgi yozuvi: “Xudo haqqi bizning 
yaqinlarimizni yolg’iz qoldirmang!”
Bahor kelganda -1912 yilning noyabrida izlovchi otryad palatkani 
topishdi. Unda 3 ta murda bor edi. Uilson va Bouers yopiq uyquga 
mo’ljallangan qoplarda yotardi. Ekspeditsiya vrachi 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə