Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix23.06.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#89963
növüReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
antarktida materikining geografik orni va organilish tarixi

Eduard Atkinson
quyidagilarni yozadi: “Skott hammadan so’ng vafot etgan. U Uilson 
jasadiga qo’l uzatib yotardi. Biz ularning barcha narsalarini izlab 
ko’rdik. Narsalar orasida qimmatbaho geologic toshlar bo’lib, ular oxirgi 
damlarigacha bu narsalarni tashlashmagan edi. Ertasi kuni biz ular bilan 
butun umrga xayrlashdik. Ularning mardonavor jasadlari o’zlari uchun 
eng ma’qul yerga ko’mildi”. 
Bundan keyin ham sirli materikka qiziqish kamaymadi, lekin 
Antarktikani muntazam ravishda o’rganish Ikkinchi jahon urushidan 
keyin boshlandi va hozirgi davrda ham davom etyapti. 40-50 yillarda bir 


qator davlatlar Antarktida materigida ilmiy-tekshirish stansiyalarini 
bunyod etishdi. 1957 yili 3-Xalqaro geofizika yiliga tayyorgarlik va uni 
o’tkazish munosabati bilan tadqiqot ishlarining yagona xalqaro dasturi 
ishlab chiqarildi. Xalqaro dasturga muvofiq 1957 yilda boshlangan 
tadqiqot ishlari ilmiy-tadqiqot stansiyalari va punktlari ishlarini, 
continent ichki qismiga qilinadigan ekspeditsiyalarni va ilmiy-tadqiqot 
kemalarining dengizdagi ekspedtsiylarini o’z ichiga oladi. 1958 yilda rus 
ekspeditsiyasi materikning geometric markazi-borish qiyin bo’lgan
qutbga birinchi bo’lib yetib bordi. Ko’pgina mamlakatlarning olimlari 
materikning ichki qismiga uzoq poxodlar qilishdi, bunga materik 
Janubiy qutb orqali kesib o’tildi. Hozirgi vaqtda Antarktidada ko’p 
ilmiy-tadqiqot stansiyalari ishlab turibdi, ularda eng yangi metodlar 
qo’llanilib janubiy qutbning tabiiy sharoiti majmuali o’rganilmoqda. 
Keying yillarda Antarktidani tadqiq etishda aviatsiya va kosmosdan 
olingan ma’lumotlar katta rol o’ynayapti.
1961 yilning iyunidan 1959 yil 19 dekabrda 12 ta mamlakat 
tomonidan imzolangan kelishuv kuchga kirdi. Antarktidadan faqatgina 
tinchlik maqsadlarida foydalaniladi, har qanday yadroviy portlatishlar 
ta’qiqlanadi, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik masalalaridagina bu 
hududdan foydalaniladi. 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə