Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix23.06.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#89963
növüReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
antarktida materikining geografik orni va organilish tarixi

NUNUTAKLAR.
 


Antarktika tarkibiga muz bilan qoplangan juda katta Antarktida 


materigi va uni o’rab turgan janubiy qutbiy suvlar hamda unda sochilib 
yotgan orollar kiradi. Antarktika yer sharining tabiati eng qattiq 
qismidir. Ba’zi orollarni hisobga olmaganda unda doimiy aholi yo’q.
Antarktika nihoyatda o’ziga xos va qattiq tabiiy sharoitga egaki, 
bunga uning Janubiy qutb yaqinida joylashganligi, shuningdek janubiy 
yuqori kengliklardagi quruqlikbilan dengizning nisbati sabab bo’lgan. 
Hatto Arktika tabiati ham Antarktika o’lkasi tabiatiga bir oz o’xshasa 
ham, lekin har holda undan keskin farq qiladi.
Antarktikaning o’ziga xos sharoiti juda katta quruqlik va suv 
havzasida hukmron. Antarktikadagi quruqlikda Antarktida quruqligidan 
tashqari orollar arxipelaglari va alohida orollarni: Aleksandr I Yeri, 
Janubiy Shotlandiya, Janubiy Orkney, Janubiy Sandvich, Janubiy 
Georgiya, Ballen va boshqa ko’p orollarni o’z ichiga oladi. Bu 
orollarning ba’zilari materikning shunday yonginasida joylashgan va 
tabiiy sharoiriga ko’ra undan deyarli farq qilmaydi, boshqalari keng 
dengizda materikdan hamda bir-birlarida uzoqda joylashgan.
Antarktida qirg’oqlarini Janubiy Muz okeani suvlari ytuvib turadi. 
Okean materik qirg’oqlarini o’yib kirib, Ueddell, Bellinsgauzen, 
Amundsen, Ross, jamiyat, Kosmonavtlar dengizlarini hosil qiladi. 
Antarktika suv havzalari suvining rejimi, florasi, faunasi boshqa 
kengliklardagi suv havazalaridan farq qiluvchi ko’p xususiyatlarga ega. 
Ular yerning bu qismi tabiatiga juda katta ta’sir ko’rsatadi.


Qutb atrofida joylashgan Antarktika faqat bitta shimoliy chegarga 
ega va bu chegara okeanlardan o’tganligidan uni belgilash qiyin. 
Antarktikaning chegarasi haqidagi masala uzoq vaqt munozarali bo’ldi 
va turli tadqiqotchilar turlicha hal qildilar, bu chegarani Antarktika 
atmosfera 
sirkulyatsiyasi 
sharoiti 
mo’tadil 
mintaqa 
atmosfera 
sirkulyetsiyasi sharoiti bilan almashinadigan joydan, ya’ni mo’tadil 
kengliklar havo massalarini Antarktika havo massalaridan ajratadigan 
frontning shimoliy o’rtach ao’rni orqali o’tkazish eng to’g’ridir. Front 
zonasida atmosferdadagina o’zgarish bo’lib qolmasdan okean havzalari 
rejimida ham o’zgarish ro’y beradi. Antarktika konvergensiyasi zonasi 
deb ataladigan zona ham front zonasiga taxminan to’g’ri keladi. 
Antarktika konvergensiyasi zonasida Antarktikaning sovuq suvlari
mo’tadil kengliklarning iliq suvlari bilan qo’shilishadi.
Okean suv rejimining Antarktikaning shimoliy chegarasi yaqinida 
keskin o’zgarishini hamma tadqiqotchilar qayd qilishadi. Bu o’zgarish 
shunchalik kattaki, bu hol Duno okeanida Antarktika o’lkasining tabiiy 
zonal chegarasining mavjudligiga shubha tug’dirmaydi. Antarktika 
o’lkasi Yerning janubiy Antarktika mintaqasiga to’g’ri keladi.
Antarktika konvergensiyasi zonasi Antarktikaning turli sektorida 
turli geografik kengliklarda joylashgan, lekin yil davomida uning o’rni 
juda ham o’zgaradi. Atlantika sektorida va hind okeani sektorining 
g’arbiy qismida bu zona 48-50
0
janubiy kengliklar orasida joylashgan, 
Avstraliyadan janubi-g’arbroqda u janubga buriladi va Tinch okean 
sektorida 60
0
janubiy kenglikka yaqinlashadi. Bu zona aysberglar 


uchraydigan yerlarning shimoliy chegarasi bilan dengiz muzlarieng 
ko’paygan vaqtdagi ularning chekkasi orasida bo’lib, o’rta hisobda 
olganda 53
0
05
1
janubiy kenglikka yaqin joylashgan. Antarktikaning shu 
chegaralar 
ichidagi 
umumiy 
maydoni, 
Antarktidani 
qo’shib 
hisoblaganda, 52 mln. Km
2
ga yaqin. Antarktika o’lkasining shimoliy 
qismi tabiati uning boshqa qismlari tabiatiga qaraganda bir oz 
yumshoqroq. Ana shunga ko’ra Antarktika o’lkasida shimoliy 
yarimshardagiga o’xshatib subantarktika mintaqasi –Subantarktika 
ajratiladi. Aunga Janubiy okeanlarning yozda mo’tadil kengliklarning 
g’arbiy shamollari ta’siri kuzatiladigan anchagina qismi va undagi 
orollar kiritiladi.
 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə