Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix23.06.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#89963
növüReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
antarktida materikining geografik orni va organilish tarixi

 


III. X u l o s a . 
Antarktika nihoyatda o’ziga xos va qattiq tabiiy sharoitga egaki, bunga 
uning Janubiy qutb yaqinida joylashganligi, shuningdek janubiy yuqori 
kengliklardagi quruqlikbilan dengizning nisbati sabab bo’lgan. Hatto Arktika 
tabiati ham Antarktika o’lkasi tabiatiga bir oz o’xshasa ham, lekin har holda 
undan keskin farq qiladi. 
Antarktikaning o’ziga xos sharoiti juda katta quruqlik va suv havzasida 
hukmron. Antarktikadagi quruqlikda Antarktida quruqligidan tashqari orollar 
arxipelaglari va alohida orollarni: Aleksandr I Yeri, Janubiy Shotlandiya, 
Janubiy Orkney, Janubiy Sandvich, Janubiy Georgiya, Ballen va boshqa 
ko’p orollarni o’z ichiga oladi. Bu orollarning ba’zilari materikning shunday 
yonginasida joylashgan va tabiiy sharoiriga ko’ra undan deyarli farq 
qilmaydi, boshqalari keng dengizda materikdan hamda bir-birlarida uzoqda 
joylashgan.
Antarktida qirg’oqlarini Janubiy Muz okeani suvlari ytuvib turadi. 
Okean materik qirg’oqlarini o’yib kirib, Ueddell, Bellinsgauzen, Amundsen, 
Ross, jamiyat, Kosmonavtlar dengizlarini hosil qiladi. Antarktika suv 
havzalari suvining rejimi, florasi, faunasi boshqa kengliklardagi suv 
havazalaridan farq qiluvchi ko’p xususiyatlarga ega. Ular yerning bu qismi 
tabiatiga juda katta ta’sir ko’rsatadi.
Qutb atrofida joylashgan Antarktika faqat bitta shimoliy chegarga ega 
va bu chegara okeanlardan o’tganligidan uni belgilash qiyin. Antarktikaning 
chegarasi haqidagi masala uzoq vaqt munozarali bo’ldi va turli tadqiqotchilar 
turlicha hal qildilar, bu chegarani Antarktika atmosfera sirkulyatsiyasi 
sharoiti mo’tadil mintaqa atmosfera sirkulyetsiyasi sharoiti bilan 


almashinadigan joydan, ya’ni mo’tadil kengliklar havo massalarini 
Antarktika havo massalaridan ajratadigan frontning shimoliy o’rtach ao’rni 
orqali o’tkazish eng to’g’ridir. Front zonasida atmosferdadagina o’zgarish 
bo’lib qolmasdan okean havzalari rejimida ham o’zgarish ro’y beradi. 
Antarktika konvergensiyasi zonasi deb ataladigan zona ham front zonasiga 
taxminan to’g’ri keladi. Antarktika konvergensiyasi zonasida Antarktikaning 
sovuq suvlari mo’tadil kengliklarning iliq suvlari bilan qo’shilishadi.
Okean suv rejimining Antarktikaning shimoliy chegarasi yaqinida 
keskin o’zgarishini hamma tadqiqotchilar qayd qilishadi. Bu o’zgarish 
shunchalik kattaki, bu hol Dunyo okeanida Antarktika o’lkasining tabiiy 
zonal chegarasining mavjudligiga shubha tug’dirmaydi. Antarktika o’lkasi 
Yerning janubiy Antarktika mintaqasiga to’g’ri keladi.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, maktab geografiya ta`limida 
o`tiladigan barcha mavzularning o`ziga xos jixatlari va axamiyati bor. 
Maktablarda boshlang`ich geografiya, tabiiy geografiya ta`limida so`ng 
iqtisodiy ijtimoiy geografiyaning tarmoqlari bo`yicha bilim beriladi. 
O`qitiladigan mavzular darsdan darsga o`tkan sari murakablashib va 
dolzariblashub boradi. Xozirgi zamon taraqqiyoti, fani rivojlanib borayotgan 
bir paytda maktablarda o`ziga xos ta`lim jarayonini tashqil etish
o`quvchining bilim olish uchun turli vositalardan foydalanishga o`rgatish 
muxim masaladir. O`quvchining erkin fikirlovchi shaxs sifatida tarbiyalash 
va uni malum bir mutaxassisliklar bo`yicha yo`nalishtirishda geografiya 
fanining xissasi katta. shu bilan birga bu fanni zamonga mos ravishda 
rivojlantirish, fan texnika taraqqiyoti yutuklaridan baxramand etish xar bir 
geografning vazifasidir. Maktablarda o`qitilgan xar bir mavzularning 
maqsadi va maznnuni ochib berishga, noan`anaviy dars turlarini joriy etishga 


erishmoq zarur. 
Men 6-sinflarda o`qitilgan “Materik va Okeanlar tabiiy” geografiya 
fanidagi Shimoliy Amerika materigining relyefni oliy o’quv yurtlaridagi 
o’tiladigan materik va okeanlar tabiiy geografiyasini taqoslab ancha 
murakabligini o’rgandim. Bu kurs ishini yozish davomida O`zbek 
olimlaridan A.Soliev, A.Abdulqosimov, A.Soatov, P.Musaev, O.Muminov,
R.Qayumov, R.Qurboniyozovlarning asarlari, internet, entsiklopediyalar, 
prezidentimiz I.A.Karimov asarlaridan foydalandim. Hozirgi kunda 
Antarktidada olb borilayotgan tekshirish ishlari va tadqiqotlar shuni 
ko’rsatadiki yo’qolib borayotgan hayvonlarni oldini olshdir. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə