Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Faddey Faddeyevich Bellinsgauzen



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix23.06.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#89963
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
antarktida materikining geografik orni va organilish tarixi

Faddey Faddeyevich Bellinsgauzen
1803-1806 
yillarda 
Kruzenshtern
rahbarligida “Nadejda” kemasida suzgan edi. 
1819 yilda u Antarktika ekspeditsiyasiga rahbar etib tayinlanib
“Vostok” kemasiga uning o’zi, “Mirniy” kemalari Kronshtadtdan 
chiqadi va dekabrda Janubiy Georgiyaga yetib keladi. Bu yerda 
kemalarning harbiylari nomiga qo’yilgan bir qancha orollarni: 
Annenkov, Leskov, Torson, Zavadovskiylarni
kashf etishadi. Janubi-
sharqqa suzib, kemalar Kuk tomonidan ochilgan “Sandvich yerlariga” 
yetib kelishadi. Ruslar birinchi bo’lib, bu orollarning boshqa janubi- 
sharqiy Atlantika orollari bilan bog’liqligini, ularning Atlantika 
okeanining g’arbiy qismida 53
0
va 60
0
janubiy kengliklar oralig’ida 2,5 
ming kilometr cho’zilgan vulqon orollari ekanligini aniqlashdi.
1820 yilning 15 yanvarida ruslar Janubiy Tulaga yetib kelishdi va 
bu yerda bir necha orollarni o’rganishdi. Sharqdan og’ir muzlarni 
aylanib o’tib, 26 yanvarda ruslar birinchi marta janubiy qutb chizig’ini 


kesib o’tishadi. Ular bir necha marta janubga suzishga harakat qilishadi, 
lekin ob-havo bunga yo’l qo’ymaydi. Hozir bizga ma’lumki, kemalar 
materik qirg’og’iga juda yaqin kelishgan. 
Qisqa Antarktika yozi nihoyasiga yetadi va 1820 yilning mart 
oyida Hind okeanining janubidagi kam o’rganilgan orollarni tadqiq 
etishdi. Bu yerda kartaga tushmagan va hali yevropaliklar bormagan 
orollarni tadqiq etishdi. Bu yerda kartaga tushmagan va hali 
yevropaliklar bormagan orollarni kashf etishib, ularga rus mashhur 
kishilarining nomlarini berishdi: Arakcheyev, Barklay-de- Tolli, 
Vitgenshteyn, Volkonskiy, Greyg, Yermolov, Kutuzov, Miloradovich, 
Moller, Osten-Saken, Rayevskiy va Chichagov. Shuningdek orollarni 
ekspeditsiya qatnaschilari va kema nomi bilan: Lazarev, Vostok, 
Mixaylov, Simonov deb nomladilar. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə