Navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix24.02.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#84059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bitiruv malakaviy ishi mavzu Hozirgi o`zbek she’riyatining tara

 

KIRISH. 

 

Mavzuning  dolzarbligi.

  Inson  tafakkurining  yangilanishida,  uning  ongiga 

ma’lum  bir  g`oyani  singdirishda  hech  qaysi  soha  adabiyotchalik  quvvat  va 

imkoniyatga  ega  emas.  Shu  nuqtayi  nazardan  qaraganda,  yangi  XXI  asr  inson 

tafakkuri  taraqqiyotiga,  uning  tez  o`sishi  va  yangilanishiga  jiddiy  ta’sir  ko`rsatdi. 

Chunki  adabiyot  badiiy  so`z  va  obrazlar  vositasida  omma  ruhiyatida  tubdan 

o`zgarish  yasaydi.  Buning  uchun  ijod  ahli  erkin  nafas  olish,  xohlagan  mavzusida 

qalam  tebratish,  istagan  muammosini  ko`tarish  va,  albatta,  ko`ngliga  ma’qul 

keladigan  qahramon  timsoli  orqali  tasvirlash  huquqiga  ega  bo`lishi  kerak.  Qariyb 

chorak  kam  bir  asr  mobaynida  qog`ozda  bor-u,  amalda  bo`lmagan  bunday 

“erkinlik” adiblarimiz tafakkurini tushovga solib qo`ygandi. Mustaqillik tufayli bu 

tushov  uzildi.  Adabiyotga  –  so`z  san’atiga  chinakam  erkinlik  berildi  va  u  qonun 

asosida mustahkamlab qo`yildi. Natijada, adabiyotda juda katta ijobiy o`zgarishlar 

yuzaga keldi. 

Buning samarasi  tez orada aniq ko`zga tashlandi, ya’ni  jadallik bilan o`sib 

borayotgan  siyosiy-ijtimoiy  va  iqtisodiy  tafakkurlar  ta’sirida  adabiy-badiiy 

tafakkur  ham  shakllanib,  ulg`ayish  yo`liga  kirdi.  Dastlab,  odamzodning  iqtisodiy 

bo`hronlar  ummonidagi  suzish  qiyinchiliklari,  cho`kish  azobi,  ikkilanish, 



 

 

bemaqsad  quloch  otishlarini  real  tasvirlashdan  o`zini  tiygan  adabiyot  ahli  yangi 



asrning ilk yillaridan boshlab, bu mavzuni jiddiy ishlashga kirishdi. Bozor va inson 

taqdiri  keyingi  yillar  o`zbek  nasrining  eng  ko`p  ishlanayotgan  muammosiga 

aylandi. 

Bozor munosabatlari o`z-o`zidan insonning jamiyat, oila, jamoa, o`zga yurt 

va  odamlar  o`rtasidagi  ziddiyat  hamda  aloqalar  silsilasini  ham  yuzaga  chiqaradi. 

Bunday  vaziyatda  turmushini  o`nglash  uchun  urinayotgan  shaxs  manfaati  bilan 

yangilanishga  yuz  tutayotgan  jamiyat  va  siyosat  manfaatlari  o`rtasida    o`zaro 

to`qnashuvlar  vujudga  keladi.  Ular  o`z  navbatida  oilaviy  munosabatlarga  ham, 

axloqiy  evrilishga  ham,  insonning  yovuzlik  sari  yuz  tutishiga  ham  u  yoki  bu 

darajada  ta’sir  o`tkazmay  qolmaydi.  Haqiqiy  san’atkorning  vazifasi  esa 

insoniyatning  kelajagini  ta’minlovchi  umidbaxsh  g`oyalarni  ilgari  surish,  ular 

dunyoqarashida ezgulik, mehr-oqibat va bag`rikenglik kabi fazilatlarni ifodalashga 

xizmat qiladigan ibratli obrazlarni yaratishdan iboratdir. Buning uchun ijodkorning 

estetik  ideali  g`oyatda  sog`lom,  ma’naviy  dunyoqarashi  yetuk,  xalqi  va  Vatani 

oldidagi mas’uliyati barqaror bo`lishi kerak.  


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə