Navoiy davlat pedagogika instituti


I.2. XX asr o`zbek she’riyatida poetik obraz va uning tadriji



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix24.02.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#84059
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bitiruv malakaviy ishi mavzu Hozirgi o`zbek she’riyatining tara

I.2. XX asr o`zbek she’riyatida poetik obraz va uning tadriji. 

Obraz juda 

keng tushuncha. U olam – obyektiv borliq va ijodkor – subyektiv borliqning o`zaro 

«to`qnashuvi»dan paydo bo`ladi. Obraz – bu voqelikdan ko`chirilgan  nusxa emas. 

Unda  ijodkorning  individual  yondashuvi  aks  etadi.  Agar  mana  shu  yondashuv 

bo`lmaganda  edi,  badiiy  adabiyotdagi  obraz  tushunchasi  o`zining  ko`p  qatlamli 

mohiyatini yo`qotgan bo`lardi. Chunki aynan obrazga yuklangan individuallik alal-

oqibatda uning jozibasini oshiradi, ya’ni obrazni turli-tuman nuqtayi nazardan turib 

baholash, talqin etish imkonini beradi. 

Obrazning kuchi, jozibasi yana shundaki, u shoir ifodalamoqchi bo`lgan fikr, 

his-tuyg`u va kechinmani ma’no jihatidan tovlantirib beradi. Ya’ni o`z kayfiyatini 

ayniqsa, ramziy obraz orqali aks ettirgan shoir shu narsaga erishadiki, endi uni har 




 

 

o`quvchi  o`ziga  tanish  manzaralarda  tushunadi.  U  yaratgan  obrazlar  muxlislar 



qalbida yangidan inkishof etiladi. Shu ma’noda har bir o`quvchining yuragida o`z 

«Go`zal»i,  (Cho`lpon),  o`z  «Na’matag»i  (Oybek)  va  o`z  «Tilla  baliqcha»si 

(A.Oripov)  yashaydi.  Demak,  shoir  obraz  orqali  fikrlay  boshlaganda  fikrini 

oxirigacha  aytmaydi.  Chunki  bu  ishni  o`quvchining  o`zi  bajaradi.  Shu  tarzda 

san’atning, she’riyatning estetik ta’sir maydoni kengayib boradi. 

60-yillar oxiri va 70-yillarga kelib davr yana o`zgarishga yuz burdi. Chunki 

Stalin  vafotidan  so`ng  mamlakatda  ko`z  ochgan  iliqlik  kayfiyati  sekin-asta  o`z 

mevasini  bera  boshlagandi.  Natijada  poetik  obrazning  zimmasiga  yuklanadigan 

badiiy yuk ham yangilandi. Dastlab rus adabiyotida nish urgan erkin tafakkurning 

kurtaklari  o`zbek  shoirlarining  she’rlarida  ham  ko`rina  boshladi.  Shoirlar  o`z 

e’tiborini sotsialistik qurilishlarning dabdabasidan olib, ko`ngilga qaratdilar, o`zini 

o`zi taftish eta boshladilar. Insonning baxti va baxtsizligi haqida o`yladi. R. Parfi, 

A.  Oripov,  E.  Vohidov  kabi  shoirlarning  she’rlaridagi  eng  yashovchan  obrazlar 

(masalan, R. Parfida «Bir qushcha derazam yonida» she’ridagi qushcha obrazi) ana 

shu  zayilda  dunyoga  keldi.  70-yillarning  o`rtalaridan  boshlab  esa  tag`in  bir  yangi 

avlod  she’riyatida  o`zgacha  poetik  obrazlar  kezib  qoldi:  bu  yerdagi  lirik 

qahramonlar  jamiyatni  va  insonni  tuzatishga  astoydil  bel  bog`lagan  adolatparvar, 

vatanparvarlar  obrazlari  bo`lib  maydonga  chiqdilar.  Bu  holni  Sh.  Rahmon,            

X. Davron, U. Azim kabi shoirlarning she’rlari misolida kuzatish mumkin. 

Jonim-jigarimsan, 

Sen-da odamsan, 

Loaqal ko`zingda bir yosh ko`rsaydim, 

Loaqal qovushib qolgan qo`lingda 

Yovlarga atalgan bir tosh ko`rsaydim. 

                                                              (Sh. Rahmon) 

She’rning  1983-yilda,  ya’ni  yurtimiz  hali  istiqlolga  erishmagan  bir  tarixiy 

pallada  yozilganini  eslasak,  masalaning  mohiyati  teranroq  anglashiladi.  She’rda 



 

 

vatan uchun kuyib yonayotgan obraz mavjud. Bu obraz millatparvar, vatanparvar, 



ozodlik yo`lida jonini berishga tayyor qahramon bo`lib gavdalanadi. 

Bo`linib boryapman ming bir bo`lakka, 

Xotiram yo`qlikka qorishib ketdi. 

Selday oqib ketdi ko`ksimdan yurak, 

Faqat xayol toshday qotdi boshimda. 

Chinorning tagida bo`linib yotibman, 

Shunda bir so`z bargday labimga qo`nar: 

«Vatan» deyman, takror aytamen «Vatan»… 

Birlasha boshlaydi yurak, aql, tan… 

                                                                           (U. Azim). 

Hayot  so`qmoqlarida  bo`linib  borayotgan  insonni  tiklashga,  uning 

parchalarini  qayta  birlashtirishga  qodir  yagona  kuch  –  shoir  nazarida  –  Vatandir. 

Mana  shu  tarzda  U.  Azim,  X.  Davron  va  Sh.  Rahmonlar  she’riyatida  Vatan  bir 

ulkan poetik obraz sifatida bo`y ko`rsatadi. Bu obraz she’rga ko`chib yashaydi va 

takomillashadi. 

Har  bir  tarixiy  davr  o`zining  muammolari  bilan  yashaydi.  Bunday  yashash 

davr  kayfiyatini  belgilaydi  hamda  ayni  kayfiyatni  o`zida  mujassam  etadi,  uni  aks 

ettiradi.  Demak,  she’riyatdagi  obrazlar  ham  o`z-o`zidan  shu  davr  kayfiyatining 

o`ziga  xos  modellari  sifatida  dunyoga  keladi.  Biz  poetik  obraz  mohiyatiga  kirib 

borar  ekanmiz,  o`z-o`zidan  mazkur  obrazni  yaratgan  davr  kayfiyati  bilan  ham 

tanishib  boramiz.  Yana  har  bir  davr  muayyan  poetik  obrazning  tabiatidan  o`ziga 

yaqin va tanish bo`lgan nimalarnidir topib oladi. Bu esa obrazning umrboqiyligini 

ta’min etadigan omillardan sanaladi. Ko`rinadiki, obraz bu – umumlashma maket. 

U  shunday  bir  tramplinki,  u  yerdan  o`quvchi  o`z  imkoniga  –  ma’naviy  estetik 

tayyorgarligiga qarab, istagan tomoniga uchib ketishi mumkin. (Albatta, obrazning 

mohiyati va tabiati bergan imkon doirasida). 




 

 

She’riyatda (umuman, san’at sohasida) yaratilgan obrazlar mohiyatini tadqiq 



etish shoir (san’atkor)ning voqelik bilan munosabatiga oydinlik kiritadi. V. Xalizev 

obrazning  ikki  xilini  ajratadi:  anglam  fenomeni  sifatidagi  obraz  va  tasavvurning 

hissiy  (ko`rish  va  eshitish  vositasida)  gavdalanishi  orqali  hosil  bo`luvchi  obraz. 

A.Potebnya  esa  «Fikr  va  til»  nomli  tadqiqotida  obrazni  «tasavvurning  qayta 

ishlanishi»  deb  ataydi.  V.  Xalizev  ayni  «obraz»ni  san’at  nazariyasi  uchun  eng 

o`rinli  ekanini  qayd  etadi.  Albatta,  obraz  turli  xil  bo`ladi:  uning  ilmiy-ilyustrativ, 

faktik va  badiiy  ko`rinishlari haqida ko`p yozilgan. Shulardan badiiy  obraz  ayrim 

hollarda  o`ylab  topilgan  bo`lishi  ham  mumkin.  Uning  aynan  o`xshashi  – 

ekvivalenti  real  hayotda  bo`lishi  shart  emas.  Ammo  bu  –  badiiy  obraz  hayotdan 

tamoman  uzilgan  bo`lishi  mumkin,  degani  emas.  Har  qancha  o`ylab  topilgan 

bo`lmasin,  o`zining  mohiyat-e’tibori  bilan  kishilik  turmushining,  uning 

ko`nglining  qaysi  bir  holatlari  in’ikosi  sifatida  dunyoga  kelgani  bois,  bunday 

obrazlar  ham  hayot  bilan  chambarchas  bog`langan  sanaladi.  Hatto  badiiy 

obrazning  mohiyati  romantik  bo`lsa  ham,  baribir,  u  insoniyatning  xayol  va 

orzularini aks ettirganiga ko`ra real zaminga ega hisoblanadi. 

Keyingi  vaqtlarda  obraz  tushunchasida  muayyan  o`zgarishlar  yuz  bergani 

to`g`risida  yozilyapti.  Chunonchi,  semiotika  fanining  asosiy  tushunchasi  –  belgi 

ayrim  o`rinlarda  obrazga  teng  ma’noda  qo`llana  boshlangani  haqida  ilmiy 

qarashlar  ilgari  surilmoqda.  Lekin  chuqurroq  mushohada  etilsa,  belgi  obraz 

zimmasiga  yuklangan  vazifani  to`la-to`kis  bajara  olmasligi  ayon  bo`ladi.  «Belgi 

obraz  degan  an’anaviy  tushunchani  bekor  qilmadi,  lekin  unga  o`zga  –  yanayam 

keng ma’no kontekstini bag`ishladi» deb yozadi Ye. Xalizev. Ushbu nazariy fikrni 

inkor  qilmagan  holda,  aytish  joizki,  belgi  obrazga  eltuvchi  yo`ldagi  ko`rsatkich 

ishoralaridir. Obraz ana shunday belgilarning muayyan  maqsad sari yo`naltirilgan 

tizimiga  teng.  Bu  degani  shuki,  belgi  har  doim  ham  obrazga  teng  emas.  Ayrim 

hollardagina  muayyan  belgi  obraz  darajasiga  chiqishi  mumkin.  Aslida  obraz 

belgiga  nisbatan  ancha  keng  va  salmoqli  tushuncha.  Mana  shuning  uchun  ham 



 

 

shoir  yaratgan  obrazlar  mazmun-mohiyatini  tekshirish  orqali  uning  butun  ijodi 



mohiyatini  anglash  mumkin  bo`ladi.  Uning  ijodida  belgilar  juda  ko`p  uchrashi 

mumkin,  biroq  haqiqiy  obrazlarning  butun  boshli  galareyasiga  duch  kelish 

qiyinroq.  Ko`rinadiki,  XX  asr  o`zbek  she’riyati  tong  otarida  millat,  yurt  ozodligi 

uchun, uning ma’rifatli bo`lishi uchun jonini ham tikishga tayyor qahramon obrazi 

mavjud  edi  (Cho`lpon,  Fitrat  she’rlarida).  Keyin  esa  bu  obraz  istar-istamas  “qizil  

imperiya”ni  “madh  etish”ga  tortilib  ketdi.(U.  Nosir,  H.  Olimjon,  G`ayratiy, 

G`.G`ulom va qisman Oybek she’riyatida). Ikkinchi jahon urushi yillarida bo`lsa, u 

«qo`lingga qurol ol» murojaatiga amal qilib, fashistlarga qarshi kurashga safarbar 

etildi. Urushdan keyin va to 60-yillarning o`rtalariga qadar esa she’riyatdagi obraz 

go`yo  nafas  olmay  qo`ydi.  Uning  bor-yo`qligi  bilinmay  qoldi.  Chunki 

ta’kidlanganidek,  har  bir  davr  obrazga  muayyan  g`oyaviy,  badiiy,  estetik  va 

ma’naviy  yuk  yuklaydi.  Shundan  kelib  chiqadigan  bo`lsak,  urushdan  keyingi       

15-20  yillik  muddat  mamlakatimizning  siyosiy-iqtisodiy  tarixiga  tiklanish  degan 

nom  ostida  kirgan  bo`lsa  ham  ma’naviy  hayotimizda  chinakam  turg`unlik  davri 

bo`ldi. Bu esa adabiyotga o`z ta’sirini o`tkazmay qo`ymadi. Chunki obraz muallif 

va tashqi dunyo o`rtasidagi o`ziga xos aloqa vositasidir. Obraz obyektiv borliq va 

shoir – subyekt o`rtasida barpo etilgan eng ishonchli ko`prik. Hassos o`quvchi bu 

ko`prik  orqali  bir  vaqtning  o`zida  ham  shoirning  badiiy  estetik  olamiga,  ham  u 

yashagan  davrning  g`oyaviy-ma’naviy  sarhadlariga  sayohat  qilishi  mumkin. 

Shunday ekan, obraz bu – obyekt – real borliq bilan subyekt – muallif uchrashgan 

lahzada o`rtada paydo bo`lgan jamiki muloqotlarning ong va qalbdagi suvratlariga 

teng.  Bunday  obraz  har  bir  ijodkor  uchun  uning  o`zigagina  tegishli  muloqot 

sanaladi. 

Poetik  obraz  o`z-o`zicha  yashamaydi.  U  badiiy  g`oya  va  ko`pdan  ko`p 

badiiy  detallar  bilan  birgalikda  muayyan  uzilmas  halqani  tashkil  etadi.  Ayni 

chog`da ta’kidlab aytish joizki, ba’zi hollarda badiiy obraz ma’lum bir she’rni tutib 




 

 

turgan  badiiy  komponentlarning  jamlanmasi  –  yagona  suvrati  tarzida  ham 



namoyon bo`lishi mumkin. 

Shoir  poetik  obraz  orqali  tushuncha,  fikr  va  qarashlar  maketini  yaratishi 

mumkin.  Bunday  maket  o`zining  ichki  mazmuniga  ko`ra  universal  bo`ladi.  Shu 

ma’nodaki,  u  o`quvchining  dunyoqarashi,  adabiy  tayyorgarligi,  maqsadi  va 

boshqasiga  qarab  turib  turli-tuman  talqinlar  eshigini  ochib  boraveradi.  Bas, 

shunday ekan, ishonch bilan aytish mumkin: ijodkorlar badiiy obraz orqali fikrlay 

boshlashi uning chinakam san’at olamiga qadam qo`yganidan dalolat beradi. 

Demak,  60-yillarning  o`rtalarigacha  davom  etgan  ma’naviy  turg`unlikdan 

so`ng o`zbek she’riyatida yangi sahifa ochildi. Chunki bu ishni yangilangan poetik 

tafakkurning  mevasi  –  yangi  obraz  ado  etgan  edi.  60-  va  70-yillarning  avvalida 

she’riyat maydoniga kirib kelgan poetik obraz avvalgilardan yaqqol ajralib turardi. 

U  o`z  vatanini,  o`z  ona  tilini,  o`z  munis  xalqini,  uning  qadriyatlarini  jon  dilidan 

sevishini  aytishdan  cho`chimaydigan  qahramon  edi.  U  o`z  nigohini  sobiq 

imperiyaning  madhiyabozlik,  dabdabasidan  olib,  o`zining  va  yonidagi  insonning 

ko`ngliga  qaratgandi.  Ko`ngilni  kuyladi,  uning  dardlarini  tarannum  etishni 

she’riyatning bosh omili deb bildi. 70- va 80-yillarda esa she’riyatda yana bir obraz 

paydo  bo`ldi.  U  murosasiz  chiqdi.  Uning  adolatparvarligi  va  vatanparvarligi        

60-yillar  avlodinikidan  o`tib  tushdi.  Ularning  urinishlari  ijtimoiy  dardni  o`zining, 

shoirning  dardiga  aylantirgan  Cho`lponning  chirpanishlarini  yodga  solardi.  ya’ni 

bu  avlodda  ham  xuddi  Cho`lpon-u  Fitratda  bo`lgani  kabi  shoirlik  va  fuqarolik 

burchlari birlashib ketdi. Natijada she’riyatda jangovar, adolatparvar, vatanparvar, 

elparvar  qahramonning  poetik  obrazi  dunyoga  keldi.  Bu  narsa  ma’lum  ma’noda 

ijtimoiy publitsistikani, yalang`och g`oyaparastlikni ham yuzaga chiqardi. 

90-yillarga  kelib,  ya’ni  yurtimiz  istiqlolga  muyassar  bo`lgandan  keyin  esa 

she’riyat  zimmasidagi  ayrim  ijtimoiy  buyurtmalardan  xolos  bo`lib,  nazmning 

azaliy tamoyillariga yuz burdi. Demak, har qanday davr she’riyatini olib  o`rganib 

chiqsak, shu narsaning shohidi bo`lamizki, uning o`ziga xos uslubi, ifoda yo`sini, 



 

 

ohangi,  g`oyalari  tagzaminida  o`z  davrining  siyosiy-tarixiy,  ijtimoiy-iqtisodiy, 



ma’naviy-ruhoniy  evrilishlari  yotadi.  Bu  evrilishlar  shoir  ijodida  betakror  poetik 

obrazlarda aks ettirilsagina she’rning zamonlar sinovidan o`tishiga umid qilinadi. 

 


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə