Navoiy davlat pedagogika instituti


II BOB. BUGUNGI O`ZBEK SHE’RIYATIDA SHAKLIY



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix24.02.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#84059
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bitiruv malakaviy ishi mavzu Hozirgi o`zbek she’riyatining tara

                               II BOB. BUGUNGI O`ZBEK SHE’RIYATIDA SHAKLIY  

IZLANISHLAR. 

II.1. She’riyatda ramziylik. 

Ramz (simvol) – grekcha “syumbol”so`zidan 

olingan bo`lib, qadimgi greklarda maxfiy bir tashkilot a’zolarining bir-birini tanib 

olish  uchun  qo`llanilgan  shartli  belgini  anglatgan.  Badiiy  adabiyotda  ramz  keng 

foydalaniladigan  tasvir  usullaridan  biri  bo`lib,aniq  tasavvur  etish  qiyin  bo`lgan 

hodisa yoki tushunchalarni odamlarning ko`z oldida yaqqol keltiradigan  narsalar 

orqali  ifodalashni  bildiradi.

1

  Umumta’lim  maktablari  uchun  yaratilgan  adabiyot 



darsliklarida ramz va ramziy obrazlilikka quyidagicha nazariy ma’lumot beriladi: 

“Ramz-ko`chimning  keng  tarqalgan  turlaridan  biridir.  O`quvchi  anglashi 

murakkabroq  bo`lgan    mavhum  axloqiy  sifatning  shu  sifatlarga  ko`proq  ega 

bo`lgan  narsa  va  jonivorlar  orqali  ifodalanishiga  ramz  deyiladi.  Ramz 

adabiyotshunoslik  fanida  timsol  yoki  simvol  atamalari  bilan  ham  yuritiladi. 

O`zbek  adabiyotida  may-  hayot  ramzi,  chumoli-  mehnatsevarlik,  gul-  ma’shuqa 

ramzi, burgunt-mag`rurlik ramzi va h.k. tarzida qadimdan qo`llanib kelingan.”

2

 



Mustaqillik  she’riyatidagi  o`ziga  xoslik  va  ifoda  yo`sinining  bir-birini 

takrorlamasligi,  she’riyatda  ramziy  va  shakliy  izlanishlarning  samarasidir. 

Adabiyotshunos  olim  Yashar  Qosim  “Yangi  o`zbek  lirikasida  ramzlar”nomli 

maqolasida    shoir  Abdulla  Oripov  ijodidagi  ramziy  obrazlarni:  bulut,  mitti 

yulduz, burgut, giyoh, buloq, dorboz orqali tahlilga tortadi.

3

 



Bugungi  o`zbek  she’riyatining  an’anaviy  tasvir  uslubidan  farq  qiluvchi 

yangicha obrazlar, kutilmagan ramziy ifodalar, qochirimlar tazod va parodokslar, 

                                                           

1

 Adabiyot nazariyasi. 1-jild. Toshkent, 1978 yil, 59-bet 



2

 O’zbek adabiyoti (7-sinf uchun darslik-majmua)-Toshkent, “O’qituvchi” nashriyoti, 1997-yil, 112-bet.  

3

 Yashar Qosim. Yangi o’zbek lirikasida ramzlar // O’zbek tili va adabiyoti jurnali,5/1998-yil, 3-8-betlar 




 

 

eng  muhimi,  betakror  serohang,  serma’no  ifodalar  bilan  kitobxonni  o`ylantiradi. 



Fikrning  ixcham,  lo`nda  shaklda  ifodalanishi,  zamonamiz  va  zamondoshimiz 

ruhiy  olamini  yangi  jihatlardan  poetik  tadqiq  etish  –  insonning  bezovta  ruhini, 

dardlarini  tasvirlash  borasida  erishgan  yutuqlari  o`zbek  she’riyati  yangi  poetik 

sarhadlarni kashf etayotganligidan dalolatdir. 

Badiiy adabiyotda obraz asosiy maqsad, fikr va g`oyani ifoda etuvchi vosita. 

"Obraz  -  poeziyaning  na  vaqt,  na  poetik  o`zgarishlar  xavf  sola  oladigan  eng 

ustuvor, balki yagona elementi

4

" ekanli ilmiy-nazariy adabiyotlarda ko`rsatiladi. 



Badiiy  obrazni  shakllantiruvchi  muhim  omillardan  biri  obrazlilik 

hisoblanadi"

5

.  Obrazli ifoda, obrazli nutq deganda, odatda, tor ma’nodagi tasviriy 



vosita, ibora va ko`chimlarga boy nutq tushuniladi. Keng ma’noda obrazlilik davr, 

voqelik,  manzaralar,  ruhiyat  tasvirini  tasavvurda  jonlantirish  hodisasidir. 

San’atning ba’zi turlarida tasvir obyektlari cheklangan. "Ammo badiiy adabiyotda 

hayotning  barcha  tomonlarini  jonli  obrazlarda  aks  ettirish  mumkin.  Buning  boisi 

adabiyotning tasvirlash quroli so`z mulkining o`zidan iborat ekanligidir"'.

6

 



Obrazlilik  -  so`z  orqali  tasvir  yaratish  san’ati.  Obrazli  ifoda  qahramonlar, 

voqealarni  o`quvchi  ko`z  oldida  gavdalantirib,  ularning  ruhiy  kechinmalarini  o`z 

boshidan  kechirgandek  taassurot  uyg`otadi.  Kuchli  obrazlilikka  yo`g`rilgan  asar 

tashbeh-u istioralarsiz yaratilganda ham badiiy qimmatini yo`qotmaydi.  

She’riyatda  shoir  oniy,  bir  lahzali  kechinmalar  orqali  yuzaga  keladigan 

butun  g`oyaviy-estetik  mazmunni  obrazga  singdirishi,  ruhiy  holat,  his-tuyg`ular 

tadrijini  namoyon  eta  olishi  kerak.  Ishqiy  lirikada  bu  jihatdan  an’anaviy  oshiq  va 

ma’shuqa,  raqib  va  do`st  obrazi  yetakchilik  qiladi.  Poetik  timsol  va  ramzlar  shu 

to`rt  obrazdan  birining  g`oyaviy-estetik  qarashlarini  himoya  qilish  uchun  xizmat 

qiladi. «Bulbul», «parvona», «samandar», «chug`z» oshiq; «tabib», «gul», «sham» 

kabilar  ma’shuqa,  go`zallik;    arslon  yo  shunqor  –  mardlik;  tulpor,  g`oz,  turna  – 

                                                           

4

 Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik.1-jild, Toshkent, 1978-yil, 119-bet 



5

 Qarang: Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik.1-jild, Toshkent, 1978-yil, 119-bet 

6

  O’sha asar, 120-bet 




 

 

do`st,  elchi  timsoli  sanalib,  tashbeh,  istiora  yordamida  shakllanadi.  Poetik  timsol 



ikki  jihatni  o`zida  namoyon  etadi:  birinchisida  badiiy  timsol  lirik  qahramonga 

yonma-yon  qo`yib  qiyoslanadi,  ikkinchi  holatda  esa  u  bevosita  lirik  qahramon 

o`rnida keladi. 

 Folklorshunos  olim  Shomirza  Turdimov  xalq  qo`shiqlaridagi  ramziy 

obrazlarni teran tahlil etib o`tgan. Uzuk, olma, mayiz, ro`mol kabi narsa-predmet, 

ranglar,  ayrim  samoviy  jismlar,  tabiat  hodisalari,  jang  qurollari  esa  ramz 

hisoblanib,  obrazning  fikr-maqsadini  ifodalash  yo`lida  maxsus  ko`rsatkich 

vazifasini  o`taydi.  Chunki  ramz  bu  -  belgi,  alomat  orqali  mohiyatga  ishora.  U 

ko`rgazmalilik, badiiy shartlilikka suyanadi. 

Olma otdim daryoga,  

Qalqidi-yu, cho`kmadi.  

Erginamning o`tlari 

          Lovulladi, o`chmadi.

7

 



She’rda  olma  -  muhabbat  ramzi.  Muhabbat  olmaning  alohida  ajralib 

turadigan  xarakteri  emas,  shuning  uchun  u  timsol  bo`lolmaydi.  Ijrochi  o`z 

tuyg`ularini to`g`ridan to`g`ri oshkor qilmay, "olma otish" orqali maqsadiga ishora 

qilgan.  Bu  jihatdan,  lirik  qahramon  va  kuy,  cholg`u  munosabati  alohida  e’tiborga 

loyiq. 

N.Kostomarov simvol - obraz va simvol - belgini bir-biridan farqlab, ramzlar 

sun’iy ravishda qabul qilinib, o`ta shartli mazmunga egalitini ta’kidlagan. Timsol 

faqat  adabiyot  va  san’atga  daxldor  tushuncha  hamda  tabiiy,  asliy  asoslarga  ko`ra 

vujudga  keladi.  Ramzlar  esa  ilmiy-texnik,  ijtimoiy  yo`nalishlarda  ham 

uchraydigan, maqsadli tarzda yaratilgan maxsus belgilardir. Bayroq, gerb - davlat 

ramzi. 

 Adabiyotshunos  olima  Dilorom  Hamroyeva  o`zining  “Obraz,timsol  va 

ramz”  nomli  maqolasi  shunday  yozadi:  “Poetik  ramzlarda  shartli  ishora  badiiy 

mazmun  kasb  etadi.  Shoir  falak,  charx,  gardunni  tilga  olsa,  ayriliq  va  hijrondan 

                                                           

7

 O’zbek xal q qo’shiqlari. Toshkent, 1985- yil, 57-bet 




 

 

so`z ochadi. Ammo charx, gardun ayriliqni ifodalamasligi ham  mumkin. Ramzlar 



shartli  belgi  bo`lgani  uchun  o`zgaruvchandir.  Vaqt  o`tishi  bilan  ba’zan  ijtimoiy 

davr,  ruh  oqimlar  ta’sirida  o`z  ma’nosini  o`zgartiradi.  Ya’ni  ramz  muallif 

maqsadiga ko`ra qo`llanilib, ma’nosi matn ichida, keyingi misralarda anglashiladi. 

Zamiridagi  yashirin  ramziy  ma’no  faqat  shu  matn  doirasida  qolib  ketishi  ham 

mumkin.  Ayrim  oqim,  ta’limot,  yo`nalishlarga  tegishli  ramzlarni  o`z  maxsus 

kitoblari  yordamidagina  sharhlash  mumkin.  Timsollar  esa  boshqa  asar  yoki 

voqelikka  ishora  qilib,  mazmunni  o`zida  tashiydi”

8

.  Shuning  uchun  ramz  timsol 



singari  muayyan  bir  tushuncha  doirasida  an’anaviylashmaydi.  Balki  bir 

predmetning o`zi ramz sifatida turli davr, millat, guruhlar tomonidan turlicha talqin 

etiladi. Masalan, qon - tiriklik ramzi, hayotdan darak beradi.  

Ramziylik  she’riyatning  o`quvchini  mushohadaga  undaydigan,  yashiringan 

sir-u  asrorlarni  topish  talablarini  ham  qo`yadi.  Bugungi  kun  she’riyatidagi 

metaforik,  ko`chimning  turlari:  ramz,  istiora  va  majoz  kabi  turlari  keng 

qo`llanilmoqda.  Adabiyotshunos  olimlar  B.Sarimsoqov  va  E.Ochilovlarning 

“Hozirgi o`zbek she’riyatining taraqqiyot tamoyillari” suhbat-maqolasida  bugungi 

she’riyatdagi ramziy ifodaviylikdagi yangilanishlar va ularning obrazlilik mohiyati 

xususida  bahs  boradi.

9

  Umuman,  keyingi  yillar  she’riyati  adabiyotshunoslikda 



ko`plab  bahslarga  sabab  bo`lmoqda.  Bu  borada  Q.Yo`ldoshevning  “Yoniq  so`z” 

kitobiga  kiritilgan  maqolalar,  M.Yo`ldoshevaning  “She’r  muhimmi,  shoir?”, 

U.Hamdamning  “Badiiy  tafakkur  tadriji”  hamda  N.Rahimjonov,  Sh.Hasan, 

B.Ro`zimuhammadlarning  ilmiy  maqolalarida  she’riyatdagi  shakliy  o`zgarishlar, 

so`z  qo`llash,  ifodaviylikning  turli  qirralari  tahlilga  tortilmoqda.  Buni 

adabiyotshunos  olim  Q.Yo`ldoshev  shunday  izohlaydi:  “...o`tkir  gap  aytish,dono 

fikr  bildirish,  nasihat,  aql  o`rgatish  emas,  balki  inson  ruhining  murakkab,  ismsiz 

manzaralarini    aks  ettitirshga  e’tibor  kuchaydi.  Hissiyot  qatlamlarini  tadqiq  etish, 

                                                           

8

  Hamroyeva D. Obraz,timsol va ramz.  / O’zbek tili va adabiyoti jurnali, 4-son, 2008- yil, 74-bet 



9

 Sarimsoqov B., Ochilov E.Hozirgi o’zbek she’riyatining taraqqiyot tamoyillari // O’zbek tili va adabiyoti jurnali, 

2007-yil, 3-son 



 

 

odam  ruhiyatidagi  boy  va  rangin  iqlimlarni  poetik  kashf  etishga  urinish 



kuchaydi”.

10

 



Milliy  mustaqillikning  ijtimoiy-siyosiy  ko`rinishi  bu  milliy  mafkura  bilan 

xarakterlanadi.  Milliy  isiqlolning  asosiy  shartlaridan  biri  mafkuraviy 

mustaqillikdir. U o`zida millat taraqqiyotining g`oyaviy yo`nalishini aks ettiradi. 

Mafkura  o`z  mazmuni  va  mohiyatiga  ko`ra  ham  yangilayotgan  jamiyatning 

yo`nalishini, uning qiyofasini belgilab beradi. Milliy mafkura taraqqiyotida milliy 

an’analarga,  qadriyatlar,  madaniy  merosiing  ahamiyati  katta.  Chunki 

mafkuraning  milliylik  xususiyatlari  xalqning  an’analari  va  qadriyatlaridan  kelib 

chiqadi.  Mafkura  konsepsiyasi  esa  xalqning  tarixiy  rivojlanishidagi  tajribalarini 

asos  sifatida  qabul  qiladi.  Bu  o`rinda  esa  milliy  an’analar  va  qadriyatlar  millat 

mafkurasiga ham mohiyat, yo`nalish, mazmun va shakl beradi. Shu boisdan ham 

milliy  mafkura  taraqqiyotini  milliy  an’analarsiz  tasavvur  qilib  bo`lmaydi,  Bu 

borada  lirika  katta  rol  o`ynaydi  va  o`ynayapti.  Bunga  Shavkat  Rahmonning 

she’riyati  yaqqol  misol  bo`ladi.  Uning  «Bo`sag`a»  she’rida  quyidagi  satrlarni  

o`qish mumkin: 




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə