Navoiy davlat pedagogika instituti


Darsda axborot texnologiyalaridan foydalanish



Yüklə 77,8 Kb.
səhifə2/6
tarix02.03.2022
ölçüsü77,8 Kb.
#84276
1   2   3   4   5   6
28TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYASIDAN

2.Darsda axborot texnologiyalaridan foydalanish

Texnologiya - so‘zi yunoncha (techne) san’at, mahorat, o‘quv ma’nolarini anglatadi, bu esa jarayonlar demakdir.

Jarayon deganda oldinga qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan harakatlarning muayyan yig‘indisi, jamlanmasi tushuniladi. Axborot texnologiyalarning maqsadi inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir hatti-harakatni bajarish bo‘yicha qaror qabul qilishdan iboratdir.

Axborot texnologiyalarini tatbiq etish iqtisodiyot, fan, ta’lim va boshqarishning barcha sohalarida davom etmoqda. Axborot texnologiyalarining fan va ta’lim sohasidagi asoslari bo‘lgan ko‘plab zamonaviy texnika vositalari: kodoskop, audio va video magnitofonlar, televizor, kompyuter, skaner, mikrofon, kolonka, videoko‘z, videoproyektor va nusxa olish apparatlaridan dars berish jarayonida maksimal foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.

Axborot texnologiyasi – bu ob’yekt, jarayon yoki hodisalar holati haqidagi ma’lumotlarni bir ko‘rinishdan ikkinchi, sifat jihatdan mutloq yangi ko‘rinishga keltiruvchi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash o‘zatishning vosita va usullari majmuasidan foydalanish jarayonidir.

Hayotiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo‘ladi va natijalarga qarab qaysi usuldan foydalanishni o‘zingiz belgilab olasiz.

2. Multimedia vositalari

Multimedia vositalari o‘qitish jarayonida foydalanish o‘qitishning sifati va samarasini oshirib o‘rgatishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Multimedia vositalari bilan olib borilgan saboq o‘quvchining darsga bo‘lgan qiziqishini va bilim olish saviyasini oshiradi.



Yüklə 77,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə