|
![](/i/favi32.png) "Navro 'z" bayramini о 'tkazish ssenariysi
|
səhifə | 12/13 | tarix | 16.03.2023 | ölçüsü | 47,68 Kb. | | #102616 |
| Navro \'z bayramini î \'tkazish ssenariysiNavro’zoy: Salom mening qadrdonlarim! Ollohga shukronalar bo’lsin siz – la diydor nasib etganiga mana 4 000 yil bo’lyapti, silzar bilan birgaman. Mustaqillik sharofati bilan men qad rostladim, bugun esa ezgulik va poklanish bayrami bilan sizni qutlash baxtidan mamnunman
Bahoroy:
Dimoqqa yalpizlar nafasi urar
Yurakda muattar chechaklar kular
Bir suluv kelinchak salomga kelar
Qadaming qutlug’ bo’lsin, aziz mehmonim
Navro’zing muborak O’zbekistonim
Navro’zoy:
Istiqlol tongida dillar chulg’ondi
Yuraklar to’lg’onib, dillar uyg’ondi
Navro’z navolari jonni yayratib
Ona yurt og’ushi dilga burkandi
Hurlik Navro’zida aytingiz alyor
Alyorlarga jo’r bo’lsin so’z ila ash’or
Navro’z - bahor bayrami. O’lkamizda bahor – yilimiz o’z umrini yangidan boshlaydi. Yurt soya – salqin bo’lsin, o’tgan – ketganlar rohatlansin deb, navro’zgacha yo’llarga ko’chat, bolalarga atab hovli va bog’larda meva nihollari ekiladi. Ko’chalar tozalanib, ariqlar qaziladi. Hammyoq supurib sidiriladi.
Navro’zga atab yoshlar rang – barang kiyimlar tikadilar. Qariyalarga sarpo tayyorlanadi. Navro’z uchun uzum, qovun, olma kabi yoz mevalari saqlangan bo’ladi. Shinni, qiyomlardan tashqari, turli qandolatlar, sumalak pishiriladi.
Bayram urf – odatlari
Navro’zda uy – joyni tozalaydilar
Navro’zga qadar daraxtlar tanasini oqlaydilar
Navro’zda bug’doy undirib, sumalak pishiriladi
Navro’zda yaxshi niyat qiladilar
Navro’zda navro’z taomlari pishiradilar
Navro’zda araz – ginalarni unutadilar
Navro’zda qarindosh – urug’larga boradilar
Navro’z kuni ota – ona qabrini ziyorat qiladilar
Navro’zda g’iybat qilmaydilar
Navro’zda otni, itni urmaydilar
Navro’z kuni bemorlarga bayram taomlari jo’natadilar
Tabrik uchun so’z navbati maktab ma’muriyatiga beriladi
Qo’shiq va raqs: Bahorim mening!
Tadbirimiz tugadi, diqqat e’tiboringiz uchun rahmat xayr
*************************************
Dostları ilə paylaş: |
|
|