Navro'zing muborak



Yüklə 48,35 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü48,35 Kb.
#156038
tadbir ssenariysi


" Navro'zing muborak " nomli bayram tadbiri
ssenariysi

Maktab hovlisi bayramona sharlar, gullar bilan va navro'z bayramiga


oid shiorlar bilan bezalgan. Tadbirga mahalla vakillari, faxriy
ustozlar, ota- onalar hamda o'qituvchi va o'quvchilar ishtirok etadilar.
Bayram tadbirlaridan avval sinflararo " Bahor taomlari - Navro'z ko'rki"
nomli tanlov o’tkaziladi. Tanlovda barcha yuqori sinf o'quvchilari o'zlari
tayyorlagan bahor taomlarini dasturhonga tortadilar. " Navro'z shukuhi " nomli 5-6
sinf o’quvchilari ishtirokida rasmlar tanlovi o’tkaziladi. Maktab xovlisida shu
mavzudagi rasmlar molbertlarga joylangan. Hakamlar hayati
taomlarni turlariga, sifatiga, mazzasiga dasturxonning bezalishiga ko'ra va rasmlarni
ham baholaydilar. So'ng bayram tadbiri namoyish etiladi.

1-boshlovchi:


Assalomdan boshlaymiz kirish so'zimiz.
O'zbekiston deya atalur bizning yurtimiz,
Ko'hna Farg'onaning farzandi o'zimiz.
Kelajagi porloq yurtim senga assalom.

2-boshlovchi


Assalom azizlar qalbi quyoshlar
Mehringiz nuridan bahramand yoshlar,
Biz sizga keltirdik bir oliy iymon,
Bir oliy iymonkim otashin salom.

1-boshlovchi:


Yurtim! Ilhomimga sarchashma o’zing,
Birdek aziz menga yozing, ham kuzing.
Bu kun bahoringga she’r aytmoqchiman,
Vatanim, muborak bo’lsin Naro’zing.
Boshingda hurriyat quyoshing bordir,
O’z tug’ro, bayrog’ing, yurtdoshing bordir.
Maqsading, g’ayrating, bardoshing bordir,
Vatanim, muborak bo’lsin Navro’zing.

Assalomu alaykum deymiz maktabning go'zallikda tengi yo'q, sho'x va


shodon qizlariyu mard va jasur yigitlariga va yana alohida boshimizni egib
ta'zim aylaymiz aziz va mo'tabar ustozlarga, maktabimizga tashrif
buyurgan mehmonlarimizga.

2-boshlovchi:


Biz O'zbekiston yurtini balki maktabimizning barcha yoshlari va
ustozlarini kirib kelayotgan navro'zi ayyom bilan chinqalbimizdan
muborakbod etamiz. Bayramingiz muborak bo'lsin deymiz.

Bahmal yopib yillarga,


Adir dala qirlarga
Gullar olib qo'llarga
Navro'z keldi azizlar.

1-boshlovchi:


Quyosh separ nurlarin
Yerga zarrin nurlarin,
Erkalatib hurlarin,
Navro'z keldi azizlar.
Bugungi "Assalom Navro'z " deb nomlangan bayram tadbirimizni
ochib berish uchun so'zni maktabimiz rahbari Eshmuratova Umidaxon
Sultonxonovnaga beramiz.
Hozirgi navbatni 8 a sinf o'quvchilariga “Bahor valsi” raqsiga beramiz.
Hozirgi navbat 9-b sinf o'quvchilari tayyorlagan bayram dasturiga beramiz.

Bu yerda ushbu bayramning kelib chiqishi saxnalashtirilgan bo’ladi.

2-boshlovchi:
Navro'z bu yil ham dillarga olam-olam quvonch olib kelayotir. Uni
hamma bolalaru qizlar momolaru- bobolar ham sog'inishgan.Chindan ham
ostonamizni hatlay-hatlay deb turgan navro'zni sog'indik.Uni har yilgidek
o'zimiz orzu qiladigan va esda qolarli tarzda nishonlaymiz.
Chunki navro'z biz sevib va kutib nishonlaydigan bayramlardandir.

1-boshlovchi:


Navro'z yasharish bayrami tabiatn uyg'nishi bilan bog'liq bo'lgan kun.
21 mart kecha va kunduz tenglashgan yangi kun ya'niy navro'z bayrami
sifatida sharq xalqlari tomonidan nishonlanadigan milliy bayram
hisoblanadi.

2-boshlovchi


Hozirgi navbatni 9-v sinf qizlari ijrosidagi ajoyib navro'z
haqidagi qo'shiqqa beramiz.

1-boshlovchi


Tarixing ta’rifing dillarda doston,
Quyosb charaqlaydi moviydir osmon.
Hofiz qo'shiq aytar raqs etar jahon
Navro'zjon bu yilga kelishing boshqa.

2-boshlovchi:


Bir yon katta kurash
Bir yon kop kari,
Askiya aytishuv o'lanlar bari
Sevinchbag'ishlaydi keksayu-yoshga
Navro'zjon bu yilga kelishing boshqa.

1-boshlovchi:


Shoirlarimiz ana shunday yurakni larzaga soladigan she'rlar bitishadi.
Hozirgi navbatni ana shunday navro'z haqidagi she'rlarga bersakda va
tinglasak. Marhamat 5 v - sinf o'quvchilari.

1-boshlovchi


Chiroyli kuy sehrida raqqosa qilsa hirom,
Sanoqsiz yulduzlarni o'ziga aylasa rom.

2-boshlovchi:


Tovus misol tovlangan hurmikan parimikan,
Ko'zlar quvonsin qarab ko'ngillar olsin orom.
Marhamat 6-g sinf o'quvchilari tomonidan raqs.

Oldingi zamonlarda yosh o'g'il qizlar qiru adirlarga chiqib har hil aytishuwa


laparlar o'ynashar edi. Hozirgi yoshlarimiz ham bunday ishni eplay
olisharmikan.

2-boshlovchi:


Bilasizm gapingizga umuman tushunmadim bu bilan nimani nazarda
tutayapsiz ?

1-boshlovchi:


Bu bilan nima demoqchiligimni 9-g sinf o'quvchilari tayyorlagan aytishuv
va laparlardan bilib olishingiz mumkin.
Hozirgi navbatni 8-v sinf o'quvchilari tayyorlagan kompozitsiyaga beramiz.

2-boshlovchi:


Zerikarli qishni bahor nafasi hayadab qo'ydi musaffo havo yana o'z
hukmiga kidi.Sharqdan bahor nasimi esib keldi. Olamni bezamoq uchun
biroz yo'lini ochdi.

1-boshlovchi:


Uyquga kegan darabtlar yana yasbil to'n kiydi.Turli tuman chechaklar
qiyg'os ochildi.

2-boshlovchi :


Marhamat 6- a sinf ijrosida raqs.

1-boshlovchi


Ko'hna turon elida navro'zi olam
Yillartutar qo'Hmdan qani ado'stim yur.
Nur sochadi charaqlab navro'zquyoshi,
Sayirgohda yurtimning keksayu yoshi.
Qozonlarda sumalak yoyiq dasturhon
Navro'z olam muborak ey O'zbekiston.

2-boshlovchi:


Navro'z keldi Navro'z Navro'zoy,
Suvlar oqar endi soyma soy
Har tamonda bahorni isi
Bo'g' taratargullarningjismi.
Bir birini qutlar odamlar
G'animat deb go'zal bu damlar,
Navro'z keldi Navro'z Navro'zoy,

Hozirgi navbat 9-g sinf qizlari ijrosidagi raqsga.

1-boshlovchi:
Hozir maktabimizning go'zal qizlariga navbatni
bersakda ular o'z milliy liboslarida chiqib shu liboslariga ta'rif berib o'tishsa.
Shunda biz ham maktabimizning eng go'zal va so'zlash qobiliyatiga ega
qizni, ya'ni maktabimiz malikasini aniqlab olar edik. Hozir har bir sinfdan
bittadan ishtirokchi qiz chiqib biz aytgan shartlarni bajaradi. Bu milliy

liboslar ko'rik tanlovimiz 5 dan 9-sinfgacha bo'lib o'tadi.

1-boshlovchi:
Maktabimizda har hil to'garaklardan tashqari sport
mashg'ulotlari ham tashhkil etilgan. Hozir shu sport
mashg'ulotlariga qatnashuvchilar tayyorlagan nomerni ko'rib
olsakda va bayramimizni davom etkazsak.

2-boshlovchi:


Ishva aylab ko'zu qoshga bir bora raqs bo'lsin,
Yoqib birdek qariyu yoshga bir bora raqs bo'lsin.
Hammaning ko'nglin olib bir bora raqs bo'lsin,
Shodonu bir ohlar solib bir bora raqs bo'lsin.
Marhamat 9-v sinf o'quvxchilari ijrosida raqs.

1-boshlovchi:


Yana bahor keldi yana olamda,
Ajib bir go'zallik ajib bir hayot.
Men seni qutlayman shu lug' damda,
Ulug' yelkadoshim barqaror hayot.

2-boshlovchi:


Tashbeh axtarmangiz ushbu g'azaldan,
Naqd joyda nasiya ne kerak asli.
Sening bir hislating bordir azaldan
Seni atamishlar uyag'onish fasli.

1-boshlovchi:


Shu bilan bugungi navro'z ayyomiga bag'ishlab o'tkazilgan tadbirimizni
yakunlash uchun maktabimiz rahbari Eshmuratova Umidaxon
Sultonxonovnaga so'z navbatini bersak:

2-boshlovchi:


Aziz mehmonlar ustozlar maktabdoshlar, shuning bilan go'zallik
ayyomi Navro'zi olamiga bag’ishlangan bayram tadbirimiz nihoyasiga
yetdi. Sizlarga bahoriy kayfiyat, quvnoqlik, go'zallik hamisha yor bo'lsin.
Yüklə 48,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə