Nazariy qism Qidiruv tushunchasi



Yüklə 13,24 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü13,24 Kb.
#162835
Nazariy qism


Nazariy qism
Qidiruv tushunchasi. Kompyuterda ma’lumotlarni qayta ishlashda qidiruv asosiy amallardan biri bo‘lib hisoblanadi. Uning vazifasi berilgan argument bo‘yicha massiv ma’lumotlari ichidan mazkur argumentga mos ma’lumotlarni topishdan iborat. Ixtiyoriy ma’lumotlar majmuasi jadval yoki fayl deb ataladi. Ixtiyoriy ma’lumot (yoki tuzilma elementi) boshqa ma’lumotdan biror bir belgisi orqali farq qiladi. Mazkur belgi kalit deb ataladi. Kalit noyob bo‘lishi, ya’ni mazkur kalitga ega ma’lumot jadvalda yagona bo‘lishi mumkin.
Bunday noyob kalitga boshlang‘ich (birinchi) kalit deyiladi. Ikkinchi kalit bir jadvalda takrorlansada u orqali xam qidiruvni amalga oshirish mumkin. Ma’lumotlar kalitini bir joyga yig‘ish (boshqa jadvalga) yoki yozuv sifatida ifodalab bitta maydonga kalitlarni yozish mumkin. Agar kalitlar ma’lumotlar jadvalidan ajratib olinib alohida fayl sifatida saqlansa, u holda bunday kalitlar tashqi kalitlar deyiladi. Aks holda, ya’ni yozuvning bir maydoni sifatida jadvalda saqlansa ichki kalit deyiladi.
Kalitni berilgan argument bilan mosligini aniqlovchi algoritmga berilgan argument bo‘yicha qidiruv deb ataladi. Qidiruv algoritmi vazifasi kerakli ma’lumotni jadvalda topish yoki yo‘qligi aniqlashdan iboratdir.
Yüklə 13,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə