Nazorat ishlari daftari



Yüklə 139,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix22.03.2024
ölçüsü139,33 Kb.
#180212
1   2   3   4   5   6   7   8
8-sinf oʻzb nazorat ishi

3-nazorat ishi.
Sana______________________
Test
1. Qachon Chig’atoy ulusining mo’g’ul amaldorlari doirasida o’troqlikka ko’chish, shahar hayotiga
yaqinlashish jarayoni kuchaydi ?
A) XIII asr o’rtalarida B) XIII asr oxirida C) XIV asr birinchi yarmida D) XIV asr ikkinchi yarmida
2. Mo’g’ulistonning qaysi xoqoni soliq va hashar ishlarini tartibga solish to’g’risida maxsus farmon - yorliq
chiqaradi?
A) Kebek. B) Xuloku. C) Munke. D) Shaybon.
3. Yom - bu ...
A) Mo’g’ullar davrida savdo yo’llarida joylashgan bekat.
B) Oltin, kumush, jez va yog’ochdan yasalgan taxtachalar
C) Soliq turi D) Aholidan turli xil yig’im va to’lovlarni olish huquqini beruvchi yorliq
4. Mo’g’ulistonning qaysi ulug’ xoqoni chiqargan maxsus farmonida yomlar bo’ylab pochta xizmati uchun
ajratilgan otlar soni belgilanib, aholidan ortiqcha ot talab qilish man etiladi?
A) O’qtoy B) Munke C) Tulu D) Botu
5. Mas’udbek tomonidan qachon pul islohoti amalga oshirilgan?
A) 1269-yil. B) 1270-yil. C) 1271-yil. D) 1272-yil.
6. Mas’udbek Movarounnahrning nechta shahar va viloyatlarida sof kumush tangalar zarb ettiradi?
A) 13. B) 14. C) 15. D) 16.
7. Mog’ullar davrida shaharlarning ichki hayoti, ayniqsa tovar va pul munosabatlarining tiklanishida..
A) Mas’udbek tomonidan 1271-yilda amalga oshirilgan pul islohoti muhim ahamiyatga ega bo’ladi
B) Mo’g’ullarning o’troq hayotga o’tishi ahamiyatga ega bo’ladi
C) Mo’g’ullar tomonidan yagona ichki bozorning yaratilishi muhim ahamiyatga ega bo’ladi
D) Munkexon tomonidan o’tkazilgan davlat boshqaruvi islohoti muhim ahamiyatga ega bo’ldi
8. Movarounnahr madaniy o’lkasi bilan mustahkam aloqa o’rnatishga va o’troq hayot kechirishga intilgan
Chig’atoy xonlaridan birini aniqlang.
A) Ma’sudbek B) Chig’atoy C) Kebek D) Jo’ji
9. Qachon Chig’atoy ulusida mo’g’ullarning o’troqlikka o’tish jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy hayotida
jiddiy o’zgarishlar sodir bo’la boshlaydi?
A) XIII asr o’rtalarida B) XIII asr oxirida C) XIV asr birinchi yarmida D) XIV asr ikkinchi yarmida
10. Kebek nechanchi yillarda Chig’atoy ulusida xon bo’lgan?
A) 1317-1325-yiilarda. B) 1318-1326-yillarda. C) 1319-1327-yillarda. D) 1320-1328-yillarda.


11. Kim hokimiyatni bevosita o’z qo’liga olib, Qashqadaryo vohasidagi qadimgi Nasaf shahri yonida o’ziga
saroy qurdiradi?
A) Kebek. B) Xuloku. C) Munke. D) Shaybon.
12. Saroy mo’g’ul tilida nima deb yuritiladi?
A) “O’rda”. B) “Qarshi”. C) “Bolish”. D) “Payza”.
13. Kim o’z qarorgohini mo’g’ul hukmdorlari orasida birinchi bo’lib Movarounnahrga ko’chiradi?
A) Kebek. B) Xuloku. C) Munke. D) Shaybon.
14. Chig’atoy hukdorlaridan Kebekxon shaxsi bilan bog’liq ma’lumotlarni aniqlang.
1) Qarshi shahriga asos soldi 2) Andijn shahriga asos soldi
3) ma’muriy islohot o’tkazildi
4) Ta’lim islohoti o’tkazildi
5) yomlardagi otlardan xususiy shaxslar, savdogarlarning foydalanishi ta’qiqlandi
6) Islom dini qabul qilindi 7) pul islohoti o’tkazildi
A)1,3,7 B) 5,6,7 C) 2,3,4 D) 3,4,7
15. Chig’atoy ulusi qachon ikkiga bo’linib ketdi?
A) XIV asming 20-yillarida. B) XIV asming 30-yillarida.
C) XIV asming 40-yillarida. D) XIV asming 50-yillarida.
16. Chig’atoy ulusida kim ma’muriy va pul islohoti o’tkazadi?
A) Kebek. B) Xuloku. C) Munke. D) Shaybon.
17. Kebekxon tomonidan necha xil turdagi pul zarb qildiradi?
A) Kumush tangalari namunasida ikki xil pul B) Oltin tangalari namunasida ikki xil pul
C) Kumush tangalari namunasida uch xil pul D) Mis tangalari namunasida ikki xil pul
18. Kebekning 8 grammlik katta tangasi nima deb atalgan?
A) “Draxma”. B) “Dinor”. C) “Dirham”. D) “Dollar”.
19. Kebekxonning 1 grammlik kichik tangasi nima deb atalgan?
A) “Draxma”. B) “Dinor”. C) “Dirham”. D) “Dollar”.
20. Mo’g’ullar hukmronligi davrida O’rta Osiyoda yerga bo’lgan egalikning qanday shakli mavjud edi?
1. “Mulki sultoniy”. 2. “Iqto yerlari”. 3. “Mulki xos”. 4. “Tanho”. 5. “Mulki devon”. 6. “Mulki inju”. 7.
“Mulki vaqf’. 8. “Mulk”.
A) 1-2-3-4. B) 5-6-7-8. C) I-3-5-7. D) 2-4-6-8.
21. Mo’g’ullar hukmronligi davrida davlat yeri qanday atalgan?
A) “Mulki devon”. B) “Mulki inju”. C) “Mulki vaqf’.
D) “Mulki xos”.
22. Mo’g’ullar hukmronligi davrida hukmdor va noiblariga qarashli yerlar qanday atalgan?
A) “Mulki devon”. B) “Mulki inju”. C) “Mulki vaqf’.
D) “Mulki xos”.
23. Mo’g’ullar hukmronligi davrida harbiy ma’murlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun hadya etilgan yerlar
qanday ataladi?
A) Iqto B) Suyurg’ol C) Jogir D) Tanho
24. Movarounnahrda yashayotgan mo’g’ullar Yettisuvdagi mo’g'ullarni nima deb ataganlar?
A) “Inju” B) “Ayl” C) “Jete” D) “Yom”
25. Qaysi so’z mo’g’ul tilida duragay degan ma’noni anglatadi?
A) “Qamurg’a”. B) “Qalochin”. C) “Jete”
D) “Qoraunas”.
S
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
J
B
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
J
B

Yüklə 139,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə