Nerv sistemasi Reja: Markaziy nerv sistemasi. Mns faoliyatining koordinatsiya qilinishi



Yüklə 174,68 Kb.
səhifə1/3
tarix11.06.2022
ölçüsü174,68 Kb.
#89285
  1   2   3
Nerv sistemasi


Nerv sistemasi
Reja:

1. Markaziy nerv sistemasi.
2. MNS faoliyatining koordinatsiya qilinishi .
3. Vegetativ nerv sistemasi.

Nerv sistemasining ahamiyati - Buyuk fiziolog olim I.P. Pavlov nerv sistemasining ikki muxim funktsiyasi, ya’ni oliy va tuban funktsiyalari bor deb o’qittirilib o’tgan edi. Oliy funktsiya organizmning tashqi dunyo bilan aloqasini ta’minlab turadi, hamda uning hulq atvorini muxit sharoiti bilan bog’langan holda belgilaydi. Tuban funktsiyasi esa organizmdagi barcha to’qimalar, xujayralar, organ va sistemalarni boshqarib turadi.
Nerv sistemasining oliy funktsiyasi oliy nerv faoliyati tomonidan amalga oshiriladi,unda katta miya yarim sharlari va po’stlok osti yadrolari ishtirok etadi.
Tuban funktsiyasi esa oliy nerv faoliyati va nerv gumral yo’l bilan boshqarilib boriladi.
Nerv sistemasida ikkita bo’lim tafovut qilinadi:

  1. Markaziy nerv sistemmasi (MNS bosh miya va orqa miya kiradi).

  2. Periferik nerv sistemasi (PNS barcha organlarga boradigan nervlar).

MNS va PNS nerv xujayralari yoki neyronlardan tashqil , topgan. nerv xukjayralari yoki neyronlar shakli va hajmi jixatidan xar xil bo’ladi. Xar bir neyronlar shakli va xajmi jixatidan xar xil bo’ladi. Xar bir neyronning tanasi, bir talay kalta o’simtalari – dendritlar va bitta uzun o’simtasi – aksani bor. Nerv xujayralarining tanasi va ularning dendritlari to’planib, kul rang moddani tashqil qiladi. Miyaning oq moddasi esa miyalin pardasi bilan qoplangan nerv tolalari (oksonlar) dan tashqil topgan. bu tolalar miya doirasidan tashqariga chiqib, miya markazining turli organlar bilan bog’lab turadigan nervlarni xosil qiladi. Xar bir neyronda yadro va protoplazma mavjud. Neyron tashqi tomondan yarim o’tkazgich membrana pardasi bilan o’rab olingan bo’lib, u tufayli neyron ichida va tashqarisida ionlar qontsentratsiyasi belgilangan normada saklanadi. Qo’zgalish tufayli membrananing ionlar o’tkazish qobilyaiti o’zgaradi, natijada u erda potentsiallar ayirmasi vujudga keladi. Barcha nerv xujayralari qon tomirlari bilan yaxshi ta’minlangan bo’lib, u erda qon harakati juda intensiv bo’ladi.
Nerv tolasini nerv xujayrasidan ajratsak, u degeneratsiyalanadi, lekin ma’lum vaqt o’tishi bilan degeneratsiyalangan nerv tolasi harakatlanuvchi muskullargacha qayta tiklanishi mumkin.

Nerv tukimasining funktsional xossalari - qo’zgaluvchanlik va o’tkazuvchanlikdan iborat.
Qo’uzgaluvchanlik – organizmning tashqi muhitdan ham, ichki muhitdan ham keladigan xar xil ta’sirotlarga javob bera olish qobilyaitidir.
O’tkazuvchanlik – qo’zgalishni o’tkaza olish xususiyatidir.
Ta’sirot berilganidan keyin nerv sistemasida fiziologik protsess ro’y beradi, qo’zgalish deb shunga aytiladi.Bu qo’zgalish nervlar bo’ylab o’zatiladi.
Markazdan qochuvchi, markazga intiluvchi va aralash nervlar tofovut qilinadi.
Markazga intiluvchi nervlar impulsni muskul sezgi organilaridan nerv sistemasining markaziy bo’limiga o’tkazadi. Bu nervlar sezuvchi nervlar impul’sni markaziy bo’limmidan periferrizdagi ishchi oarganlarga o’tkazadi.Bular harakatlanuvchi nervlar deb ham ataladi.
Aralash nervlar impul’sni ikkala yunalishda ham o’t’kazaveradi.
Nerv sistemasi oxirgi tarmoqqa borib tarqaladigan yagona neyrnlar kompleksidan iborat. Ayrim neyronlarning bir biri bilan tushadigan joyi sinaps deb ataladi. Bitta nerv xujayrasi tanasiga to’g’ri keladigan umumiy sinapslar 100 taga etadi. Xatto bundan ham ortadi, dendritlarda esa xatto bir necha minglab sinapslar bo’ladi.
Markaziy qochuvchi nervlarning ishchi organlarga (muskulga) o’tadigan joyida oxirgi tarmoqlar bor. Bular effektor deb ataladi. Ta’sirotni sezadigan markazga intiluvchan nervlarning tarmoqlangan joyi esa retseptor deyiladi.
Tiriklikning asosiy xususiyatlaridan biri berilgan tasirlarga nisbatan qo’zgalish hosil qilib, unga javob qaytarishdir. Natijada tirik organizmda qo’zgalish va tormozlanish ro’y beradi. Ichki va tashqi muhitdagi qo’zgalish yoki tormozlanishni keltirib chiqaradigan agentlarni ikki gruppaga – adekvat va noadekvat tasirlarga bo’lish mumkin. Adekvat tasirlar maxsus retseptor va xujayralarga tasir etib o’ziga xos qo’zgaluvchanlik hosil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, adekvet tasirlovchilar spetsifik (maxsus) qo’zgalish keltirib chiqaradi. Masalan: ko’rish retseptirlari uchun yorug’lik nuri, eshitish retseptirlari uchun tovush to’lqinlari adekvat tasirlovchidir. Qolgan barcha qitiqlagichlar noadekvat tasirlovchilar deyiladi va bular organizmga moslashmagan bo’ladi. Misol uchun: yuqori kuchlanishdagi elektrik tokini, kuchli mexanik tasirni va boshqalarni olishg mumkin.

Noadekvat tasirga qaraganda adekvat tasirlarga javob reaktsiyasi tez va mukammalroq bo’ladi. Bu tasrlarning barchasi organizmga tasir etganda uch xil funktsiyaonal xolatni keltirib chiqaradi: fiziologik tinchlik , qo’zgalish va tormozlanish.
Fiziologik tinchlik xolati deganda spetsifik aktiv xolat tushuniladi. Bu vaqtda organizm tashqaridan va ichkaridan berilishi mumkin bo’lgan tasirlarga qarshi tayyorgarlik ko’rib turadi. Shuning uchun ham fiziologik holatni misbatli fiziologik tinchlik deb atash maksadga muvofiq.
Qo’uzgalish – tirik to’qima, xujayra yoki ular to’planishning u yoki bu tasirga nisbatan tinchlik holatidan qo’zgalish holatiga o’tishdir. Qo’zgalish maxalliy yoki tarqaluvchan bo’ladi. Maxalliy qo’zgalish faqatgina tasirlangan joy atrofi bilan chegaralansa, tarqaluvchan qo’zgalish butun bir nerv , muskul yoki organ bo’ylab tarqaladi.
Tormozlanish ham aktiv protsess bo’lib, organizm spetsifik funktsional holatining kuchsizlanishi yoki tamoman to’xtatish tufayli yuzaga keladi.
Sinapslarning tuzilishi va ishlashi. Xozirgi vaqtda ma’lum bo’lishicha, sinaps – nerv tolasi sinaptik kin va impuls qabul qiladigan membrana pardasi mavjud tugunchalardan iborat, nerv tugunchalari ichichda mayda pufakchalar bilan aralash mediator suyuqlik mavjud bo’ladi. Qo’zgaluvchi sinapslardagi mediatorlar atsetilxolin va noradrenalin ko’rinishida bo’ladi. Shu munosabat bilan xolinergik va odrenergik sinapslar bir-biridan farq qiladi.


Yüklə 174,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə