Nigmatov X



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

Ikkinchi sath
– 
buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathi
deb ataladi. 
Kompyuter ishlab chiqaruvchi har bir firma, o‘z kompyuterida ishlatilgan
protsessorga mos mashina tiliga oid qo‘llanma ham taqdim etadi. U tavsifi 
keltirilgan buyruqlar to‘plami interpretator-mikrodastur yoki apparat ta’minoti 
tomonidan bajarilishi va bu sathga oid ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. 
Uchinchi sath
– 
operatsion tizim sathi
. Ushbu sath 
gibrid
sath hisoblanadi. 
Operatsion tizim sathining bunday deb atalishiga sabab, uning tilidagi ko‘pchilik 
buyruqlar, undan pastroqda joylashgan buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathida ham, 
mavjuddir. Biron bir sathga tegishli buyruqlar, boshqa bir sathda ham ifodalanishi 
va ishlatilishi mumkin. Operatsion tizim sathi ba’zi bir qo‘shimcha xususiyatlarga 


29 
ega. Bu – unda xotiraning boshqacha tashkil qilinganligi, bir vaqtda ikki va undan 
ortiq dasturlarni bajara olish imkoniyatining borligi, hamda operatsion tizim 
sathining yangi buyruqlar to‘plamiga ega ekanligi xususiyatlaridir. 
1.6-rasm. Fon-neyman mashinasining ma’lumotlar trakti. 
To‘rtinchi va beshinchi sathlar 
– dasturchilar uchun ishlab chiqilgan quyi 
va yuqori sath tillaridan iboratdir. To‘rtinchi sath - turli xil protsessorlar uchun ishlab 
chiqilgan turli xil 
assembler tillaridan
iborat bo‘ladi. Beshinchi sath esa amaliy 
dasturchilar uchun mo‘ljallangan yuqori sath tillari - 
C, C++, Java
kabi tillardan 
tashkil topgan bo‘ladi. 
Kompyuter tuzilishini ko‘p sathli ko‘rinishda ifodalanishi va sathlarga oid 
muhokamalarni shu erda to‘xtatib, kompyuter arxitekturasini o‘rganishda muhim 
hisoblangan ba’zi bir xulosalarni keltirib o‘tamiz. SHunday qilib, hozirgi 
kompyuterlar bir-nechta sathlarning ierarxik tuzilishi shaklida loyihalanadi va ishlab 
chiqariladi. Har bir sath turli xil ob’ektlarning va amallarning ma’lum bir 
abstraksiyasini, ya’ni ma’lum darajadagi ko‘rinishini ifoda etadi. Kompyuterlar 


30 
tuzilishini bunday o‘rganish bilan biz, murakkab bo‘lgan jihatlarni tushunish uchun, 
nisbatan soddaroq ko‘rinishda ifodalash va tushunish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. 
Yuqorida keltirilgan har bir sathga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, amallar va 
tavsiflar xillarining to‘plami 
arxitektura
deb ataladi. 
Arxitektura
- kompyuterni 
qanday dasturlanishi, ishlanishi va ishlatilishi kabi jihatlariga bog‘liq 
tushuncha 
hisoblanadi. Masalan, biron-bir dasturni yozish va ishlatish uchun zarur bo‘ladigan 
xotiraning xajmi haqidagi ma’lumot - bu arxitekturaning bir qismidir. Ushbu 
xotiraning qanday ishlab chiqilganligi, ya’ni unda qo‘llanilgan texnologiya esa 
arxitekturaning bir qismi hisoblanmaydi. 
Kompyuterning yoki kompyuter tizimining 
dasturiy elementlarini loyihalash 
usullarini 
o‘rganish bilan biz, 
kompyuter arxitekturasini

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə