Nisbiylik nazariyasi. Olam efiri muammosi maxsus nisbiylik nazariyasi



Yüklə 188 Kb.
səhifə1/5
tarix03.05.2023
ölçüsü188 Kb.
#108179
  1   2   3   4   5
Nisbiylik nazariyasi. 2Olam efiri muammosi maxsus nisbiylik nazariyasi

Nisbiylik nazariyasi. Olam efiri muammosi maxsus nisbiylik nazariyasi

  • 2-L GURUH TALABASI BOTIROVA NODIRA

Reja

  • Maxsus nisbiylik nazariyasining yaratishi.
  • Nisbiylik nazariyasi riojlanishi. Nisbiylik nazariyasi va saqlanish qonuni.

Maxsus nisbiylik nazariyasining yaratishi.

  • Bashariyat tarixidagi buyuk aql-zakovat sohiblaridan biri bo‘lgan Albert Eynshteynning olamshumul ilmiy kashfiyotlari ko‘pchilikka ma'lum. U yaratgan ikkita kashfiyot - maxsus va umumiy nisbiylik nazariyalari ilm-fan dunyosidagi eng muhim ta'limotlar sirasiga kiradi. Agar muayyan tarixiy davrga o‘sha kezlarda yaratilgan yangiliklar nuqtai nazaridan baho beriladigan bo‘lsa, yigirmanchi yuz yillikni Eynshteyn yoki nisbiylik nazariyasi asri deb nomlash mumkin.

Nisbiylik nazariyasi riojlanishi.

  • Zero, nisbiylik nazariyasi - insonning borliq haqidagi tasavvurlarini ostin-ustin qilib yuborgan mislsiz ilmiy hodisa. Buyuk olimning shaxsi va faoliyati hozir ham ko‘pchilikning e'tibori va qiziqishini tortib keladi. Albatta, buning o‘ziga xos sabablari bor. Avvalo, Eynshteyn ulkan ijodkor bo‘lib, hayotlik chog‘idayoq olamshumul shon-shuhratga burkangan edi. Qolaversa, olimdagi yuksak insoniy sifatlar ham odamlar e'tiborini o‘ziga jalb etgan: u o‘tkir aqli, ilmiy va ijtimoiy muammolarga alohida qiziqishi, ziyrakligi va oddiyligi, shuningdek, samimiyati bilan boshqalardan ajralib turardi. Bu ulug‘ dahoni ko‘pchilik buyuk kashfiyotchi sifatida bilishi shubhasiz, biroq uning yaxshigina ixtirochi bo‘lganidan kamdan-kam odam voqif bo‘lsa, ajab emas.

Nisbiylik nazariyasi riojlanishi

  • Shu o‘rinda "kashfiyot" va "ixtiro" tushunchalariga qisqacha izoh berib o‘tish joiz. Chunki ayrimlar yozma va og‘zaki nutq jarayonida bu ikki tushunchani o‘z o‘rnida ishlatmaydi. Aniqroq aytganda, ular "ixtiro-kashfiyot" yoki "kashfiyot-ixtiro" tarzida noto‘g‘ri talqin qilinadi. Masalan, ba'zan "butun olam tortishish qonunini Nyuton ixtiro qilgan" yoki "velosiped ilk bor Angliyada kashf etilgan" qabilidagi mulohazalar quloqqa chalinadi. Vaholanki, butun olam tortishish qonunining paydo bo‘lishi - kashfiyot, velosipedning yaratilishi esa ixtiro hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan yondashganda, mantiqan borliqdagi mavjud bo‘lgan qonuniyat, narsa va xususiyatlarning topilishiga kashfiyot, odamning ijodiy tafakkuri bilan yangidan yaratilgan narsalarga esa ixtiro deyilishi lozim.
  • Muhim jihati shundaki, olim ixtirochilik bilan asosiy ishidan bo‘sh vaqtlarida, ya'ni ermak uchungina shug‘ullangan emas. U bu ishga ham jiddiy yondashgan. Bu borada olim "Tilni bilmay turib, she'r yozib bo‘lmaganidek, muayyan bilimlarni o‘zlashtirmagan holda, ixtiro qilish ham mumkin emas", degan fikrga amal qilgan. Eynshteyn yetti yil mobaynida Bern shahridagi patentlash idorasida ekspert lavozimida ishlagan. Bunday idora hozir barcha davlatlarda faoliyat yuritmoqda. Mazkur xizmat turi dastlab Yevropada yuzaga kelgan - sanoat ishlab chiqarishi hamda ilm-fan rivojini e'tiborga olgan "ko‘hna qit'a" davlatlari 1883 yili ixtirolarga nisbatan mualliflik huquqini himoyalash maqsadida tegishli konventsiya qabul qiladi. Unga binoan Shvetsariyaning Bern shahrida doimiy ravishda faoliyat yuritadigan patentlash idorasi tashkil etiladi. Bu idora o‘sha davr uchun juda yuksak darajadagi muassasa hisoblanib, undagi kam sonli xodimlar uzluksiz ravishda oqib kelayotgan ixtirolarni qabul qilib olishi, ularni baholashi va tasniflashi zarur edi. Chunki bu davrda Yevropa, xususan Shvetsariyada mashinasozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik va soat ishlab chiqarish sanoati gurkirab rivojlanayotgan edi. Patentlash idorasiga yiliga o‘rtacha 2000 ta ixtiro haqidagi murojaat kelib tushgan. Ekspert-xodimlar kamligi sababli ularning har biri, shu jumladan, Eynshteyn ham kuniga o‘rtacha uchta ixtiroga oid ishni ko‘rib chiqqan. Bu esa xodimlardan tezkorlik, chaqqonlik va aniqlikni talab qilgan. Ekspertlik faoliyatida orttirilgan bunday mahorat keyinchalik Eynshteynga rosa qo‘l kelgan. "Patentlash idorasidagi mehnatim tufayli, - deb yozgan edi xotiralarida olim, - mening moddiy ahvolim anchagina yaxshilandi. Bundan tashqari, patentlash bilan bog‘liq ishlar menga huzur bag‘ishlar edi. Bunday ish tafakkurni charxlab, fizikaviy muammolar yuzasidan chuqurroq mushohada yuritishimga yordam berdi".

Yüklə 188 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə