Nizolarni bartaraf etish va adaptasiya. Reja



Yüklə 29,57 Kb.
səhifə1/5
tarix16.06.2022
ölçüsü29,57 Kb.
#89634
  1   2   3   4   5
ravshan 11111111



Nizolarni bartaraf etish va adaptasiya.
REJA:

I. Nizo jarayoni va ularni kelib chiqish sabablari va turlari.


II. Nizoning turlari va ularning o’rni.
III. Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar.
III. Nizolarni boshqarish va ularni bartaraf etish.
IV. Stress va uni boshqarish.

Tayanch so’z va iboralar:
Nizo. Boshqaruv jarayonida nizo. Ichki va shaxsiy nizolar. Shaxslar o’rtasidagi va ochiq nizolar. Nizoning kelib chiqish va to’qnashish jarayonini modeli. Nizoli vaziyatlarni boshqarish usullari. Stress. Stress sabablari.
Nizo jarayoni va ularni kelib chiqish sabablari va turlari
O’zbek tilining izohli lo’g’atida nizo tushunchasi quyidagicha talqin qilinadi:
“Nizo – bu o’zaro kelishmovchilik yoki qarama – qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug’ilgan holat, munosabat; ihtilof, nifoq”.
Adovat, ihtilof, nifoq tufayli o’zaro janjallar sodir bo’ladi. Odamlar janjal haqida o’ylaganlarida dushmanlik, qo’rqitish, bosqinchilik, tortishuv kabi noxushliklarni nazarda tutishadi.
Boshqaruv jarayonida nizo – bu rahbar ishchi va boshqa xodimlar o’rtasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir.
Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar turli sabablarga ko’ra vujudga kelishi mumkin. Ulardan:

  • mehnatni tashkil qilishda kamchiliklarni;
  • haq to’lashning takomillashtirilmagani;


  • yomon mehnat sharoitlarini;


  • mehnat haqidagi qonunlarni buzishni;


  • rahbarlikning qoniqarsiz saviyasini;


  • o’zaro munosabatlar masaniyatini past saviyasini va hokazolarni ko’rsatish mumkin.




  • Nizoning turlari va ularning o’rni

Jamoa a’zolari orasida nizolarning ko’pchiligi quyidagi sabablar tufayli sodir bo’ladi:




  1. Resurslarni taqsimlashdagi adolatsizlik.


  2. Vazifalarning o’zaro bog’liqligi.


  3. Maqsadlardagi har xillik.


  4. Erkinlik mustaqillik va o’zaro qadrni bilishdagi har xillik.


  5. Manmanlik, qaysarlik.


  6. Kommunikatsiya – o’zaro aloqani qoniqarsizligi.


Nizolarning asosan to’rt xili ko’p uchrab turadi.


Nizolar turlari

Ichki shaxsiy nizo

Shaxslararo nizo

Shaxs va guruh o’rtasidagi nizo

Guruhlararo nizo

• ochiq nizolar • konstruktiv nizolar
• yopiq nizolar • destruktiv nizolar
• ob’ektiv nizolar • simmetrik nizolar
• sub’ektiv nizolar • assimmetrik nizolar


Yüklə 29,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə