Nizomiy nomidagi tdpu magistratura bo’limining 1-bosqich magistranti F. I. Oning “Ta’lim yo’nalishi nomi” yo’nalishi bo’yicha “O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini



Yüklə 19,01 Kb.
səhifə1/4
tarix10.03.2022
ölçüsü19,01 Kb.
#84416
  1   2   3   4
Asosnoma PIRLS


Nizomiy nomidagi TDPU magistratura bo’limining 1-bosqich magistranti F.I.Oning “Ta’lim yo’nalishi nomi” yo’nalishi bo’yicha “O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini xalqaro dasturlar asosida baholash va rivojlantirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasining

A S O S N O M A S I

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi.

Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo’lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan birdavrda kelajagimiz davomchilari bo’lgan yoshlarni ijodiy g’oyalari va ijodkorligini hartomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish hamda ilg’or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon vatalablar asosida baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga egadir.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risidagi” PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasi”doirasida O’zbekistonda ta’lim sifatini baholashda yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllantirilmoqda.Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tajribalarni o’rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo’nalishlardagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar,agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.Shu maqsadda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi“Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qoshida “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi” tashkiletildi. O’z navbatida, “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi” ga ta’lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlabchiqish hamda joriy etishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib boorish, ta’lim sifatinibaholash sohasida xalqaro aloqalarni o’rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish kabi vazifalar yuklatildi. Shu bilan bir qatorda, Milliy markaz direktori- Xalqaro tadqiqotlarning milliy loyiha menejeri hisoblanib, xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O’zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etishi belgilab qo’yildi.




Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə