Nizomiy nomidagi tdpu tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 95,33 Kb.
səhifə10/17
tarix06.04.2022
ölçüsü95,33 Kb.
#85096
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Nizomiy nomidagi tdpu tabiiy fanlar fakulteti

Oltingugurt (IV) oksidi



Oltingugurt (IV) oksidi sanoatda keng qo'llaniladi. U sulfat kislota, selluloza sanoatida, sun’iy shoyi ishlab chiqarishda, oqartiruvchi va konservalovchi vosita sifatida, sovutgich qurilmalarida, neft sanoatida ekstraksiyalovchi modda  sifatida ishlatiladi. Oltingugurt dioksid kuchli qo'zg'atuvchi gaz bo'lib, hattoki katta miqdorda suyultirilganda ham hidi va ta’mini sezish mumkin, shu bilan birga qo’zg'atuvchi ta’siri yuqori konsentratsiyalarda alohida, o 'ziga xos xususiyatlarini namoyon etadi. Oltingugurt dioksidining nafas olish organlariga ta’siri suv bug'lari (tuman) va tutun ishtirokida kuchayadi. Chunki gaz holatidagi oltingugurt (IV) oksidi og'iz va burun bo'shlig'ida erib, ichki nafas olish organlariga aerosol shaklida ta’sir etadi. U yerda sulfat kislotaga aylanadi. Ma’lumki atmosferani oltingugurt (IV) oksidi bilan ifloslanishi, ayniqsa davomli tuman bo'lib turganda, yuqori nafas yo'llarida kasalliklarni kelib chiqishiga sababchi bo'ladi, hattoki o'lim holatlarini sezilarli ortishiga olib kelishi mumkin. Birgina London misoli shuni ko'rsatadiki, uylarni isitish tizimini ishini yaxshilanishi hisobiga tutun chiqindilarining kamayishi, yuqori nafas yo'llari kasalliklarini sezilarli kamayishiga olib keldi. Oltingugurt (IV) oksidi inson organizmidan tashqari o'simliklarga ta’sir qiladi. Uning, oltingugurt (IV) oksidining uncha katta bo'lmagan konsentratsiyasi bir necha soat ichida o‘simlik barglariga ziyon keltirishi mumkin. Oltingugurt (IV) oksidi archasimon (ignali) daraxtlardan tashqari, dukkakli, donli mahsulotlar, shu jumladan, arpaga ham salbiy ta’sir qiladi. Atmosferada oltingugurt dioksidini mavjudligi temirning korroziyalanishini tezlashtiradi, undan ohak va beton kabi kislota ta’siriga sezgir qurilish materiallari tezishdan hiqadi. Shu bilan bir qatordat tutun gazlarida oltingugurtning mavjudligi madaniy o‘simliklarga katta foyda keltiradi, degan fukr ham mavjud.

Oltingugurt  o‘simliklar uchun ularning tarkibig kiruvchi bebaho element

hisoblanadi. Bunga ba’zi bir, aminokislotalar, xantalli yog‘lar, tiamin va boshqa hayot uchun zarur moddalar misol bo‘ladi. Har galgi hosilni yig'ib olingandan keyin har bir gektar tuproq  60 - 100 kg S03 dan mahrum bo‘ladi, yanada katta yo'qotish tuproqni yuvilib ketilishi natijasida sodir bo‘ladi. Darhaqiqat, qo‘llanilayotgan superfosfat, sulfat ham money va azot saqlovchi kaliyli tuzlar bunday yo’qotishlarni to ‘liq bo‘lmasa-da, to‘ldirishi mumkin. Tajriba natijalari shuni, isbot qiladiki, o‘simliklar tanasiga havodan yutib olingan oltingugurt (IV) oksidi singib va oltingugurt saqlovchi aminokislatalar yoki xantalli moylar singari ularning doimiy tarkibiy qismiga aylanib ketadi.

SO– rangsiz, o’ziga xos  o’tkir hidga ega bo’lgan gaz modda. U  –10оC da kondensatsiyalanadi, bunda rangsiz suyuqlik hosil bo’ladi.



SOham oksidlovchi, ham qaytaruvchi:

qaytaruvchi 

oksidlovchi 

disproportsiyalanish 

Olinishi. Oltingugurtni kislorodda yonishida va sulfitlarga kuchli kislotalar ta’siridan hosil bo’ladi:



Texnikada havo ishtirokida oltingugurtli rudalarni yoqib olinadi:

FеS2,  ZnS,  PbS,  Cu2S

FeS+ 11O= 2Fe2O+ 8SO2

SO– organik bo’yoqlarni rangsizlantirish uchun ishlatiladi. Medisinada dezinfektsiyalovchi modda sifatida, sulfat kislota olish uchun ishlatiladi.

Н2SO– erkin holda mavjud emas, suyultirilgan eritmalarda mavjud.

Н2SO3   H2O + SO2

 

H2SO H+ + HSO3        NaHSO3  -gidrosulfitlar



HSO3   H+ + SO3 2-      Na2SO3  sulfatlar

H2SOva uning tuzlari ham oksidlovchilik, ham qaytaruvchilik xossasiga ega.

H2SO3 + J2 + H2O = H2SO4 + 2HJ

3H2SO3 + H2Cr2O= 4H2O + Cr2(SO4)3

4FeCl2 + H2SO3 + 4HCl = FeCl3 + 3H2O + S

2Zn + H2SO3 + 4HCl = 2ZnCl2 + 3H2O + S

2H2S + H2SO3 + 4HCl = 3S + 3H2O

Ishqoriy metallar sulfitlaridan boshqa sulfitlar suvda erimaydi. Sulfitlar gidrolizga uchraydi:

Na2SO3 + HOH ↔ NaHSO3 + NaOH

Sulfitlarga kuchli kislotalar ta’sirida SO2 hosil bo’ladi:

Na2SO3 + H2SO4 ↔ Na2SO4 + H2O + SO2­

Kislotalar ta’siridan nordon tuzlar olinadi:

CaSO3 + H2SO3 ↔ Ca(HSO3)2

Sulfitlar juda oson kompleks birikmalar  hosil qiladi: [Me(SO3)2]; Na6[Me(SO3)4]; Na3[Me(SO3)4]; Na3[Me(SO3)2]; Na5[Me(SO3)4].

Sulfitlar ishqorlarga  SO2 ta’sir ettirish orqali:

NaOH + SO2 =  NaHSO3

NaHSO3 + NaOH = Na2SO3 + H2O

Ular karbonatlarga SO2 gazini ta’sir ettirish orqali ham olinishi mumkin:

Na2CO3 + SO= Na2SO+ CO2­

Almashinish reaksiyasi orqali:

Na2SO3 + CdCl2 = 2NaCl + CdSO3


Yüklə 95,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə