Nizomiy nomidagi tdpu tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 95,33 Kb.
səhifə15/17
tarix06.04.2022
ölçüsü95,33 Kb.
#85096
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Nizomiy nomidagi tdpu tabiiy fanlar fakulteti

S+6 birikmalari. Bunday kuchga ega bo’lgan birikmalar SO3, SF6, SO2Cl2 va sulfatlar kiradi.

SF6 - rangsiz gaz, u bosim ostida - 50,5 oC da suyuqlikka aylanadi. U kislorodda ham vodorodda ham yonmaydi va unga suv ta’sir etmaydi. SF6 kimyoviy jihatdan juda inert. Buning sababi markaziy atomning koordinatsion to’yinganligi va SF6 ning ionlanish energiyasi qiymati juda yuqoriligi bilan tushuntiriladi. Oltingugurtni bevosita ftor bilan ta’siridan hosil bo’ladi:

                    S+3F2=SF6

Sulfid angidridga katalizator ishtirokida to’g’ridan to’g’ri xlor ta’sir ettirilganda  u sulfuril xloridga aylanadi:

                   SO2+Cl2=SO2Cl2

Sulfuril xloradning suv bilan ta’siridan sulfat kislota hosil bo’ladi:

                    SO2Cl2+2H2O= H2SO4+2HCl

Xulosa.

Oltingugurtning lotincha nomlanishi, ya'ni, "sulfur" ning kelib chiqish ildizi ma'lum emas. O‘zbek tilidagi biz bilgan nomlanishi esa turkiy tildagi "Oltin" va forscha "Gugurt" so‘zlarining qo‘shilishidan yasalgan. Uning "Yonish", "Olov" so‘zlariga aloqadorligi taxmin qilinadi. Oltingugurt haqiqatan ham yaxshi yonadi va bejizga u forslarda gugurt bilan qiyoslanmagan. Rus tilida oltingugurtni sera ("сера") deyiladi. Qadimgi rus tilida har qanday yonuvchan moddani sera deyilgan. Element nomi ham shundan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Shu orqali biz oltingugurtning kislorodli birikmalarini ham o’rgandik. Ushbu moddalar ya’ni SO, SO2 va SO3 moddalarining qaynash - suyuqlanish temperaturalarini, zararli va foydali tomonlarini bilib oldik. Sanoatda va albattda qishloq xo’jaligida ushbu oksidlar qay darajada muhim ekanligini bilib oldik. Bu oksidlar inson organizmi uchun ham xavfli gaz sanaladi.

Oltingugurtning Yer qa'rida tarqalish ulushi ham anchayin qiziq statistikani taqdim qiladi. Xususan, Yer po‘stining tashqi qatlamlarida oltingugurt ulushi atiga 0,03% atrofida bo‘ladi. Lekin litosfera bo‘ylab chuqurlashgan sari, oltingugurt ulushi ortib boradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Yer sayyorasida oltingugurtning umumiy ulushi 3% ga yaqin miqdorni tashkil qiladi.

Oltingugurt (IV) oksidi sanoatda keng qo'llaniladi. U sulfat kislota, selluloza sanoatida, sun’iy shoyi ishlab chiqarishda, oqartiruvchi va konservalovchi vosita sifatida, sovutgich qurilmalarida, neft sanoatida ekstraksiyalovchi modda  sifatida ishlatiladi.


Yüklə 95,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə