Nizomiy nomidagi tdpu tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 95,33 Kb.
səhifə6/17
tarix06.04.2022
ölçüsü95,33 Kb.
#85096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Nizomiy nomidagi tdpu tabiiy fanlar fakulteti

Kimyoviy xossalari. Kuchli oksidlovchilar bilan, o’zining elektronlarini berib qaytaruvchanlik xossasini namoyon qiladi.

S + O= SO2                  S + 3F= SF6

S + 6HNO= H2SO+ 6NO+ 2HOH

Qaytaruvchilar bilan oltingugurt  oksidlovchi bo’ladi:

Zn + S = ZnS                            3S + 6KOH = K2SO+ 2K2S + 3HOH

H+ S = H2S                             Na2SO+ S = Na2S2O3

Oltingugurt azot bilan bir necha xil birikmalar hosil qiladi: S4N4, S15N2, S16N2. Oltingugurt  tetranitrid- sariq kristall modda,+178oC da syuqlanadi. U qizdirilganda portlaydi:

                 S4N4= 4S+2N2

U suyuq holatdagi  oltingugurt va ammiak ta’siridan hosil boladi:

             10S+16 NH3=S4N4+6(NH4)2S



Oltingugurt  vodorodli birikmalari. Н2S  va H2S2 erkin holda juda beqaror, tuzlari  ma’lum   MeS  va MeS2.

H2S-rangsiz, zaharli gaz, hidi yoqimsiz, palag’da tuxum hidi keladi.Qaynash harorati-60,3оC, suyuql. harorati -85,5оS. Yuqori haroratda parchalanadi:

 Н2S = H+ S

Suvda yaxshi eriydi. 3 hajm suvda 1 hajm vodorod sulfid eriydi. Kuchsiz ikki  asosli kislota (K1=6*10-8; K2=10-14).

Н2S  H+ HS-

HS H+ S2-

Sulfid kislotaning tuzlari sulfidlar deyiladi.Tarkibida Na+,K+,NH4+ ionlari tutgan sulfidlar suvda eriydi. Og’ir metallarning sulfidlari suvda erimaydi.

Sulfid kislotaning tuzlari-sulfidlar suvda erimaydi. Ishqoriy metallar  tuzlari va ammoniy sulfid eriydi. Sulfidlarning xarakterli xossalaridan biri ularning rangli bo’lishidir. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari tuzlari rangsiz, og’ir metall tuzlari har xil rangga bo’yalgan. FeS, CoS, NiS, Ag2S, PbS, Bi2S3 tuzlari qo’ng’ir-qora rangli, ZnS va СаS oq rangli, СdS, SnS, Аs2S3 sariq rangli, MnS teri rangli, Sb2S3 jigar rangli bo’ladi.

Bundan analitik kimyoda qo’llaniladi, ya’ni kationlar shu asosda bir-biridan ajratiladi. Issiqqa nisbatan sulfidlar beqaror, qizdirilganda ular erkin oltingugurt hosil qilib parchalanadi. CuS(qora rangli) suvda ham syultirilgan kislotalarda ham erimaydi. FeS(qora rangli) suvda erimaydi, lekin kislotalarda eriydi. HgS(qora) –konsentrlangan nitrat kislotada ham erimaydi. Ko’p sulfidlar konsentrlangan xlorid kislotada eriydi. РbS, ZnS, CuS bo’lsa nitrat kislotada  eriydi. НgS zar suvida erishi aniqlangan. Sulfidlar orasida o’zgaruvchan tarkibli birikmalar ham uchraydi. Masalan, FeS1,01 dan boshlab FeS1,14 gacha.

Na2S,CaS va BaS  teridan tuklarni yo’qotish uchun ishlatiladi.ZnS – lyuminofor bo’yoqlar olishda ishlatiladi.

Sulfidlar oson gidrolizga uchraydi.Bunda nordon tuzlar hosil bo’ladi:

NaOH + H2S = NaHS + HOH

NaHS + NaOH = Na2S + HOH

Alyuminiy va xrom(III) sulfidlari suvda oson qaytmas gidrolizga uchraydi:

Аl2S+ 6HOH = 2Al(OH)+ 3H2S

Cr2S+ 6HOH = 2Cr(ОН)+ 3Н2S

Hamma sulfidlar , shuningdek  H2S-kuchli qaytaruvchi:

H2S + Сl= 2HCl + S               2H2S + O= 2H2O + 2S

2KMnO+ 5H2S + 3H2SO= 2MnSO+ 5S + K2SO+ 8H2O

Quruq H2S yonganda oltingugurt (IV) va suv  hosil bo’ladi:

2H2S + 3O= 2H2O + 2SО2

4NiS + 7O= 2Ni2O+ 4SO2

Juda kuchli oksidlovchilar ishtirokida sulfidlar sulfatlargacha oksidlanadi:

NiS + 2O= NiSO4

3CuS + 14HNO= 3Cu(NO3)+ 3H2SO+ 8NO + 4H2O

CuS + 4H2O - 8e   Cu2+ + SO42 -+ 8H+

NO3+ 4H+ 3e-  NO + 2H2O

Kislotali muhitda KMnO4, K2Cr2O7, HNO3 sulfidlarni S2- yoki SO42- gacha oksidlaydi:

2KMnO+ 5Na2S + 8H2SO= 2MnSO+ 5S + K2SO+ 5Na2SO+ 5H2O

3PbS + 8HNO= 3PbSO+ 4H2O + 8NO

CoS + H2O+ 2CH3COOH = Co(CH3COO)+ S + 2H2O

Tuzlarga H2S yoki uning tuzlarini ta’sir ettirish orqali sulfidlar olinadi:

CuSO+ H2S = CuS + H2SO4

FeCl2+(NH4)2S = FeS+ 2NH4Cl

Na2SO+ 4C = Na2S + 4CO

Persulfidlar. Bular H2S2 kislotaning  tuzlari, umumiy formulasi (Н2S)n, bu yerda n=2,3,4,…9.  Me2Sn. n=2 dan 23 gacha bo’lishi mumkin.

Ishqoriy va ishqoriy yer metallarining persulfidlari, ammoniyli tuzlari, piritlar katta ahamiyatga ega. Persulfidlar –  ham oksidlovchilar  va ham qaytaruvchilardir..

(NH4)2S2  III valentli surma va mishyakni Y valentli birikmalargacha  oksidlaydi va ularning  tuzlarini  hosil qiladi:

SnS + (NH4)2S= (NH4)SnS3

Persulfidlar  disproportsiyalanish reaksiyasiga kirishadi:

FеS= FeS + S

Ular ishqorlar ta’sirida ham oksidlovchi va ham qaytaruvchi bo’la oladi:

   3Na2S+ 6NaOH = Na2SO+ 5Na2S + 3H2O

Ishqoriy metallarning persulfidlari sulfidlarni, gidroksidlarni va karbonatlarini qizdirib olinadi:

Na2S + S = Na2S2

  (NH4)2S + nS = (NH4)Sn


Yüklə 95,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə